Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
OVP da oʼtkaziladigan minimal laborator tekshiruvlar
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- VITAMIN B12 TАNQIS KАMQONLIGI
- Etiologiyasi.
OVP da oʼtkaziladigan minimal laborator tekshiruvlar
-bemor koʼrigi, anamnez yigʼish; -gemoglobin, eritrotsit miqdorini aniqlash; -eritrotsitlarning morfologik oʼzgarishini aniqlash; -rang koʼrsatkichini aniqlash; -gijja tuxumlarini aniqlash uchun koproskopiya tekshiruvi VITAMIN B12 TАNQIS KАMQONLIGI Vitamin B12 -tanqis kamqonligi (B12TK) DNK va RNK sintezi buzilishi bilan bogʼliq megaloblast kamqonliklar guruhiga kiradi; organizmda vitamin B12 (kobalamin) tanqisligi rivojlanishi natijasida yuzaga keladi va megaloblast qon ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi. 1. Tasnifi I. Ekzogen II. Аlimentar III. Endogen 1. Vitamin B12TK, oshqozon, ingichka ichak rezektsiyasi sababli. 2. Vitamin B12 TK, enteritlar, soʼrilishning buzilishi, gijja invaziyasi sababli. 3. Аddison-Birmer kasalligi, oshqozonning fundal boʼlimi atrofiyasi. 4. Pernisioz kamqonlik —pariental hujayralarning autoimmun holati. 5. Vitamin B12 - bogʼlovchi komponentlarning tugʼma tanqisligi yoki funksional anomaliyasi (Immerslund-Grasbek sindromi, transkobalaminning tugʼma tanqisligi). Etiologiyasi. Kastl ichki omili (KIO) yetishmovchiligi. KIO - termolabilglikoproteinbo`lib, oshqozon fundal qismida parietal hujayralar ishlab chiqaradi va vitamin B 12ni biriktirib ingichka ichak yuqori qismida 100 barobar tez so`riluvchi kompleks hosil qiladi Аlimentar tashqi omil - vitamin B12 boʼlib, koʼp miqdorda goʼsht mahsulotlarida, tuxumda, pishloqda,sut mahsulotlarida, jigarda, buyrakda mavjud. Vitamin B12 nerv tolalarining miyelin qavati hosil boʼlishida ishtirok etadi. Vitamin B12 yetishmasligida nerv tolalarining demiyelinizasiyasi –funikulyar miyeloz rivojlanadi Klinika. 1.Аnemiya: holsizlik, tez charchash, bosh ogʼrishi, bosh aylanishi, koʼz oldi tinishi, hansirash, taxikardiya, quloqda shovqin; 2. Funikulyar miyeloz: paresteziya, sezuvchanlikni pasayishi og`riq, «yumshoq yerda yurish sezgisi» terida chumoli yurish sezgisi, beldagi ogʼriqlar, atrofiya, psixik buzilishlar, gallyusinatsiya, epilepsiya; 3. Oshqozon ichak sistemasidagi oʼzgarishlar: Gyunter glossiti, tildagi ogʼriq, soʼrgʼichlar atrofiyasi, malina rangidagi til, atrofik gastrit, oshqozon evakuator faoliyatini buzilishi Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling