Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi
Download 26.29 Kb.
|
Kazakov D
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1938-yil 21-iyulda
- Foydalanilgan adabiyotlar
Boliviya va Paragvay. 1932-yili Boliviya va Paragvay o'rtasida 20-yillarda boy neft konlari ochilgan Chako-Boreal viloyati orqasidan nizo chiqdi. 1927—1928-yillardayoq Boliviya-Paragvay chegarasida qurolli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan edi, 1932-yilda ular chinakam urushga aylandi. Paragvay qo'shini bahsli hududga bostirib kirdi va uning katta qismini egallab oldi. Urush ikkala tomonga ham qim-matga tushdi. 250 ming kishi halok bo'ldi va yaralandi. Urush natijasida ikkala davlatning ham iqtisodiyoti katta zarar ko'rdi. 1935-yil iyunida harbiy harakatlar to'xtatildi. 1938-yil 21-iyulda esa sulh bitimi imzolanib, unga muvofiq hududning katta qismi AQShning yirik «Standart oyl kompaniyasi» tresti qo'liga o'tdi.
Lotin Amerikasida Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan.Lotin Amerikasi aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. .Lotin Amerikasi mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularningavlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. Lotin Amerikasi axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi ".Lotin Amerikasi " deb ataladi. Xulosa Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar.Lotin Amerikasi aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. XV asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan .Lotin Amerikasining bosib olinishini boshlab berdi. XIX asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi. Lotin Amerikasining 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. .Lotin Amerikasi. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari.Lotin Amerikasida qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Erdashev Sh. “Jahon tarixi” Toshkent.2013-yil. 2. Sarimsoqov A. Dehqonov N. ” Jahon tarixi” Toshkent 2021-yil. 3.Qosimov E. “Jahon tarixi” Darslik. Toshkent. 2013-yil. Internet sahifalari: www.wkipediya.uz www.google.uz www.ziyonet.uz Download 26.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling