O’z-o’zini tekshirish savollari :
1.Remont korxonalari ishlab chiqarishining asosiy parametrlarini sanab bering.
2.Remont takti nima?
3.Umumiy va xususiy takt tushunchalarini izoxlab bering.
4.Mashinaning remontda bo’lish vaqti qanday aniqlanadi?
5.Remont operatsiyalari necha guruxga ajratiladi?
6.Remont tsikli grafigini chizish ktma-ketligini aytib bering.
7.Remont fronti tushunchasiga ta‘rif bering.
8.Mashinaning remont bo’lish vaqtini hisoblashning aniqligi katta usuli qaysi?
9.Qanday operatsiyalar o’zaro bog’liq operatsiyalar deyiladi?
10.Mustaqil operatsiyalarga misollar keltiring.
18–MA‘RUZA
Mavzu: Remont korxonalarida mahsulot tannarxini va texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash.
R e j a :
1.Remont korxonalarda mahsulot tannarxini aniqlash.
2.Bevosita va qo’shimcha xarajatlar.
3.Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Adabiyotlar : [1], [2], [3], [7].
Tayanch iboralar: Mahsulot tannarxi, bevosita va qo’shimcha harajatlar,
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ishlab chikarilgan mahsulot, iqtisodiy foyda,
mehnat unumdorligi, kapital mablaglarni qoplash muddati, foizlarni qaytarilishi.
18.1. Remont korxonalarda mahsulot tannarxini aniqlash.
Tannarx deb korxonaning ishlab chiqargan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan
xarajatlariga aytiladi. Remont korxonasining ishlab chikaradigan mahsulotlariga
remont qilingan mashina, agregat, tiklangan yoki tayyorlangan detallar kiradi.
Remont ob‘ektining tannarxini aniqlash uchun sarflanadigan Hamma
harajatlarni hisoblab chikish lozim. Mashinalarni remont qilish tannarxi (so’mlarda)
bevosita xarajatlar va qo’shimcha xarajatlardan tashkil topgan bo’ladi:
Т
н
=
Б + К
Bu yerda
Do'stlaringiz bilan baham: |