Bemor psixologiyasi
Bemor bolalar psixologiyasi va uni ko’rinishlari
Download 56.14 Kb.
|
Bemor psixologiyasi ” mavzusida Tibbiyot psixologiyasi fanidan k-fayllar.org
1.2. Bemor bolalar psixologiyasi va uni ko’rinishlari
Tibbiyot fanlarining tez odimlar bilan rivojlanishiga qaramasdan hozirgi kunda ham ruhiy kasallar to'g'risida tushunmovchiliklar mavjud. Ruhiy kasallarga nafrat bilan qarash, ularni jamiyatdan chetlashtirish kerak degan tushunchalarning mavjudligi, har bir kasalxonada psixosomatik bo'limlarni tashkil qilish muammosi mavjudligi kundalik davolash muolajalarida psixiatriya yordamini ko'rsatish zarurligini taqozo etmoqda. Deyarli har bir klinikadagi tibbiyot xodimi amaliy ishda ko'pincha bemorlar bilan muomala qilganda psixiatrning vazifasi doirasiga kiradigan masalalarga duch keladi. Somatik statsionarlarda chinakam psixotik holatlar nisbatan kam uchraydi, holbuki nevrotik-shaxsiy buzilishlar kun sayin uchrab turadi. Ko'p profilli davolash muassasalari psixiatr-konsultantning xizmatisiz ish ko'ra olmaydi. Ayni vaqtda tibbiyot hamshirasi tibbiyotning qaysi sohasida ishlashidan qat'i nazar, psixopatologik buzilishlarning asosiy ko'rinishlarini ham, shuningdek, shu profiklagi bemorlar bilan munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarini ham bilishi muhim. Yirik davolash markazlarida psixosomatik bo'limlar bo'lib, ularning vazifasiga somatik kasalliklarni davolash bilan birqatorda tegishli psixiatriya vordami ko'rsatish ham kiradi. Yirik somatik kasalxonalaming shtatlarida vangi ixtisos — psixoterapevt, ya’ni psixiatr-shifokor ixtisosi tobora kengroq qaror topib bormoqda; bu shifokor "kichik" psixiatriya sohasidan (nevrozlar, reaktivga o'xshash reaksiyalar va hokazo) yaxshi xabardor bo'lib, o'z amaliyotida davolashning psixoterapevtik usullaridan (ratsional psixoterapiya, autogen trenirovka, suggestiv psixoterapiyadan) keng foydalanadi. Bemorlar o'zlarini psixiatriya kasalxonasiga olib o'tish holatlari, psixopatiyalar, nevrozsimon va psixopatiyalardan xabar topganlarida buning zarurligini eshitib nihoyatda dahshatga tushadilar. Hozirgi zamon psixiatriya kasalxonasi somatik kasalxonalardan kam farq qiladi. Derazalardagi panjaralar, kattakon palatalar, "turmadagi kabi" yo'laklarva hokazolar allaqachon o'tmishda qolib ketgan. Ko'pgina yangi psixiatriya kasalxonalarida bem orlar o'zlarini boshqa davolash muassasalaridagidan yomon his qilmaslikiari uchun mumkin bo'lgan barcha qulayliklar nazarda tutilgan. Palatalar shinam, bemorlar uchun keng va vorug' dam olish xonalari tashkil etiladi, bu yerda ularning ixtiyorida radio, televizor, stol usti o'yinlari muhayyo qilinadi. Bemorlar mehnat terapiyasining har xil turlariga (karton ishlar, tikish-bichish, yog‘ochdan qirqib ishlash va shu kabilarga) jalb qilinadi. Davolash vositalari qatoriga k o ‘p miqdordagi neyroleptiklar, trankvilizatorlar, antidepressantlarning (fizioterapevtik va boshqa davolash metodlari bilan bir qatorda) joriy etilishi psixik bemorlarni muvaffaqiyatli davolash uchun yangidan yangi imkoniyatlar ochib berdi. Biroq hamisha ham istalgan natijaga erishib bo'lmavdi, shuning uchun ham bemorlar statsionarda uzoq vaqt davolanadilar, keyin esa dispanser sharoitida darmonga kirituvchi terapiya olishlariga to‘g‘ri keladi. Davolash praktikasiga faol psixofarmakologik preparatlarning joriy etilishi psixik kasalliklarning tashqi ko'rinishi manzarasini, bemorlarni statsionarda parvarish qilish prinsi plarini o'zgartirdi va dispanser kuzatuviga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Ba’zi bir bemorlar qat’iy psixiatrik nazoratga muhtoj boMadilar. Bunga bir qator holatlar sabab boMib, ularni psixik kasalliklarning, ayniqsa, keskin holatda yaqqol ko'zga tashlanib turadigan kasalliklarning o ‘ziga xos xususiyatlari keltirib chiqaradi. Bu xususiyaglarga quyidagilar kiradi: 1) kasallikni tanqidiy anglab yetmaslik va psixotik buzilishlar mavjud bolgani holda davolanishni istamaslik; 2) imperativ (buyruqlar shaklidagi) gallyusinatsiyalar bilan ta ’qib qilish g'oyalarining mavjudligi; 3) suisidal fikrlar va harakatlarning mavjudligi; 4) psixotik holatning mavjudligi: bunda es-hushning joyida emasligi hodisalari ko‘zga tashlanadi (deliriy, oneyroid, xafalik va boshqalar); 5) psixomotor qo‘zg‘alishning va impulsiv harakatlarning mavjudligi. Bemorning ahvoli yaxshilanganda unga faqat oilasi bilan uchrashuv, kasalxona territoriyasi b o ‘ylab sayr qilish imkoniyatini beribgina qolmasdan, shu bilan birga agar bemor qarindoshlari bilan muloqotda bo'lishga faol intilsa, uyga borib kelishga ham ruxsat etiladi. Faqat bemor jiddiy ahvolda bo‘lganda jamiyat uchun va o ‘zi uchun muayyan xavf- xatartug'diradi. Holati yaxshilanganda va tanqidiy anglash paydo bo‘lganda u o‘zining psixiatriya kasalxonasida bo‘lganligi faktining o ‘zi qanchalik ijtimoiy aks sado berishi mumkinligini, uning kasalligi tufayli ro‘y bergan sotsial cheklashlarni anglab juda kuchli qayg‘uradi. Kasaixonada ba’zan uzoq vaqt bo'lish jarayonida bu yerda mavjud bo'lgan davolash-psixologik tadbirlar kompleksi bemorga qulay ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu tadbirlarni shartli ravishda davolash muhiti deb atasa ham bo'ladi. Bular tibbiyot xodimlarining g'amxo'rlik bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, bemorlarning aniq maqsadga qaratilgan mashg'ulotlarga va unumli mehnatga ja 1 b qilinishi, maqsadga muvofiq tashkil etilgan dam olish, qarindosh-urug'lar va vaqin kishilar bilan, ba'zan esa shifokorning ko'rsatmasi va bemorning istagiga ko'ra xizmatchilar bilan ham emotsional- samimiv munosabatning o'rnatilishidir. Tibbiyot hamshiralariga bemorlarga qarash bilan bogliq bo'lgan odatdagi vazifalar: haroratni o'lchash. dori- darmon berish, turli muolajalarni bajarishdan tashqari, bemorlar bilan mashg'ulotlar o'tkazishning muayyan turlarini, ratsional psixoterapiya metodlarini o'zlashtirib olishlariga to'g'ri keladi. Ruhiy bemorlarga tibbiyot hamshiralarining shaxsi yaxshi t a ’sir ko'rsatadi. Bemorlarga tibbiyot xodimlarining, xususan, hamshiralarning diqdat-e’tibor bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, bemorlarning turli shikoyat 1 ari va gap-so'zlarini faqat tinglab qolmasdan, ularni tushunishga va tegishli ravishda javob berishga harakat qilishlari bemorlarga yaxshi ta’sir qiladi. Bemorlarning shikoyatlari va gap-so'zlariga ma’lum darajada xayoliv kcchinmalarning mavjudligi sabab bo'ladi. Shutting uchun ham bemorga sizning gapingiz noto'g'ri, deb shashtini qaytarmaslik kerak, chunki alahsirash tarzidagi kechinmalar kasallik holatidagi fikrlar va xulosalar bo'lib, ularni tuzatib bo'lmaydi. Agar tibbiyot hamshirasi bemorning savollariga javob bera olmasa, o'zining bu sohadan xabardor emasligini aytishi kerak. Hamshiraning vazifasiga bemorlar xulq-atvorini va fikr-mulohazalarining o'ziga xos xususiyatlarini diqqat bilan kuzatish, ularni tushunishga inti 1 ish kiradi. Hamshira o'z kuzatishlari haqida davolovchi shifokorga aytishi lozim. Tibbiyot hamshirasining xulq-atvori va reaksivalari bemorga tinchlantiruvchi ta’sir ko'rsatishi zarur. Psixiatriya kasalxonasidagi tibbiyot hamshirasining ishi bemorlarni shunchaki parvarish qilishdan iborat bo'lib qolmaydi. Bu ish, yuqorida aytib o'tilganidek, muayyan shaxsiy moyillikni, ishda mahorat va san'atni talab qiladi, bundan maqsad psixik jihatdan bemor kishini tushunib qolmasdan, shu bilan birga unga psixologik yordam ko'rsatishdan iborat. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunning tibbiyot hamshirasidan bemor muammolarini aniqlab, hamshiralik tashxisini qo'yib, bemorga individual yondashgan parvarish rejasini tuzib, uni amalga oshirish va so'ngra bemor ahvoli yaxshilanganini baholashdek muhim vazifa — hamshiralik jarayonini yurgizish talab etiladi. Download 56.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling