Tashhislash mezonlari.
× Umumiy qon tahlilida oroqsimon eritrositlar ( uzunligi 50 mkm, eni 1-4 mkm) aniklanadi, gemoglobin va eritrositlar kamayadi.
metabisulfit sinamasi otkaziladi.
× gemolitik krizda - anemiya, retikulositoz, boglanmagan bilirubin mikdorining oshishi kuzatiladi.
Davolash prinsiplari:
× promazol
× kriz vaktida simptomatik davo kullaniladi: ogriqda- ogriq koldiruvchi vositalar, krizda magniy sulfat.
× uroksimon eritrositlar xosil bulishini kamaytirish maksadida - fiziologik eritma, 5% li glyukoza eritmada, kichik molekulyar dekstran kullaniladi.
× eritrositar massa transfuziyasi.
× oksigenoterapiya
× infeksiya kushilganda - antibakterial terapiya.
× remissiya vaqtida - folat kislota beriladi.
I.4. ORTTIRILGAN GEMOLITIK KAMQONLIKLAR:
AUTOIMMUN GEMOLITIK ANEMIYALAR.
Aniqlanishi: Autoimmun gemolitik anemiyalar (AIGA) ortirilgan gemolitik anemiyalar guruhi bolib, bularda bemor qonida eritrositlarga qarshi antitelolar paydo boladi. Shu sababli eritrositlar vaqtidan oldin parchalanishi kuzatiladi.AIGA tabiatiga kora idiopatik va simptomatik bolishi mumkin.
Etiopatogenezi: Uni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga limfa toqimasishikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar SLL, limfogranulematoz,otkir leykoz, mielom kasalligi, Valdenstrem kasalligi, BTSK (sistemali qizil boricha, revmatoid artrit), surunkali infeksiyalar va xavfli osmalar kiradi. Immun status pasayishi natijasida antigen strukturasi ozgarishi yuzaga kelib, bemor organizmida ozining ozgarmagan eritrositlariga qarshi antitelolar sintezlanadi.
Tasnifi:Ishlab chiqarilgan autoantitelolar sifati buyicha (serologik tekshirishlar asosida) AIGA ning quyidagi turlari farqlanadi:
1) iliqqa chidamli agglyutininlar;
2) iliqqa chidamli gemolizinlar;
3) tuliq sovuqga chidamli agglyutininlar;
4) sovuqga chidamli ikkita fazali gemolizinlar;
5) toliq bolmagan iliqqa chidamli agglyutininlar.
Sovuqga chidamli antiteloli AIGKlar ichida paroksizmal sovuqlik gemoglobinuriya (Donata-Landshteyner sindromi) aniqlanishi mumkin.
Klinikasi: Boshlanishi o‘tkir (gemoliz yaqqol ifodalangan) va asta sekin rivojlanishi mumkin. Bemor holsizlik va teri rangining sarg‘ayishiga,jismoniy zo‘riqishda hansirash va yurak urib ketishiga shikoyat qiladi. Obektiv ko‘rilganda splenomegaliya, ayrim hollarda gepatomegaliyani ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |