Bemorni so’ rab-su rishtirish (anamnez yig’ish)


Download 339.57 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi339.57 Kb.
#1275941
Bog'liq
Bemorni so’ rab-su rishtirish (anamnez yig’ish)


Klinik tekshirish usullaridan maqsad – bemorning kasallik tashxisini aniq beJgiJash. Bu esa, o’z navbatida, kasallikni to’ g’ ri davolashga yoki uning oldini olishga yordam beradi. Terapevtik stomatologiyada og’iz bo’shlig’ini tekshiri sh – kasalni tekshi­ rishning asosiy bo’ g’iniga kiradi. Buning uchun stomatologiyada turli xil tekshiruv usullar qo’llaniladi:

Asosiy:


  • Bemorni so’ rab-su rishtirish (anamnez yig’ish);

  • Bemonling yaqin qarindoshlarini so’rab-surishtirish (zarurat bo’lganda);

  • Ko’rik (zondlash, palpatsiya, perkussiya).

Qo’shimcha:

  • Harorat tashxisi;

  • Elektroodonto tashJdslash (EOD);

  • Elektrometrik tashxis;

  • Rentgeno tashxislash;

  • Funksional tekshirish usullari;

  • Sinamalar (teri allergik, voldirnayaning, Gistaminnaya, Kavechkogo).

  • Laborator (bioximik, bakteriologik, imm unologik, qon tahlili, gistologik, sitologik) tekshirish usullari;

Asosiy tekshirish usullari


Anamnez yig’ish. Bemomi tekshirish hayot (anamnesis vitae) va kasallik anarnnezi (anamnesis – morbi)ni yig’ishdan boshlanadi. Awalo, bemoming shikoyati, shifokorga murojaat qilish ababi, professional va surunkali kasalliklarning borligi, ovqatlanish tartibi, zararli odat]ar va boshqalar aniqlanadi . Parodont kasalliklarida anamn ez yig’ish vaqtida, asosan, bruksizm borligiga e’tibor berish


Lozim. Anamnez yig’ish davomida kasalga ko’p hollarda yo’nal­ tiruvchi savollar beriladi va tashxis uchun kerakli bo’lgan ma’lu­ motlar yig’iladi.


So’rov – anamnez yig’ish – tekshirishning boshlang’ ich bosqichi hisoblanadi. So’rov nafaqat kasallik kelib chiqishini, shikoyatlarini aniqlaydi, balki kasallikning kechishiga va davolash- ning borishiga baho beradi. .


So’rov bemorning shikoyatlaridan boshlanadi. Shifokor yo’nal­ tiruvchi savollar bilan bemorni so’rov qiladi.


Kasallik qachon boshlangan, og’riq qachon paydo bo’lgan, kasallikning kechishi, og’riqning kamayishi yoki ko’payishi kabi savollar bilan shifokor murojaat qiladi. Shu jumladan, kasallik awal davolanganmi, davolangan bo’lsa qachon, davo qanday natija bergani kabi so’rovlar muhim ahamiyat kasb etadi.


Bemor doimo to’g’ri va lo’nda javob bermasligi mumkin, shuning uchun bemor bilan shifokor til topishib, o’tkazilgan va yo’ldosh kasalliklami ham aniqlashi lozim. Boshqa a’zolardagi (ovqat hazm qilish a’zolari, endokrin, qon-tomir va boshqa) kasalliklar, qachon kasallik bilan kasallangan (yili, oyi, kuni), kasalliklar bemomi tash.xislashga yaqindan yordam beradi va kasalliklaming o’zaro aloqalari haqida ma’lumot beradi.


Tash.xis qo’yishda, ko’pincha, og’riqning turi asosiy o’rin tutadi. Og’riqning davomiyligi, taassurotlardan kuchayishi, og’riq paydo bo’lishi vaqti ham tash.xis qo’yishda muhimdir.



Tish qattiq to’qimalari zararlanganida, pulpit, periodontitda turli xil og’riqlar vujudga kelishi mumkin. Masalan, biron bir taassurotlardan (ximik, mexanik) og’riq karies, pulpitda paydo bo’lsa, o’z-o’zidan paydo bo’luvchi og’riq pulpaning yallig’la­ nishida, periodontit kasalliklarida ham turlicha turda bo’ladi. O’z­ o’zidan paydo bo’luvchi og’riqlar nerv retseptorlarining nevral­ giyasida ham kuzatilishi mumkin.


Parodont va shilliq qavat kasalliklarida milklar shishini, qona­ shini, tishlar qimirlashi, kasalning mehnat sharoitini, turmush tarzini, umumiy holatini aniqlash lozim bo’ladi. Tishlaming olinish sababi (karies asoratidan yoki parodontozdan), olingan vaqti muhim rol o’ynaydi. Ko’p hollarda stomato log qabuliga qon kasalliklari, gipovi­ taminoz, spetsiftk kasallik1ar (sifilis, sil) bilan kasalla ngan bemorlar og’iz bo’shligidagi o’zgarish]ardan shikoyat qilib murojaat etad ila r. Shu sababali, bemorlami sinchikJab tekshirib, shilliq qavat va teri qoplamlarini ko’ zdan kechirish lozim bo’ ladi.


Ba’zida shifo ko r qabuliga bemorlar og’izdan noxush hid kelishga shikoyat qilib murojaat etadilar. Bunday paytlar noxush hid sababi aniqlanadi. Tish-milk cho’ntakJarining yiringlashi , karioz tishlar, noto’g’ri tayyorlangan protez la r, og’ iz bo’shlig’i gigiyena­ sining yomonligi sabab bo’lishi mumkin. Umumiy organizm kasal­ likJaridan murtaklarning surunkali yallig’ lan ish i, yuqori nafas a’ zo­ larining kasalliklari, ovqat hazm qilish a’ zolari kasalliklari, modda almashinuvining buzilishi kabi sabablar noxush hidni keltirib chiqarishi rnumkin.


Ko’ruv (ko’zdan kechirish ) – obyektiv tekshiruvning asosiy qisrni hisoblanadi. Yoritish asboblari yordamida ko’zdan kechirish maqsadga muvofiqdir.


Ko’zdan kechi rishdan maqsad – yuz-jag’ sohasidagi kasal­ liklardagi o’zgarishJarni aniqlash. Ko’ruv 2 qismdan iborat bo’ladi, tashqi ko’zdan kechlrish va og’iz bo’shlig’ini tekshirish. Tashqi ko’ zdan kechirishda, asosan, bemoming umumiy holatiga, yuz assimetriyasiga, shishlarga, oqma yo’ llariga alohida ahamiyat beriladi. Yuz konfiguratsiyasining o’zgarishi turli sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin. Masalan, yallig’ lan ish protsesslarida, o’smalarda, travmalardan so’ng, endokrin kasalliklarida uchra shi rnumkin.


Og’iz ko’rigi og’iz dahlizidan boshlanadi. Birinchi navbatda, Iabning qizil hoshiyasi va og’iz burchakJari tekshirib ko’riladi. Milk normada och-pushti rangda bo’Lib, tish bo’ynini aylanib o’tadi va tish-milk cho’ntagini (chuqurligi 1-2 mm) hosil qiladi. Patologik hollarda milk.lar rangi o’zgaradi, tish-milk cho’n­ taklari chuqurlashadi, tishning aylanma bog’Ja mla ri buziladi.


Milkni ko’zdan kechirib, yallig’lanish turini aniqlash ham mum.kin bo’ ladi (kataral, yarali-nekrotik, giperplastik).


Og’iz bo’shlig’ida biron-bir element uchratilsa, teri qoplamini ham ko’zdan kechirish lozim. Shilliq qavatda uchraydigan ele­ mentlar terida uchraydigan birlamchi va ikkilamchi elementlar bilan o’xshash bo’ladi. Birlamchi va undan kelib chiquvchi ikkilamchi elementlar tafovut qilinadi.


Birlamchi infiltratsion elementlarga dog’, tuguncha, do’mboq­ cha, tugun, pufakcha, yiringcha, pufak, voldir, kistalar kiradi. Ikkilamchi motfologik elementlarga eroziya, yara, yoriq, po’stloq, cheshuyka, chandiq, pigmentasiyalar kiradi.


Og’iz bo’shlig’ini tekshirilayotganda faqatgina bemor shikoyat qilayotgan tishga qarab qolmasdan, balki og’izdagi hamma tishlar ko’zdan kechiriladi. Birinchi qatnovda hamma tishlami ko’zdan kechirish, og’iz bo’shlig’i sanatsiyasida o’ziga xos reja bo’lib xizmat qiladi. Ko’rik stomatologik zond va stomatologik ko’zgu yordamida amalga oshiriladi. Stomatologik ko’zgu ko’rish qiyin bo’lgan joylarda yordam bersa, zond esa karioz kavaklami aniqlashda, kavak chuqurligi, yumshagan dentinni, tish bo’shlig’i bilan tutashganligini va hokazolami aniqlashda yordam beradi.


Tishlarning rangi tashxis qo’yishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Masalan, depulpatsiya qilingan tishlar tishning tabiiy rangini yo’qotgan bo’ladi.



Tishlarning shakli, katta-kichikligi, joylashishi ham tashxis qo’yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zondlash – karioz bo’shlig’i bo’Jganda bo’shliq devori va


Tubining og’riqliligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Burchakli zond bilan aniqlanadi. Agar emalning butunligi buzilmagan bo’lsa, zond tishning yuzasidan erkinlik bilan sirg’anadi. Karioz shikastlanish (emal kariesi) bo’lgan holda g’adir-budurlik aniqlanadi.


Fissur kariesini aniqlash ma’lum darajada qiyinchilik tug’di­ radi, chunki u faqat zondlash usuli bilan aniqlanadi. Fissurada zondning to’xtab qolishi yumshagan dentin borligidan darak beradi. Awai qo’yilgan plomba sinchiklab ko’rikdan o’tkazilishi va zondlanishi kerak. Plomba chegarasida tirqish borligi ikkilamchi karies kelib chiqishidan darak beradi.


Perkussiya – tishni to’qillatish periodont holatini bilish uchun qo’llaniladi. Pinset yoki zondning bandi yordamida tishning kesuv yuzasiga yoki chaynov yuzasiga urib ko’rish bilan amalga oshiriladi. Periodontda yallig’lanish jarayoni bo’lsa, urib ko’rilganda og’riq paydo bo’ladi. Odatda, perkussiya sog’lom tishdan boshlanadi. Chunki kasal tishni sog’ tishdan ajratish onsonroq bo’ladi va bemorga birdan qattiq og’ riq bilan ozor berilmaydi. Ikki xil perku ssiya tafovut qilinadi: vertikal (tish o’ qi bilan urib ko’rish bir chiziqda), gorizontal (yon tomondan urish)


Palpatsiya – paypaslab ko’ rish - shishla ml, o’smalarni, tishlar qi mirlash darajasini aniqlash uchun qo’ ll a nila di. lI barmoqni tekk.izib yoki II barmoq biJan shill iq qa vatni, lunjni, labni, tilni paypaslash bilan olib boriladi. Palpatsiyani sog’ lom to’ qimadan boshlagan ma’qul. Chunki sog’ to’qima bilan zararlangan to’qima chegarasi aniq ko’ rinadi.


Qimirlash darajasini baholash. Tishlarni ng qimirla sh dara­ jasini pinset yorda mida qimir1atib aniqlanadi. Tish, odatda, fiz.iol og ik qimirla shga ega, le ki n bu unchalik sezila rli bo’Jmaydi.


Patologik hollarda periodont to’qim asi buziUshi bilan tish qimirlash kuzatiladi.


Qimirlashning 3 xil darajasi bor:


1 - vestibular-oral yo’ nalishda;


2 – vestibular-oral va yon tomonlama;


3 - tish o’ qi bo’ yicha (vertikal yo’ nalishda)




E.E. Platonov (1951) bo’ yicha parodontning jarohatlanish darajasi aniqlanadi. 1-darajali qimirlash – yonidagi qo’shni tishga nisbatan lunj-til (tanglay ) yoki lab-til (tanglay) yo’ nalishida qimir­ lash I mm dan kam bo’ lganda , 2-darajada yuqoridagi yo’ nalishlar bo’yicha 1 mm dan ko’ proq, shuningdek, tanglay-distal yo’na­ lishida qimirlash ham paydo bo’ lad i. 3-darajada tish hamma yo’ nalishlar bo’ yicha qimirlaydi, tish yo’q bo’ lgan tish tomonga ham engashishi mumkin.
Download 339.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling