Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


Yashil yo’sinkabilar kichik ajdodi (Briumkabilar) – Bryidae


Download 1.62 Mb.
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1635949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aybek Abdiganiyev (1)

Yashil yo’sinkabilar kichik ajdodi (Briumkabilar) – Bryidae Mazkur kichik ajdod 13 ta qabila, 85 ta oila, 700 dan ortiq turkum va
14 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘p yillik yoki bir yillik o‘simlik bo‘lib, kattaligi 1 mm dan to 50 sm gacha, goho undan balandroq bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pchiligi yashil rangli. Bu ajdodcha vakillari yakka holda yoki to‘p bo‘lib chim hosil qilib o‘sadi. Ular tuproqda, daraxtlarning tanalari, shoxlarning po‘stloqlari orasida, tog‘ jinslarida rivojlanadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to‘qimalari birmuncha shakllangan bo‘lsada, haqiqiy floema, ksilema elementlari taraqqiy ctmagan. Barglari turli shakllarda va tomirli yoki tomirsiz. Sporogonlari o‘simlikning uchki yoki yon tomonida taraqqiy etadi, bandli. Ko‘sakchasi pristom tishli, qopqoqchali, ochiladigan yoki ayrimlarida kleystokarp, ya‗ni ochilmaydigan. Sporalari yumaloq, bir yoki ko‘p hujayrali bo‘lib, diametri 5 dan 200 mikrongacha. Sporasi qulay sharoitda o‘sadi va undan ipsimon protonema taraqqiy etadi. Ajdodcha vakillari juda sershox, yaxshi taraqqiy etgan ipsimon protonemaga ega bo‘lishi bilan sfagnumkabilar va andreyakabilardan farq qiladi. Ajdodcha vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. Arktikadan to Antarktidagacha bo‘lgan joylarda xilma-xil turlari o‘sadi. O‘rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya (Funaria) turkumining turlari va erta bahorda cho‘lda, qumlarda tortula (Tortula) turkumi turlari, tog‘larda esa kakku zig‘iri (Polytrichum) turkumining ayrim turlari o‘sadi.Funariya (Funaria) turkumi 200 turni o‘z ichiga oladi. Nam o‘lchagich funariya (F. hygrometrica) turi keng tarqalgan (151-rasm). Uni ariq va buloq Bo‘ylarida, eski devorlarlarda, tarnov ostida va shaharning soyali nam joylarida uchratish mumkin. Uning bargi poyasiga zich o‘rnashgan bo‘lib, bo‘yi 1-3 sm keladi. Poyasi och-yashil rangli bo‘lib,yashil gilamlar hosil qiladi. Poyaning yer ostki qismida rizoidlar ko‘p bo‘ladi. Funariyaning ichki tuzilishida poya markazida O‘tkazuvchi boylamlar, po‘stloq ho‘jayralari va tashqi tomondan epiderma bilan qoplangan. Bargi bir qavat hujayralardan iborat.
Nam o‘lchagich funariya ikki uyli bir jinsli o‘simlik. Jinsiy a‗zolar–arxegoniy va anteridiylar to‘plamlari poyasining uchida barglar orasida joylashadi. Anteridiyda urug‘ hujayralar-spermatozoidlar hosil bo‘lib, urug‘lanish sodir bo‘lishi uchun albatta suvli muhit bo‘lishi shart. Urug‘lanish natijasida zigota hosil bo‘ladi, zigotaning bo‘lina boshlashi bilan sporofit nasl rivojlanadi. Sporogon va unda sporalar etishadi. Sporagon band va Ko‘sakchadan iborat. Ko‘sakchada ikki qavatli peristom-ichki va tashqi bo‘lib, u ikki qator tishchali bo‘ladi. Unda elatera ipchalari bo‘lmaydi. Spora tukilib nam muhitga tushgandan so‘ng protonema va undagi kurtakdan gametofit rivojlanadi.

2.4-rasm. Nam o‘lchagich funariya (F. hygrometrica)

A-sporogonli urgochi gametofit; B-poyaning ko‘ndalang kesmasi; D-bargning ko‘ndalang kesmasi; E-parafiza; F-peristom; I-urg‗ochilik gametofitining uchki qismining bo‘ylama kesmasi; Z- erkaklik gametofitining uchki qismining bo‘ylama kesmasi; J-ko‘sakning bo‘ylama kesmasi; 1-bo‘yincha; 2-urna devori; 3-sporangiy; 4-kolonka; 5-peristom; 6-qopqoqcha.
Oddiy kakku zig‘iri - Polytrichum commune kakku zig‘irnamolar -

Polytrichales qabilasining kakku zig‘irdoshlar - Polytrichaceae oilasiga mansub. Kakku zig‘iri turkumiga 100 ga yaqin tur kiradi. Oddiy kakku zig‘iri 30-40 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi tikka o‘suvchi, shoxlanmagan, oddiy qalami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o‘rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo‘ng‘ir rangli. Poyaning ichki markazida konsentrik o‘tkazuvchi boylamlar, uning atrofi parenxima hujayralari bilan o‘ralgan, parenxima esa mexanik to‘qima vazifasini bajaruvchi-skleroderma(po‘stloq) qavati va tashqi tomondan rangsiz hujayralar-gialoderma qavati bilan qoplangan. Poyasining asosida ko‘p hujayrali, qo‘ng‘ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan. Kakku zig‘iri 2 uyli o‘simlik. Bu qsimlikda anteridiyva arxegoniylar poyasining uchida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan.
Anteridiy uzunchoq shaklda bo‘lib, qisqa bandda o‘rnashgan. Anteridiydagi har bir spermogon hujayralaridan bittadan 2 xivchinli spermatozoid hosil bo‘ladi. Spermatozoidlar namlik yordamida harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo‘pshlgandan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Dastlab sporogon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning banda uzayib ko‘sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. . Etilgan sporogon ikki qismdan, band va ko‘sakchadan iborat. Ko‘sakchaning ustki qismida qalpoqchasi va ichida urna (kamera) bor. Urna tepasida sporalarni sochishga moslashgan tishchali peristom joylashgan. Ko‘sakchaning tashqi devori yashil bo‘lib xlorofill donachalariga ega. Etilgan sporadan qulay sharoitda protonema, protonema kurtaklaridan esa kakku zig‘iri o‘sadi.


2.5-rasm. Kakku zig‘iri.
2.4 . Antotserotsimon Yo’sinlar - Anthocerotopsida Ajdod vakillari Yer kurrasining tropik qismida va mo'4adil iqlimli mintaqalarda
keng tarqalgan, 300 ga yaqin tur kiradi. Ajdod vakillarining tanasi yassi va tasmasimon, balandligi 2-3 sm. Ayrim turlarida sporogonining uzunligi 13 sm gacha yetadi. Tanasi sodda tuzilishga ega bo'lib, bir necha qavat yupqa hujayralardan tashqil topgan bo'lib, ostki tomonida rizoidlari joylashgan.
Ajdod vakillarining ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz уо'llаr bilan boradi. Ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar mavjud bo‘lib, ular yordamida vegetativ ko'payadi. Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo'Iib joylashgan. Yetilgan anteridiydan spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi, undan tuxum hujayrasi otalanishidan so'ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema o sadi, undan esa yangi yosh gametofit shakllanadi.
Yo‘sintoifa o‘simliklarning xojalikdagi ahamiyati. Yo‘sinlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lsa ham xo‘jalik nuqtai-nazaridan malum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yosinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o‘suvchi kakku zig‘iri bug‘ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o‘sadigan sfagnumlardan esa torf hosil boladi. 1 metr torf hosil bolishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo‘sinlaridan yoqilgi sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling