Benzin maxsulotlarini qayta ishlash


Benzin distillyatlarini ikkilamchi haydash qurilmasi


Download 33.39 Kb.
bet2/3
Sana22.11.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1793695
1   2   3
Bog'liq
Benzin maxsulotlarini qayta ishlash

. Benzin distillyatlarini ikkilamchi haydash qurilmasi


Benzin distillyatini ikkilamchi haydash mustaqil jarayon yoki neftni qayta ishlash zavodining tarkibiga kiruvchi kombinatsiyali qurilmaning tarkibiga kiruvchi jarayondir. Zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida benzin distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasi undan noyob fraksiyalarini olish uchun mo’ljallangandir. Bu fraksiyadan keyinchalik katalitik riforming uchun xomashyo olish jarayonida foydalaniladi. Natijada individual aromatik uglevodorodlar olinadi-benzol, toluol, ksilol, yoki oktan soni yuqori bo’lgan benzin olinadi. Aromatik uglevodorodlar olishda dastlabki benzin distillyati haroratli qizdirib fraksiyalarga ajratiladi: 62 - 85°С (benzol), 85 - 115 (120)°С (toluol) va 115 (120) - 140 °С (ksilol).
Neftni ikkilamchi haydashni amaldagi qurilmasini texnologik sxemasi 2.17-rasmda keltirilgan. Benzin distillyatining keng fraksiyali tarkibini boshlang’ich qaynash harorati 180°С gacha nasos yordamida (37) issiqlik almashtirgich (22, 31 va 34) lar orqali haydaladi va zmeyevikning birinchi pechiga (4) beriladi, keyin esa rektifikatsiya kolonnasiga (3) uzatiladi. ―Bu kolonnaning bosh mahsuloti ‖- fraksiyani qaynashini boshlanishi (q.b.) - 85°Сda havoli sovutish apparati (5) va sovutgich (6) orqali o’tadi va qabul qilgichga (7) to’planadi. Kondensatning bir qismi nasos (8) yordamida kolonnaning (3) yuqorisiga sug’orish uchun beriladi, qolgan miqdori esa – kolonnaga (9) beriladi. Kolonnani (3) pastki qismini issiqlik bilan ta‘minlashni amalga oshirish flegmani sirkulyatsiyasini nasos (2) yordamida (fraksiyaning harorati 85 - 180°С) zmeyevik pechi (4) va kolonnaning pastki qismiga beriladi. Kolonnaning (3) pastki qismidagi qoldiq nasos yordamida (1) kolonnaga (20) yo’naltiriladi.
Kolonnaning yuqori qismidan (9) bosh fraksiyadan ajralib chiqadigan (q.b. - 62°С) bug’lar havoli sovutish (10) apparatida kondensatsiyalanadi; suvli sovutgichda sovutilgan (11) kondensat qabul qilgichda (12) yig’iladi. Bu yerdan kondensat nasos (13) yordamida rezervuarga yo’naltiriladi, uning bir qismi kolonnani (9) sug’orish uchun beriladi. Qoldiq mahsulot - fraksiya 62 - 850Сda - kolonnadan pastga (9) chiqariladi va nasos (16) yordamida issiqlik almashtirgich
(28) va sovutgichlar (29 va 30) orqali rezervuarga yo’naltiriladi. Kolonnaning (20) yuqori qismidagi mahsuloti sifatida fraksiya 85 - 120°Сda olinadi, apparatlardan (21 va 22) o’tadi va qabul qilgichga (23) to’planadi.
Kondensatning bir qismi sug’orish sifatida kolonnaning yuqori qismiga (20) qaytariladi, uning balans miqdori esa nasos (24) yordamida qurilmadan rezervuarga beriladi.
Fraksiya 120 - 140°С da tashqi bug’lantirish kolonnasidan (25) pastki qismidan nasos (27) yordamida olinadi. Bu fraksiya issiqlik almashtirgichda
(31) va apparatlarda (32 va 33) sovitilgandan keyin rezervuarda to’planadi.
Kolonnaning (20) pastki qismidagi - fraksiya 140 - 180°С da nasos yordamida (17) issiqlik almashtirgich (34) va apparatlar (35 va 36) orqali rezervuarga yo’naltiriladi.
Qurilmaning potensial balansi benzin distillyatidagi nayob fraksiyalarni potensial tarkibiga bog’liq hamda rektifikatsiyaning aniqligiga.
Rektifikatsiya kolonnasining (9 va 20) quvish seksiyasining ishi uchun kerakli issiqlik to’g’ridan – to’g’ri qaynatgichdan (14 va 19) ulanadi. Tashqi bug’lantirish seksiyasiga (25) qaynatgich (26) xizmat qiladi. Qaynatgichlarga (14 va 19) mos ravishda retsirkulyantlar nasoslar (15 va 18) yordamida beriladi.
Qaynatgich uchun issiqlik tashuvchi suv bug’lari hisoblanadi.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling