Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


Download 1.62 Mb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1635949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aybek Abdiganiyev (1)

Mavzuning dolzarbligi

Yo‘sintifa o‘simliklarni yuksak o‘simliklar orasida yopiq urug‘li o‘simliklardan keyin tur soni jihatdan ikkinchi o‘rinda turishini inobatga olib ularni tabiatimizga ahamiyatini o‘rganib amaliyotga tadbiq qilish, ulardan dorivor vakillarini ko‘paytirish va ulardan foydalanish, hamda bu o‘simliklarni ba‘zi vakillari begona o‘t sifatida katta maydonlarda boshqa o‘simliklarni o‘sishiga imkon bermasdan zarar keltirishini ham inobatga olib ularni chuquroq o‘rganishimiz zarur.
Kurs ishining maqsadi.
Bu kurs ishini tayyorlashdan asosiy maqsad yo‘sintoifa o‘simliklar haqida o‘rganish va ularni hayotimizdagi o‘rni haqida malumotlarga ega bo‘lish. Kurs ishining vazifalari.

Quyidagilar kurs ishining vazifalari:

1. Yo‘sintoifa o‘simliklarni klassifikatsiyasini tanishish.


2. Yo‘sintoifa o‘simliklarni tarqalish joylari va o‘sish muhti haqida tanishish. 3.Bu o‘simliklarni kelib chiqish tarixi va foydali ahamiyatlari haqida ham tanishish.
Kurs ishining hajmi.

Kurs ishi 24 bet, Times New Romanda 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo‘lib, 4 bobdan iborat Kirish, Adabiyotlar tahlili, Asosiy qism va Xulosalardan iborat. Mazkur ishda 5ta rasm bor.

I BOB. Adabiyotlar tahlili

Yuksak sporali o‘simliklar paleozoy erasi silur davrining o‘rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan. Hozirdagi kabi va ko‘p yillar oldin ham o‘simliklarni yashashi uchun quruqlik muhiti suv sharoitidan keskin farq qilgan. Quruqlikda o‘simliklar bir vaqtning o‘zida ikkita havo va tuproq muhitida yashaydi. Havo muhiti suvga nisbatan kislorod miqdoriga boy, tuproq esa mineral oziqlanish va suv bilan ta‗minlash sharoiti bo‘lib xarakterlanadi. Shuning uchun ham, o‘simliklar ajdodlarining yashash uchun yangi sharoitga o‘tishida bir qator moslanishlar ya‗ni, oziq moddalarni tashish va suv ta‗minoti, qurib qolishdan himoyalovchi va jinsiy jarayonni ta‗minlash uchun maxsus moslanishlar yuzaga kelgan. Bu esa, ularda sporofit va gametofitlar farqlari orta borgan. Ko‘p hujayrali jinsiy organlar paydo bo‘lgan, steril hujayralar qavatlari bilan himoyalangan,sporofitda to‘qima va organlar rivojlangan.O‘simliklarni suvdan quruqlikka chiqishi ehtimol, ularni zamburug‘lar bilan simbioz holatiga ham olib kelgan [1].
Yo‘sintoifalar bu dunyoning yopiq urug‘lilardan keyin tur soni eng ko‘p bo‘lgan ikkinchi bo‘limi. Yo‘sintoifalar eng qadimgi yuksak o‘simliklar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo‘yidan ularning sporalari topilgan. Mezozoy va kaynazoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko‘p topilgan. Ba‗zi bir adabiyotlarda suvo‘tlaridan kelib chiqqan degan fikrlar
bayon etilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo‘sinsimonlarning kelib chiqishi haqidagi ko‘pchilik olimlarning fikrini o‘zgartirib yubordi. Keyingi fikrlarga ko‘ra, yo‘sinsimonlar riniyafitlar, ya‗ni ularda sporofitning reduksiyalanishi va gametofitning progressiv taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan [8].
Yo‘sintoifalar yuksak o‘simliklarning gametofit ustun bo‘lgan va sporofit nasl esa regressiyaga uchragan alohida guruhi hisoblanadi. Ularning qazilma shakllari devon davrining boshlariga borib taqaladi. Bu bo‘limga 20 – 30 mingga yaqin turlar kiradi, ya‗ni tur soni jihatidan yuksak o‘simliklar orasida gulli
o‘simliklardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ular nam muhitni yoqtiruvchi, sodda tuzilishga ega ko‘p yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, suvo‘tlarga ancha yaqin turadi. Turlarning tana o‘lchami 1 mm dan 60 sm gacha yetadi [1].
Yo‘sintoifa o‘simliklar bo‘limi 3 ta ajdodga (sinfga) bo‘linadi: 1. Jigarsimon yo‘sinlar - Marchantiopsida 2. Antotserotsimon Yo‘sinlar - Anthocerotopsida 3. Poyabargli yo‘sinlar - Bryopsida [9].
Jigarsimon yo‘sinlar gametofitining xilma-xil bo‘lòishi va sporofitining deyarli o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan. Asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon Yo‘sinlar ajdodining vakillari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra jigarsimon moxlar ajdodi 2 ta kichik ajdodga bo‘linadi: Marshansiyakabilar - Marshantiidae va
Yungermanniyakabilar -Jungermanniidae [6].

Poyabargli yo‘sinsimonlar ajdodi, yo‘sinlar ichida muhim o‘rin tutadi va 700 turkum 20000 ga yaqin turlar kiradi. Ular Yer shari o‘simliklar qoplamida katta fitosenotik rol o‘ynaydi. Ularni Arktika, tundra va o‘rmon zonasida, daraxtlarga yopishgan epifit holda, botqoqliklarda, chuchuk suvlarda, vohalarda, ayrim vakillarini esa O‘rta Osiyoning qumloq cho‘llarida uchratish mumkin. Umuman olganda, bu ajdod vakillari Shimoliy va Janubiy yarim sharda keng tarqalgan bo‘lib, turli noqulay sharoitlarga juda chidamli. Shuning uchun ham Yer sharidagi o‘simliklar qoplamida ular katta rol o‘ynaydi[1].
Poyabargli yo‘sinsimonlar ajdodi 3 ta kichik ajdod (ajdodcha)ga bo‘linadi: 1. Sfagnumkabilar - Sphagnidae 2. Andreyakabilar - Andraeidae 3. Yashil Yo‘sinkabilar (Briumkabilar) – Bryidae[8].
Sfagnumkabilar kichik ajdodchaga bittadan qabila (Sphagnales), oila (Sphagnaceae), turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq turlar kiradi. Keng tarqalgan turlariga S.cuspidatum, S. acutifolium, S. squarrosum kabilarni kiritish mumkin. Sfagnumlar ba‗zan torf yo‘sinlari va oq yo‘sin deb ham yuritiladi. Ular ko‘p yillik o‘t o‘simlik Bo‘lib, faqat sporadan o‘sib chiqqan protonemada
rizoidlar bo‘ladi. Tanasi yumshoq, oqimtir yashil, qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish

rangga ega

Yashil yo‘sinkabilar kichik ajdodi 13 ta qabila, 85 ta oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular ko‘p yillik yoki bir yillik o‘simlik bo‘lib, kattaligi 1 mm dan to 50 sm gacha, goho undan balandroq bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pchiligi yashil rangli. Bu ajdodcha vakillari yakka holda yoki to‘p bo‘lib chim hosil qilib o‘sadi. Ular tuproqda, daraxtlarning tanalari, shoxlarning po‘stloqlari orasida, tog‘ jinslarida rivojlanadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to‘qimalari birmuncha shakllangan bo‘lsada, haqiqiy floema, ksilema elementlari taraqqiy ctmagan. Barglari turli shakllarda va tomirli yoki tomirsiz. Sporogonlari o‘simlikning uchki yoki yon tomonida taraqqiy etadi, bandli [1].
Antotserotsimon Yo‘sinlar - Anthocerotopsida. Ajdod vakillari Yer kurrasining tropik qismida va mo'4adil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan, 300 ga yaqin tur kiradi.Ajdod vakillarining tanasi yassi va tasmasimon, balandligi 2-3 sm. Ayrim turlarida sporogonining uzunligi 13 sm gacha yetadi. Tanasi sodda tuzilishga ega bo'lib, bir necha qavat yupqa hujayralardan tashqil topgan bo'lib, ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Ajdod vakillarining ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz уо'llаr bilan boradi. Ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar mavjud bo‘lib, ular yordamida vegetativ ko'payadi. Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo'Iib joylashgan. Yetilgan anteridiydan spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar
gametofitning yon tomonlarida joylashadi, undan


tuxum hujayrasi otalanishidan so'ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema o‘sadi, undan esa yangi yosh gametofit shakllanadi.[2].
Yo‘sintoifa o‘simliklarning xojalikdagi ahamiyati. Yo‘sinlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lsa ham xo‘jalik nuqtai-nazaridan malum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yosinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o‘suvchi kakku zig‘iri bug‘ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o‘sadigan sfagnumlardan esa torf hosil boladi. 1 metr torf hosil bolishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo‘sinlaridan yoqilgi sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi[6].

Riccia glauca ko'pincha ekin maydonlarida va pasttekislikdagi yalang'och erlar bo'lgan boshqa buzilgan joylarda uchraydi. U hech bo'lmaganda ozgina kislotali tuproqlarni afzal ko'radi, ular ko'proq asosiy yashash joylarida R. sorocarpa bilan almashtiriladi. Bu qisqa umr ko'radigan tur va uni quruq tuproqlarda topish qiyin. Odatda R. glauca o'ziga xos ko'k-yashil rangga ega, ammo alohida barglari juda kichik bo'lsa, bu ayniqsa aniq bo'lmasligi mumkin.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling