Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masala №4
- Vaziyatli masala №5
Vaziyatli masala №3
Bemor L. 29 yoshda, poliklinikada vrachga shu 5 yil ichida umumiy bexollikka, quvvatsizlikka shikoyat qiladi. Аnamnezida hech qanday kasallik keltirib chiqadigan voqealar topilmadi, lekin ginekologik anamnezida menstruatsiyasi 6-7 kun boʼlib, koʼp miqdorda, har oyning 18 kunida. Аnalizida: Hb-72 g/l, er.3,2x1012/l, RK 0,7, ret.21‰, trom. 250 x109/l, leyk.5,5x109/l, t/ya 5%, s/ya 68%, lim. 21%, mon.4% SOE - 12 mm/ soat. Najasda: qon benzadin sinamasi bilan- manfiy 1. Gemogramma normaga mos keladimi? 2. Sizning dastlabki tashhisingiz. 3. Sizning tekshirish rejangiz. 4. Sizning keyingi taktikangiz Vaziyatli masala №4 Bemor N 24 yosh, boshi aylanishi, xarakatini tez oʼzgartirganda - tez turganida koʼzining tinishi, qulogʼini shangʼillashiga, tez xarakat qilganida xavo yetishmaslikka, umumiy quvvatsizlikka, tez-tez charchashiga. Аnamizida: bemorda tuxumdon disfunktsiyasi va giperpolimenoreyasi borligi maʼlum boʼldi. Obʼektiv koʼrganda:.Teri qatlami va sklerasi rangpar, quruq. Sochi kam, tirnogʼi tez sinadi, rangpar. Oʼpkada vezikulyar nafas. Yurak tonlari boʼgʼiq, taxikardiya, sistolik shovqin yurak choʼqqisida, AQB 90/50 mm sim.ust., tili toza. Qorni yumshoq palpatsiya qilganda quldirash. Koʼpincha qorni dam va qabziyat boʼlib turadi, diurezi oʼzgarmagan. Аnalizada: Hb 66 g/l, er.3,2x1012/l, RK 0,6, ret.3‰, trom.179x109/l, leyk.5x109/l, t/ya 2%, s/ya 69%, eoz.2%, mon.5%, lim.22%, EChT 10 mm/ soat. 1. Gemogramma normaga mos keladimi? 2. Sizning dastlabki tashxisingiz. 3. Sizning tekshirish rejangiz. 4. Sizning keyingi taktikangiz. Vaziyatli masala №5 Bemor 37 yosh. Bemor O`RK bilan ogriganligi uchun sulfanilamid qabul qilgan. Birinchi tabletkani ichganidan 2 soat oʼtgach bemorda holsizlik, terlash, koʼngil aynishi, tana haroratining 37 0 Cgacha koʼtarilishi kuzatilgan. Obʼektiv: teri va shilliq qavatlari sargʼish, siydigi toʼq rangda. Gemogramma: Hb - 70 g/l, er. - 2,1x1012/l, RK-0,9, ret.-40‰, leyk-5,2x109/l, t/ya 4%, s/ya 61%, eoz. 6%, lim. 32%, mon. 7%, EChT 20 mm/soat. Qon biokimyoviy tahlili: bilirubin bilvosita fraksiyasi keskin oshgan. Siydik tahlili: xira, qoʼngʼir rangli, nisbiy zichligi 1026, ogʼsil 3,3 %. Mikroskopiya: erit. 1 yangi, leyk. 1. Kumbs reaksiyasi musbat. Gemosiderin va gemoglobin reaktsiyalari musbat. 1. Gemogramma normaga mos keladimi? 2. Sizning dastlabki tashxisingiz. 3. Sizning tekshirish rejangiz. 4. Sizning keyingi taktikangiz. Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling