Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- PAROKSIZMAL TUNGI GEMOGLOBINURIYA. Aniqlash
- Kasallikning klinik belgilari
Tashhislash mezonlari.
Umumiy qon tahlili – anemiya belgilari; kasallik o‘tkir kechganda gemoglobin pasayib ketadi, surunkali kechganda nisbiy anemiya belgilari kuzatiladi. Bioximik tahlilda noto‘g‘ri bilirubin miqdorining nisbiy oshishi kuzatiladi; Suyak ko‘migida eritropoezning keskin ta’sirlanishi kuzatiladi. Fetal gemoglobin, nostabil gemoglobin, Gemoglobin elektrofarezi Metgemoglobin Xema-saxaroz probasi, mustakil gemoglobin, Siydikdagi gemosiderin, Agregat gemagglyutinasion probasi Zardobdagi temir,mochevina va kreatinin Qon guruhi va rezus faktorni aniklash, Kumbs probasi, Umumiy siydik tahlili Koagulogramma Qonni gepatit B va C ga tekshirish Qorin bo’shligida joylashgan organlarni UTT Suyaklarni rentgen kilish Gospitalizasiya.Bemor bolani birlamchi tashxislashda maxsuslashtirilgan davolash muassasasiga yotqizilishi shart. Keyinchalik kasalxonaga yotqizilish masalasi yoshiga, bemorning ahvoliga, qon tahlili natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tashhislash. Tashxis eritrositlarning gemolizini klinik-laborator belgilari va antiglobulin test (Kumbs probasi) natijasi asosida qoyiladi. Kumbs probasining 2ta turi mavjud: 1-si eritrositlar yuzasida antitelolarni aniqlash; 2-si antiglobulin test qon zardobida antitelolarni aniqlaydi, bu yul bilan ko‘p marotaba tuggan ayollarni va qon quyish muolajasini olgan odamlarda qo‘llaniladi. PAROKSIZMAL TUNGI GEMOGLOBINURIYA. Aniqlash: Paroksizmal tungi gemoglobinuriyada gemopoetik ozak hujayralarda orttirilgan klonal buzilish oqibatida klon hujayraning membranasining komplementga sezuvchanligini kuchayadi. Natijada surunkali tomir ichi gemoliz sababli gemoglobinuriya va kamqonlik rivojlanishi bilan kechadi. Kasallikning klinik belgilari. Bu kasallik asosan yoshlarda aniqlanadi va gemolitik krizlar bilan kechishi farqlanadi. Sabablardan ortiqcha jismoniy zo‘riqish, infeksiyalar, vaksinasiyalar, turli dori vositalarni qabul qilish (askorbin kislotasi, temir preparatlari, geparin) va x.k. bo‘lishi mumkin. Asosiy kasalik belgilari holsizlik, bel sohasida o‘tkir ogriqlar, qorinda va boshda og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Kasallarda terida rangparlik bilan birga sariqlik ham aniqlanadi. Kasallikni uzoq muddat kechishida jigar va taloq kattalashgani aniqlanadi. Bu kasallikni o‘ziga xosligi siydikni rangini qorayishi asosan kechasi va ertalab kuzatiladi. Kun davomida siydikni rangi nisbatan och rang tusiga kiradi. Paroksizmal tungi gemoglobinuriyada kasallarda jigar venalarida va pastki yarim venatrombozi (Badda-Kiari sindromi) portal venada va qorin tomirlarida mikrosirkulyasiya buzilishi paydo bo‘lishi mumkin. Trombositopeniya natijasida turli qon ketishlar va xalqumning o‘zgargan venalaridan varikoz qon ketishi bo‘lishi mumkin. Gemoglobinuritik krizlar vaqtida buyrak faoliyati buzilishi kuzatiladi. Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling