Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi


Download 26.29 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1304008
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kazakov D


BERDAQ NOMIDAGI QORAALPOQ DAVLAT UNVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX YO’NALISHI
3-kurs 3”B”guruh talabasi
Kazakov Davron
Fan nomi:Jahon tarix

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Lotin Amerikasi davlatlarining milliy ozodlik harakatlari.


Bajardi:Kazakov D


Qabul qildi:Sherniyazov R

Kirish.
Asosiy qism:


1.Lotin Amerikasi davlatlari tarixi.
2.Lotin Amerikasi davlatlari mustamlakaga aylantirilishi.
3.Lotin Amerikasi davlatlarida milliy ozodlik harakatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Lotin Amerikasi shimolda Meksika chegaralaridan boshlanib, janubda Olovli yergacha cho'zilgan. Faqat torgina Dreyk bo'g'ozi LotinAmerikasini Antarktidadan ajratib turadi. Qit'a hududining katta qismi abadiy yashil o'rmonlar, dunyodagi eng yirik qalin savannalardan iborat. O'rmonlarda texnika va tibbiyot uchun ahamiyati beqiyos bo'lgan qimmatbaho daraxt turlari, rezina ishlab chiqarishda bebaho xom ashyo sanal-gan kauchuk olinuvchi daraxtlar ko'plab o'sadi.Lotin Amerikasi zamini foydali qazilmalar — temir rudasi, mis, molibden, xrom, tabiiy gaz, uran rudasi, mar-ganets, nikel, kobalt, volfram, qo'rg'oshin, rux, qalayi, surma, fosfatlar va boshqa qazilmalarga juda boy. Tabiiy boyliklarining hajmi va xilma-xilligi jihatidan hech bir qit'a Lotin Amerikasiga tenglasha olmaydi.Lotin Amerikasi bu yerda o'z rivojlanayotgan sanoati uchun xom ashyo olishni va ulkan mol o'tkazish bozoriga ega bo'Iishni ko'zlagan AQShning va Yevropadagi yirik davlatlarning e'tiborini ko'pdan o'ziga tortib keladi.


XIX va XX asr chegarasida ular Lotin Amerikasida keng ekspan-siyani avj oldirdilar. 1903-yilda AQSh Panama kanali hududini «abadiy» foydalanish uchun sotib olib, muhim strategik mavqeni qo'Iga kiritdi.AQSh agrar munosabatlarning sodda shakllarini saqlab qolishga, Lotin Amerikasi mamlakatlarini o'zining agrar-xom ashyo «dumi»ga aylantirish maqsadida uni iqtisodiy ixtisoslashtirishni kuchaytirishga urindi. Argentina va Urugvay -- bug'doy, go'sht, jun, Braziliya - qahva va kauchukni yirik miqdorda yetishtiruvchi, Boliviya — qalayi, Chili — mis va selitra, Meksika va Venesuela - neft yetkazib beruvchi davlatlarga aylandi. Asosan AQShga meva yetkazib berish bilan shug'ullangan Markaziy Amerika mamlakatlari «bananli respublikalar» nomini oldi.Bu yerda Nikaragua, Paragvay, Salvador, Panama va Kosta-Rikada yuksak mavqega ega bo'lgan AQShning yirik «Yunayted frut kompani» kompaniyasi xo'jayinlik qildi.

Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling