Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги


Download 332.5 Kb.
bet10/22
Sana18.06.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1559274
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
2 5416111381260807460 3 mavzu

Tashhislash mezonlari:
Umumiy qon tahlili; eritrositlar sharsimon,yo’g’on intensiv bo’yalgan hujayra ko’rinishida, markazida yorug’lik yo’q. Leykosit va trombositlar normada, retikulositoz, eritrositlarning osmotik rezistentligi pasayadi: gemoliz boshlanishi – 0,6-0,7 (normada 0,48), tugashi 0,4 ( normada 0,32);
 Eritrositlar o’rtacha diametri– 6,5 mkmdan kichik bo’ladi.
 Qorin bo’shlig’i a’zolarini UTTda o’t qopida tosh borligi aniqlanadi, rentgenda minorasimon suyak ko’rinadi.
 Mielogrammada– eritroid hujayralar giperplaziyasi 30-50% gacha(normada 15-25%) kuzatiladi.
 Bioximik tahlilda – noto’g’ri bilirubin miqdorining ortishi kuzatiladi.
 Qon zardobidagi temir oshadi.
 Qon guruhini va rezus faktorni aniqlash – bemorga qon quyish kerak bo’lganda aniqlanadi.
Gospitalizasiya:Birinchi marta tashhis qo’yilganda albatta stasionarda davolanishi lozim. Keyinchalik gospitalizasiya har bir bemorga individual yondoshiladi, ya’ni bemorning umumiy ahvoliga, qon tahliliga, yoshiga qarab hal etiladi.
Asosiy davolash:
Bemorning klinik holati yaxshi bo’lganda, gemolik krizlar va kamqonliklar kuzatilmaganda oddiy simptomatik moddalar bilan cheklaniladi, ya’ni o’t qopi tosh kasalligini oldini olish uchun yo’naltirilgan muolajalar o’tkaziladi (safro haydovchilar, fitoterapiya, rasional parhez). Yaqqol kamqonlik bilan kechadigan og’ir gemolizlarda va aplastik krizlarda eritrositar massa quyiladi. Boshqa xil gemolitik kamqonliklar kabi nasliy sferositozda ham foliy kislotasi tanqisligi rivojlanadi, shuning uchun bemorlarni davolashda foliy kislotasi ishlatiladi. Sferositar kamqonlikda asosiy davolash usuli - splenektomiyadir. O’rta va og’ir darajada gemolitik krizlarbo’lganda yoki ularning asorati kuzatilganda, shu bilan birga yoshlar o’rtasida kuzatiladigan o’t qopi tosh kasalligida, bemorlarga jarrohlik yo’li bilan davolash ko’rsatma hisoblanadi. Bolalarga splenektomiya jarrohligi kam bajariladi, ularda splenektomiyadan keyingi infeksion asoratlar xavfi juda yuqori bo’ladi. Kasallikning o’tkir davrlarida yotoq rejimini saqlash lozim.
Patogenetik va simptomatik davolash:Simptomatik davolash safro haydovchilar, fitoterapiya va rasionalparhez. Yaqqol kamqonlik bilan kechadigan og’ir gemolizlarda va gemoglobin juda past bo’ladigan aplastik krizlarda- eritrositar massa quyish. Sferositar kamqonlikda asosiy davolash usuli splenektomiyadir. Splenektomiya – irsiy mikrosferositozning asosiy davolash usuli hisoblanadi.
Profilaktika :Irsiy kasallik hisoblanganligi uchun o’ziga xos profilaktikasi yo’q.
Dispanserizatsiya:Irsiy mikrosferositoz bilan kasallangan bemorlar yashash joyidagi oilaviy poliklinikalarda dispanser nazoratida turadi.



Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling