Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedogogik texnologiya
Lotareya
Gemolitik anemiyaga oid leksion va amaliy mashgulotlar savollari bir katta varaq qogoziga yoziladi. Barcha savollar raqamlanadi. Kichik qogozchalarga shu raqamlar yoziladi va qutichaga joylanadi. Shuningdek savolsiz qogozcha ham joylanadi. Barcha talabalarga qogozchalarni tanlash taklif etiladi, keyin shu raqamda yozilgan savolga javob beradi. Raqamsiz savolni tanlagan talaba omadli hisoblanib, u savolga javob bermaydi.
Savollar
1.Gemolitik anemiya nima?
2.Gemolitik anemiya tasnifi?
3. Gemolitik anemiya etiologiyasi?
4. Gemolitik anemiya patogenezi?
5. GA klinik korinishlari?
6. Irsiy mikrosferositozda asosiy shikoyatlar?
7. GAlarni gistomorfologik belgilari?
8. GA davolashda samaradorlik mezonlari?
9.GA larni asosiy laborator belgilari?
Grafik organayzer
SXEMA «NIMAGA»
omil (Ionlashgan nurlanish, zaxar, DV, radiasiya)
↓
Eritrosit antigen strukturasini o‘zgarishi
↓
Shu eritrositlarga antitelolarni ishlab chiqarilishi
↓
AG+AT kompleksini xosil bo’lishi
↓
Eritrosit membrana strukturasini buzulishi
↓
ERITROSIT GEMOLIZ
ANALITIK QISM.
Amaliy ko‘nikma: Amaliy ko`nikmalarni qadamma-qadam bajarilish algoritmi:
Gemogramma interpretasiyasi
Maqsad: Kamqonlikning turlarini aniqlash.
Korsatma: Kamqonligi bolgan barcha bemorlarga
Qarshi korsatma: yoq
Bajarilish ketma-ketligi
1.TTKda gemoglobin va eritrositlar soni kamayadi,eritrositlarda mikrositoz, poykilositoz, gipoxromiya aniqlanadi
2. Vit. В12 TKda gemoglobin va eritrositlar soni kamayadi, katta o`lchamli eritrositlar – makrosit, megalosit, giperxromiya, poykilositoz aniqlanishi, Jolli tanachalari, Kebot halqalari,neytrofil yadrosining gipersegmentasiyasi kuzatiladi.
3. Gemolitik anemiyada gemoglobin va eritrositlar soni kamayadi, normoxrom anemiya fonida qonda retikulosit oshadi, eritroblastlar paydo bo`ladi, EChT oshadi.
4 Aplastik anemiyada eritrosit va gemoglobin, leykosit, trombosit kamayadi, leykoformulada limfosit oshadi, EChT oshadi.
5. O`Lda eritrosit va gemoglobin, trombosit kamayadi, leykosit odatda oshadi, kam hollarda normada yoki kamayadi, leykoformulada blast hujayralar paydo bo`ladi, EChT oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |