Benzin maxsulotlarini qayta ishlash
Benzin distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasi texnologik sxemasi
Download 33.39 Kb.
|
Benzin maxsulotlarini qayta ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Benzin distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasi texnologik sxemasi:
Har bir rektifikatsiya kolonnasida 60 ta likopcha bo’ladi. Yuqoridagi ko’rib chiqilgan ikkilamchi haydash qurilmasi – ishlab chiqarishda qo’llaniladigan neftni qayta ishlash zavodlaridan biridir . Benzinni ikkilamchi haydashda seksiyali atmosfera-vakuumli qurilmasida neft va mazut fraksiyaga haydaladi va noyobli (qisqa) benzin fraksiyalari olinadi, aromatik uglevodorodlarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Qurilmaning mahsuloti bo’lib tuzsizlantirilgan va suvsizlantirilgan neft xizmat qiladi. Bu turdagi qurilma har xil quvvatlarda loyihalanadi : 1,2,3 va 6 mln.t/yil neftni bir yilda qayta ishlaydi. Qurilmaning tarkibiga quyidagi seksiyalar kiradi: neftni qisman benzinsizlantirish blokioldindan evaporatsiya qilish deyiladi; neftni atmosfera haydash bloki; benzinni barqarorlashtirish bloki; neftni qisqa fraksiyaga ikkilamchi haydash bloki; keng yog’li fraksiya - vakuum distillyatini olish uchun mazutni vakuumli haydash bloki. Qurilmaning texnologik sxemasi 2.18-rasmda keltirilgan. Tuzsizlantirilgan va suvsizlantirilgan neft nasos bilan guruhli issiqlik almashtirgichlar (9, 11, 22, 23, 67, 69, 65, 74) orqali va 2100С da oldindan bug’lantirish kolonnasiga (evaporatorga) kirib keladi (sxemada neftni issiqlik almashtirish apparatlari orqali harakatlanish yo’li bog’lanmalarni murakkabligi tufayli ko’rsatilmagan). Fraksiya boshlang’ich qaynash harorati - 100°С da kolonnaning yuqori qismidan ketadi-havoli sovutish apparati (7) va sovutgich (6 ) orqali o’tadi va yig’gichga (5) to’planadi. Bu fraksiyaning bir qismi nasos (4) bilan sug’orish sifatida kolonnaga beriladi, qoldiq esa – yig’gichga (18) yo’naltiriladi. Kolonnaning pastki qismidan (8) qoldiq sirkulyatsiya bilan issiqlik berish uchun nasos bilan pech seksiyalariga (2) haydaladi. Benzinsizlantirilgan neft kolonnaning pastki qismidan (8) nasos (3) bilan olinadi hamda ikkinchi zmeyevik pech (2) orqali asosiy atmosfera kolonnasiga (20) beriladi. Kolonnadagi yuqori mahsulotlar (fraksiya 100 - 180°С) sovitilgandan va kondensatsiyalangandan keyin yig’gichga (18) to’planadi, u yerda kolonnaning yuqori qismidagi (8) mahsulotlar bilan aralashadi. Yig’gichdan fraksiya b.q.h.- 180°С da nasos (19) bilan olinadi va barqarorlashtirish kolonnasiga (29) beriladi. : Yon pogonali ko’rinishdagi kolonnadan flegmalar olinadi va bug’lantirish kolonnalariga (21 va 22) beriladi, pastki qismiga suvli bug’ beriladi. Fraksiya 180 - 240°С da kolonnaning (21) pastki qismidan nasos (26) bilan issiqlik almashtirgich (27) va havoli sovutish apparati (28) orqali haydaladi va qurilmadan chiqariladi hamda rezervuarga beriladi. Kolonnaning yuqori va pastki qismlarini sirkulyatsiyali sug’orish nasos (13) yordamida issiqlik almashtirgich (9) va sovutgich (10) orqali amalga oshiriladi, nasos (14) bilan apparatlar (11 va 12) orqali kolonnaning (20) yuqorisida joylashgan likopchalarga qaytariladi. Qoldiq fraksiya esa - 350°С (mazut)dan yuqori haroratda – nasos (15) bilan kolonnaning (20) pastki qismidan olinadi va zmeyevik pechiga (61) yo’naltiriladi. Barqarorlashtirish kolonnasini (29) pastki qismi qoldiq nasos bilan (35) olinadi va zmeyevik pechi (34) orqali beriladi. Kolonnaning (29) yuqori qismidan gaz chiqariladi, apparatlarda (30 va 31) kondensatsiyalanadi va sovutiladi. Ular yig’gichga (32) to’planadi, u yerdan gaz quruq gaz chizig’iga ketadi. Suyultirilgan gaz yig’gichdan (32) nasos (83) bilan olinadi va kolonnaga (29) sug’orish uchun beriladi. Ortiqcha suyultirilgan gaz qurilmadan tovar parkiga chiqariladi. Kolonnaning (38) pastki qismidan sirkulyatsiya qoldiq nasos (36) bilan zmeyevik pechi (34) orqali tutashtiriladi. Nasos (37) bilan fraksiya 85 - 180°С da kolonnaning (38) pastki qismidan olinadi va kolonnaga (52) beriladi, u yerda fraksiyalarga 85 - 120°Сda (yuqori mahsulot), 120 - 140 °Сda (oraliq fraksiyalarga) va 140 - 180°С da (pastki mahsulotga) mahsulotlarga ajratiladi. Kolonnaning (52) yon pog’onadan bug’lantirish kolonnasiga (57) yo’naltiriladi, pastki qismidan 120 - 140°С da nasos bilan (60) olinadi, havoli sovutish apparati orqali (62) haydaladi va qurilmadan chiqariladi hamda rezervuarga beriladi. Issiqlik kolonnaning (52) pastki qismidan qoldiq sirkulyatsiya bilan (fraksiyaning harorati – 140 - 180°С) nasos bilan (44) zmeyevik pechi (34) orqali haydaladi. Xulosa. Sanoat ishlab-chiqarish joylarida neftni yig’ish hamda uni tashish bo’yicha neftdan gazni hamda suvni ajratish bo’yicha turli xilga oid sharoitli sxemalar mavjud. Dastlabki o’zida oqib yuradigan tizimda belgilangan sathidan o’lchov qurilmasida quduqdan keladigan neft mahsulotining sathi oshishi hisobiga neft harakat qiladi. Qazib olinadigan neft bilan birgalikda yo’ldosh gaz, qum, illar, tuzlarning kristallari va suv - xlorid eritmalariga to’yingan holda chiqadi. Yo’ldosh va neftda erigan gazlar konda ko’taruvchi-gaz ajratish tizimlarida quduqdagi bosimni ketma-ket atmosfera bosimigacha pasaytirish orqali ajratiladi. Ajratgichning yuqori qismidan chiqqan gaz oraliqda o’rnatilgan qabul qilgichlarda kondensatdan ajratiladi va gaz-benzin zavodlarga yo’naltiriladi yoki qatlam bosimini saqlab turish uchun quduqlarga qaytadan haydaladi. Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va foydalaniladi. Neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilmadan foydalaniladi, ikki kolonnali qurilma yordamida birinchi kolonnada neft barqarorlashtiriladi, ikkinchi kolonnada esa gazli benzin barqarorlashtiriladi. Neftni birlamchi haydash jarayonida fraksiyalarni va neft mahsulotlarining keng assortimenti olinadi, ular qaynash chegaralari bilan hamda uglevodorod va kimyoviy tarkibi, qovushqoqligi, alangalanish harorati, qotishi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Gidrotozalashdan maqsad yog’ning rangini yaxshilash va barqororligini kuchaytirish, ularni qovushqoqlik–harorat xossalarini oshirish, kokslanish va oltingugurtning tarkibini pasaytirish hisoblanadi. Har bir zavod yuqorida nomlari keltirilgan mahsulotlarni ishlab beraolmaydi. Neftni qayta ishlaydigan zavodlarga zamonaviy qurilmalar va katta unumdorlikda ishlab chiqarish jihozlar loyihalanadi, shuning uchun ular tejamkor bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar www.Wikipedia.org www.google.com Богомолов А.И. и др. Химия нефти и газа / Под ред. В. А. Проскурякова – СПб.: Химия, 2015 - 446 с. Справочник нефтепереработчика / Под ред. Г.А. Ластовкина, Е.Д. Радченко, М.Г. Рудина - СПб.: Химия, 2016 - 648 с. Download 33.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling