Bemor psixologiyasi
II BOB BEMOR BOLALAR BILAN ISHLASH VA ULARGA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH
Download 56.14 Kb.
|
Bemor psixologiyasi ” mavzusida Tibbiyot psixologiyasi fanidan k-fayllar.org
II BOB BEMOR BOLALAR BILAN ISHLASH VA ULARGA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH
2.1. Bemorlarning psixikasi va uni o’ziga xosligi Tibbiyot hamshirasi bemorlarning emotsional kechinmalari murakkab olamini tushunishi, bu kechinmalarga bemorga tusluinarli bo'lgan xayrixohlik va tinchlantiruvchi so'zlar bilan javob berishi lozim. Bu hoi faqat professional tayyorgarlikni emas, samimiylikni ham talab qiladi. Ruhiy jihatdan bemor bo‘lgan kishilar oldida ehtimol tutilgan qo’rquv alohida qarab chiqishga loviq narsadir. K o'pincha yosh tibbivot hamshiralarida ayrim bemorlarning jismoniy kuchi oldida. ularning darg’azab bo’lishi, impulsiv xatti-harakatlari oldida qo’rquv pavdo bo'ladi. Bcmorlar tibbiyot xodimlarining emotsional holatini jiddiv his qiladilar va ko‘pincha atayin tibbiyot xodimlariga va atroflaridagi bemorlarga o‘z gap-so’zlari va xulq-atvorlari bilan ta’sir ko’rsatishga urinadilar. Turli neyroleptiklar va boshqa dori-darmonlar keng xazinasidan foydalanish bemorlarning agressivligi va zo’riqishini osonlik bilan barham toptirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bunday bemorlarga yaxshi va diqqat- e’tibor bilan munosabatda bo‘lish qulav ta’sir ko’rsatadi. Suisidal tendensiyalarga va qochishga intiladigan bcmorlar alohida kategoriyani tashkil etadi. Depressiya holatidagi bemorlarda o ‘z-o‘zini o ’ldirish fikri paydo bo’ladi. Yetarli darajada tayyorgarligi bo’Igan tibbiyot hamshirasi depressiv bemorlarga xarakterli bo’Igan alomatlarni osonlik bilan payqab olishi mumkin (harakat va ideatorning tormozlanishi. g’amgin-ma’yus kaytiyat, shuningdek, ularning atrofdagilardan o’zini chetga olishga intilishi). Bunday bcmorlar, odatda, yashash istagini bildirmaydilar, suisidal urinishni amalga oshirish uchun qulay payt poylaydilar. Ularbu maqsadda ishlatilishi mumkin bo’Igan sanchiladigan- qirqadigan va boshqa buyumlarni topishga harakat qiladilar. Tibbiyot xodimlari bunday bemorlarni hamisha diqqat markazida saqlashlari, tegishli kuzatuvchanlik va hushyorlik ko’rsatishlari lozim bo'ladi. Suisidal urinishlar, ko’riladigan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, hatto psixiatriya kasalxonalari ichida ham vujudga keladi. Bemorlar ba’zan o’z holatlarini boshqacha qilib ko’rsatishga va tibbiyot xodimlarining hushyorligini bo’shashtirishga muvafTaq bo’ladilar. Qochishga moyilligi bor bemorlarga xizmat ko’rsatish katta qiyinchilik tug’diradi. Odatda, qochishni asotsial xulq-atvorga ega bo’Igan, anamnezida kriminal epizodlar bo’Igan va paranoyyal fikrlarga ega bo’Igan bemorlar amalga oshiradilar. Ularning niyatlarini ba'zan boshqa bemorlardan bilib olish mumkin. Qochish niyati bo’Igan bemorlar bunday bemorlarni eshiklarni ochish uchun asboblar qidirib topishda, kiyimlarni va hokazolarni tayyorlashda sherik sifatida qatnashtirishga harakat qiladilar. Hammaning ham so’ziga kiravermaydigan bemorlar bilan muomalada bo’lish ishlari zo’r sabr-toqatni, aytish mumkinki, mahoratni talab qiladi. Ba’zan muolajalarni bajarish vaqtida chtiyotkorlik bilan ogohlantirish taktikasi, yoqimli so’z, samimiy tabassum sovuq munosabat muzini eritib yuboradi va nozik aloqa rishtasi qayta tiklanadi. Bu rishta keyinchalik uzilmasligi uchun o ’z kasbiga zo’r muhabbat va shaxsiy professional mahorat zarur bo’ladi. Bemorlar bilan aloqa o’rnata oladigan tibbiyot hamshirasi kasallikni muvaffaqiyatli davolash ishida shifokor va bemorga katta yordam ko’rsatgan bo’ladi. Yangi kelgan bemorlarni, ayniqsa, ular shifoxonaga yotishga yoki gospitalizatsiva qilishga unchalik xohish bilan rozilik bermagan bemorlarni qabul qilishni tashkil etish katta psixologik ahainivatga ega. Bunda qabul qilish vaqtidagi asosiy rasmivatchilikni bajaruvchi tibbiyot hamshiralariga jiddiv vazifa yuklanadi. Bemor bilan muomala qilishda, lining savollariga javob berishda sabr-toqat, matonat va diqqat-e’tibor zarur bo'ladi. Bunda tibbiyot hamshirasi hushyor bo'lishi, bemor o'zi bilan bo'limga narkotik moddalar, suisidal urinishlarni amalga oshirish uchun agressiv maqsadda foydalanish mumkin bo'lgan buyumlarni olib kirmasligini kuzatishi lozim va hokazo. Bemorlarga ishonchsizlik bildirib, ularni xafa qilmaslik uchun zo'r xushmuomalalik kerak bo'ladi. Shu narsajuda muhimki, yangi kelgan bemorlarni joylashtirish vaqtida u yerda davolanayotgan bemorlar bilan psixologik muvofiqlik bo'lishi hisobga olinishi darkor. Bu masalada shifokorga diqqat-e'tiborli va kuzatuvchan tibbiyot hamshirasi yordam ko'rsatishi mumkin. Ruhiv kasalliklar ichida ko'pincha o‘lim bilan tugaydigan slumdav ekstremal holatlar uchraydiki, bular oq alahlash, epileptik status va shizofreniyaning gipertoksik formasidir. Download 56.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling