Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги


Qon tarkibidagi hujayralarni tahlil qilish


Download 332.5 Kb.
bet17/22
Sana18.06.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1559274
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5416111381260807460 3 mavzu

2. Qon tarkibidagi hujayralarni tahlil qilish.
Maqsad: Kamqonlikning turlarini aniqlash.
Ko‘rsatma: Kamqonligi bo‘lgan barcha bemorlarga
Qarshi ko‘rsatma: yo‘q
Bajarilish ketma-ketligi
1. Anizositoz – turli xil o`lchamdagi eritrositlarning paydo bo`lishi. Normada eritrositlar diametri 6-8 mkm. Mikrosit 6 mkm dan kichik, makrosit 9-11mkm diametrli eritrositlar, megalosit yirik 12 mkm va undan katta eritrositlar
2. Anizoxromiya – turli xil rangda bo`yalgan eritrositlarning paydo bo`lishi. Gipoxromiya – och rangdagi, giperxromiya to`q rangda bo`yalgan eritrositlar, polixromafiliya – och ko`k bo`yalgan eritrositlar
3. Jolli tanalari 1-2 mkm li yadro qoldiqlari, Kebot halqasi yadro membranasining saqlanib qolishi
4 Poykilositoz – eritrositlar shaklining o`zgarishi: ovalsimon, o`roqsimon, nishonsimon, sharsimon va b.
TAHLILIY QISMI
Vaziyatli masala № 1
Bemor 32 yosh. Shikoyatlari: holsizlik, bosh aylanishi, teri qurishi, tez charchash, yurganda hansirash.
Obʼektiv: teri va shilliq qavatlari rangpar, quruqlashgan. Qorin homila hisobiga kattalashgan (29-30 hafta). Jigar va taloq kattalashmagan.
Gemogramma: Hb 70g/l, er.2,75x1012/l, RK 0,68, leyk.6,8x109/l, t/ya 4%, s/ya 69%, eoz.2%, baz.1%, lim.20%, mon.4%, EChT 20 mm/soat.
1. Gemogramma normaga mos keladimi?
2. Sizning dastlabki tashxisingiz.
3. Sizning tekshirish rejangiz.
4. Sizning keyingi taktikangiz.
Vaziyatli masala №2
Bemor ayol 45 yosh. Shikoyati: umumiy holsizlik, tez charchash, bosh aylanishi, yurakning tez urib ketishi.
Аnamnezidan: koʼp vaqtdan beri bachadon miomasi mavjud.
Obʼektiv: teri va shilliq qavatlari rangpar. Yurak choʼqqisida sistolik shovqin, taxikardiya. АQB 100/60 mm sim.ust. Koylonixiya. Til soʼrgʼichlari atrofiyasi.
Gemogramma: Hb 75g/l, er.3.0x1012/l, RK 0,8, leyk.6x109/l, t/ya 3%, s/ya 77%, lim.16%, mon.4%, EChT 10 mm/soat. Zardobdagi temir miqori 8,4 mmolь/l.
1. Gemogramma normaga mos keladimi?
2. Sizning dastlabki tashxisingiz.
3. Sizning tekshirish rejangiz.
4. Sizning keyingi taktikangiz.

Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling