Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
IRSIY MIKROSFEROSITAR KAMQONLIK
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
IRSIY MIKROSFEROSITAR KAMQONLIK.
Aniqlanishi. Etiopatogenezi. Oilaviy gemolitik sariqlik (Minkovskiy Shoffar kasalligi) autosom dominant tipda nasldan naslga o‘tadi.Kasallik asosida eritrositlar membrana strukturasi defekti yotadi membrana oqsili spektrin bolmaydi.Eritrositlar membranasini natriy ionlariga otkazuvchanligi ortadi, bu esa hujayrada suv yigilishiga olib keladi va eritrositlar bokib, sferik shaklga kiradi hamda taloqda tez parchalanadi. Eritrositlarning yashash muddati 8-15 kunga qisqaradi (normada 90-120 kun). Kasallik eritrositlarni parchalanishi ortishi va sariqlik bilan kechadi. Bemorlarni ajratib olish - Tashhis aniqlangandan keyin darhol protokol dasturlari boyicha davolash boshlanadi (JKT 10klassifikasiyasiga mos ravishda ). Klinikasi.Ogirlik darajalari. 1. engil daraja kuzatuv 2. orta ogir darajakorsatma boyicha splenektomiya, kuzatuv 3. ogir daraja - splenektomiya Ogir darajada teri qoplami va korinadigan shilliq qavatlarni sargayishi, splenomegaliya, bazida jigar kattalashishi, bazi holatda bosh suyagida ozgarishlar kuzatiladi minorasimon bosh, burun kanshar suyagini yassilanishi(egarsimon), qattiq tanglayni yuqori turishi xarakterli. Urobilinuriya kuzatiladi, axlat oqarmaydi. Kamqonlikdan boshqa quyidagi simptomlar va asoratlar kuzatilishi mumkin: 1) rivojlanishdan ortda qoladi va boyi past; 2) jismoniy zoriqishga chidamlilikning kamayishi; 3) xolelitiaz; 4) gemolitik krizlar; 5) aplastik krizlar. Irsiy mikrosferozitozda gemolitik krizlar turli bemorlarda turli chastotada uchraydi: bazi bemorlarda hayoti davomida umuman kuzatilmaydi, bazilarda esa har yili bir necha bor kuzatiladi. Gemolitik krizlarni kopincha infeksiyalar, sovuq qotish keltirib chiqaradi va kuchaytiradi: holsizlik, tana haroratining kotarilishi, sariqlik bilan kechadi, tez-tez qorinda ogriq va qayt qilish boladi, bu holat infeksion gepatitni yoki boshqa infeksion yalliglanish kasalliklarini eslatadi, va qiyosiy tashhislash otkazishni talab qiladi. Surunkali gemolitik kamqonliklarida aplastik krizlar rivojlanishi mumkin, sababi mikroelementlar va vitaminlar tanqisligi bilan bogliq. Bu holatda periferik qonda sitopeniya kuzatiladi, lekin suyak komigida otmishdosh eritroid hujayralar kop boladi va megaloblast belgilar kuzatiladi. Biroq, aplastik krizlarni parvovirus infeksiyalar ham keltirib chiqaradi. Parvovirusda suyak komigida otmishdosh eritroid hujayralarning kamayishi va gigant pronormoblastlar paydo bolishi kuzatiladi. Qiyosiy tashhislash: Qiyosiy tashhislash boshqa etiologiyali sariqliklar bilan (infeksion gepatit, obstruktiv sariqlik, Jilbera sindromi va boshqalar), immun gemolitik kamqonlik bilan, boshqa etiologiyali splenomegaliyalar bilan otkaziladi. Shu bilan bir qatorda qiyosiy tashhislashda eritrositlar morfologiyasi, Kumbs probasining manfiyligi, mukammal yigilgan oilaviy anamnez va bemorning qarindoshlarini tekshirib nasliy sferositoz belgilarini topish ham ahamiyatga ega. Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling