Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi


Lotin Amerikasi davlatlari mustamlakaga aylantirilishi


Download 26.29 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1304008
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kazakov D

2.Lotin Amerikasi davlatlari mustamlakaga aylantirilishi.
Gitler Germaniyasi rahbariyatining diqqat markazida Janubiy Amerikadagi eng yirik davlatlar hisoblangan Argentina va Braziliya turdi. Bu mamlakatlarda qo'shin boshliqlari fashizm andozasidagi harbiy diktatura o'rnati-lishini orzu qilardi. Ofitserlar korpusi nemis harbiy instruk-torlari tomonidan o'qitilgan bo'lib, qo'shin ham fashistlar qo'shini namunasi bo'yicha tuzilgandi. Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Janubiy Amerikadagi tayanchi bo'lishi lozim edi. Gitlerchilarga Italiya fashistlari ham ko'maklashib, Braziliya, Chili va Argentinada o'z tayanch punktlarini barpo etdilar. Bu yerda tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyatni egallash uchun qurolli chiqishlarni tayyorladilar.
Biroq, fashistlarning Janubiy Amerikada hokimiyatni egallash borasidagi rejasi chippakka chiqdi. Germaniya va Italiya bu yerdan o'zlarining G'arbiy Yevropadagi raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy jihatdan zaiflik qildilar. Iqtisodiyotda yetakchi marralarni egallashga bo'lgan uri-nishlar bir nechta firma tashkil qilisli va savdoni birmuncha kengaytirish bilan yakunlandi.Ijtimoiy-siyosiy hayotda fashistlarning hokimiyatni egallashga bo'lgan urinishi liberal-demokratik kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli demokratik harakati qarshiligiga uchradi. Meksikada L. Kardenas (1934— 1940) demokratik hukumati, Xalq fronti harakatiga tayanib, 1938-yilda general Sediloning fashistlar ko'magida harbiy to'ntarish uyushtirishga bo'lgan urinishini chippakka chiqardi. Bu Lotin Amerikasi qit'asida fashizmga qarshi kurashda keskin burilish yasadi. Fashistlar hokimiyatni Ispaniyadagi kabi egallashni uddalay olmadilar. Meksikadan Kolumbiya, Kuba va Chili ibrat oldi.
Ayniqsa, Chilida ro'y bergan o'zgarishlar katta ahamiyatga egadir. Bu yerda demokratik tashkilotlarning keng ommasi ko'magida
hukumat tepasiga demokratik kuchlar vakili senator Salvador Alyende boshchiligidagi Xalq front! keldi.Lotin Amerikasi xalqlari qit'aga fashizmni kiritmadilar. Bu Ikkinchi jahon urushidagi kuchlar nisbatida katta o'rin tutdi. Biroq, fashizmga tarafdor kuchlar to'liq tor-mor etil-madi va ular Ikkinchi jahon urushi yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining antifashistlarning demokratik ittifoqi tomonida urushga qo'shilishlariga faol to'sqinlik qildilar. AQSh qo'shini tarkibiga harbiy-havo kuchlari eskadrilyasi-ni Filippinga jo'natgan Meksika hamda 5 ming kishilik (ittifoqchilar qo'shini tarkibiga kirgan) ekspeditsiya kor-pusini Italiyaga yuborgan Braziliyadan tashqari, Lotin Amerikasi mamlakatlari urushda bevosita ishtirok etmadi. Braziliya.1922-yilda Braziliyada prezi-dent Bernardisning ochiq-oydin terroristik diktaturasi o'raatildi. Demokratik erkinlik-lar chegaralandi, mehnatkashlarning namoyishlari ayovsiz ta'qib ostiga olindi. 1930-yilda davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga yirik chorvador boy Vargas keldi. U konstitutsiyani bekor qilib, parlamentni tarqatib yubordi va inqilobiy harakatni yanada shafqatsizlik bilan bostirishga kirishdi. Kasaba uyushmalarining siyosiy faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlab qo'yildi. Vargasning tuzumi 1945-yilgacha saqlanib qoldi.
Kuba. Kuba XX asr boshidan AQShning ulkan shakarqamish plantatsiyasiga aylantirildi. 1924-yilda AQShning moliya sarmoyasi yordamida Kubada hokimiyatni AQShdagi «Kloben elektrik kompani» kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Xerardo Machado qo'lga kiritdi. U shafqatsiz terroristik tartib o'rnatdi. Machadoning tuzumi yordamida AQSh sarmoyasi Kubaning jami iqtisodiyotini o'ziga to'la bo'ysundirdi. Shakar va tamaki sanoatidan tashqari, AQSh tog'-kon sanoati, energetika sohasi, qayta ishlash sanoati, transport va jami shahar xo'jaligini qo'lga kiritdi. AQShning qo'llab-quwatlashiga tayangan Machado har qanday mu-xolifatni yo'q qilish uchun kurashdi. Ishchilar harakati, dehqonlar, kasaba uyushmalari va talabalarning tashkilotlari qatag'on qilindi. Machado hukmronligi yillari uning dikta-turasiga qarshi borgan 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Machado ba'zan shaxsan o'zi mahbuslarni akulalarning komiga itqitardi. 1928-yilda u o'zining prezidentlik lavo-zimiga kelgusi muddatga saylanishini uyushtirdi. Bunga javoban Kubada AQShning ochiq-oydin malayi bo'lgan xalqqa qarshi diktaturani ag'darib tashlash uchun kuchli harakat boshlandi. 1933-yiI 12-avgustda Machado Kubadan qochdi.


Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling