Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti
Sfagnumkabilar kichik ajdodi – Sphagnidae
Download 1.62 Mb.
|
Aybek Abdiganiyev (1)
Sfagnumkabilar kichik ajdodi – Sphagnidae
Bu ajdodchaga bittadan qabila (Sphagnales), oila (Sphagnaceae), turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq turlar kiradi. Keng tarqalgan turlariga S.cuspidatum, S. acutifolium, S. squarrosum kabilarni kiritish mumkin. Sfagnumlar ba‗zan torf yo‘sinlari va oq yo‘sin deb ham yuritiladi. Ular ko‘p yillik o‘t o‘simlik Bo‘lib, faqat sporadan o‘sib chiqqan protonemada rizoidlar bo‘ladi. Tanasi yumshoq, oqimtir yashil, qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish rangga ega. Poyasi shoxlangan. Tepa shoxlari poyasining uchida zich bo‘lib, undan pastki shoxi esa bosh poyaga nisbatan ko‘pincha gorizontal holda va poyaning pastki qismidagi shoxlari pastga qarab osilgan holda joylashgan. Poyasi uch qavatdan: tashqi gialoderma, undan so‘ng skleroderma va markaziy qismi o‘zakdan iborat. Sfagnumlarning poyasidagi barglari novdalaridagidan farq qiladi. Poyasidagi barglar siyrak, yirik novdadagi barglari esa zich joylashgan. Barglari yupqa, tomirsiz, ikki xil: uzunchoq, tirik, xlorofilli assimilyatsion hujayralardan va rangsiz, o‘lik, spiralsimon yoki halqasimon qalinlashgan suv g‘amlovchi– gialodermaga o‘xshash ya‗ni gialinhujayralardan iborat. Bu hujayralar quriganda ichiga havo to‘ladi va quqruq sphagnum oq tusga kiradi. Sfagnumlarning vegetativ organlari o‘z og‘irligiga nisbatan 30 barobardan ziyodroq suvni to‘plash imkoniyatiga ega. Sfagnumlarning vegetativ ko‘payishi novdalarining ajralishi tufayli, ba‗zan esa poyasi yordamida amalga oshadi. Sfagnumlar bir yoki ikki uyli o‘simlik. Bir uyli vakillarida arxegoniy va anteridiylar tupning turli shoxchalarida joylashgan. Anteridiylar spiralsimon shaklga ega bo‘lib, tepa shoxlarining qoplagich barglari Qo‘ltig‘ida bittadan joylashgan. Arxegoniylar esa qisqargan tepa shoxlarning uchki qismida 1-5 tadan o‘rmashgan bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonidan keyin zigota hosil bo‘lib, unda sporogon taraqqiy etadi. Sporogonning uchki qismida qopqoqchasi bor, ostki qismi soxta peristom tishli. Ko‘sakchaning ichida sporangiy taqasimon sharoitda plastinkasimon protonema, undan esa yangi sfagnum taraqqiy etadi. Sfagnumlar ko‘proq shimoliy hududlarda, ayniqsa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy tumanlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, torfzorlar hosil qiladi. Bir metr qalinlikdagi torf qariyb 1000 yil mobaynida hosil bo‘ladi. Torf xalq Xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Torfda kul moddasi kam, lekin uglerodga boy bo‘ladi. Boshqa o‘simliklarning quruq vazni tarkibida 45 % uglerod bo‘lsa, torfda 60 % gacha uglerod bo‘ladi. Shuning uchun u eng yaxshi yoqilg‘i hisoblanadi. Torfni quruq haydash yo‘li bilan mum, parafin, fenol, karbon kislota, saxarin va spirt olinadi. Torf qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘it sifatida, torf chirindili tuvakchalar tayyorlashda, ekinlarni mulchalashda, sabzavot va mevalarni O‘rab qo‘yib saqlashda ishlatiladi. Torfdan karton va qog‘oz tayyorlash mumkin. Torf shifobaxsh xususiyatga ham ega. 2.2-rasm. Sfagnumning hayot sikli A-sporogon; B-gametofit; M-meyoz; a-protonema; b-gametofit poyaning bir qismi; d-sporogonli gametofit; e-sporogon; 1-ochilgan anteridiy; 2-spermatozoid; 3-arxegoniy; 4-oyoqcha; 5-kolonka (ustun); 6-sporangiy; 7-sporogen to‘qima; 8-soxta oyoqcha; 9-o‘zak; 10-skleroderma; 11-gialoderma; 12-xlorofill to‘qima; 13-gialin hujayrala S. fimbriatum biroz xususiyatsiz ko'rinishi mumkin bo'lsa-da, u mikroskopsiz ishonchli tarzda aniqlanishi mumkin bo'lgan Sphagnum turlaridan biridir. Masala ikkita muhim xususiyatni izlashdir - (1) shoxlar ustida joylashgan katta kurtak bilan qoplangan yulduzsimon kapitulum va (2) bo'yidan kengroq va uchi bo'ylab o‘tgan va eng yuqori barg chetlarida ham yirtilgan fimbriat poya barglari. 2.3-rasm. Sphagnum fimbriatum Ko'zga ko'ringan poya va keng, yaxshi ko‘rinadigan poya barglarining kombinatsiyasi faqat Britaniyaning shimoliy va g'arbiy qismida keng tarqalgan Sphagnum girgensohnii bundan mustasno, boshqa barcha yashil turlarni istisno qiladi. Ushbu turning poya barglarini tekshirish ularning kengligidan balandroq va faqat barg cho'qqisida yirtilganligini ko'rsatadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling