Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti Fan nomi: Tarixshunoslik va manbashunoslik
Download 8.97 Kb.
|
shahrizod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1868 yildan boshlab, mashhur rus oriyentalisti
Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olgan dastlabki davridanoq, chor hukumati Amir Temurning kutubxonasini izlashga katta e’tibor berdi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori o‘z raportida (1866 yil 17 yanvar) shoshilinch choralar ko‘rgani, xususan, Buxoroga Samarqand orqali qatnovchi toshkentlik savdogar boylarga, ehtimol Samarqandning qayeridadir yashirin yotgan Temur kutubxonasini qidirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qiladi.Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olgan dastlabki davridanoq, chor hukumati Amir Temurning kutubxonasini izlashga katta e’tibor berdi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori o‘z raportida (1866 yil 17 yanvar) shoshilinch choralar ko‘rgani, xususan, Buxoroga Samarqand orqali qatnovchi toshkentlik savdogar boylarga, ehtimol Samarqandning qayeridadir yashirin yotgan Temur kutubxonasini qidirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qiladi.1868 yildan boshlab, mashhur rus oriyentalisti1868 yildan boshlab, mashhur rus oriyentalistiA. L. Kun turli vaqf hujjatlari yig‘a boshlaydi. U o‘zi yiqqan1'50 dan ko‘proq qimmatli hujjatlarni rus tiliga o‘girdi va umumlashtira boshladi. 1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirig‘iga ko‘ra "A. L. Kun O`rta Osiyo tarixida Zarafshon vodiysida qazish ishlarini olib borib,qadimiy obidalarning qoldiqlari, tangalar va boshqa ashyolarni to‘pladi. Arxiv materiallarining guvohlik berishicha,A.L.Kun ko‘plab qadimiy topilchalar to‘plagan. Bular 1871 yilning may oyida Samarqanddan Toshkentga, so‘ng u yerdan Rossiyaga jo‘natilgan. A. L. Kunning bu topilmalari Peterburgda Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yilishi lozim edi.Shuni ham aytish lozimki, arxyoologik' materiallarni oʼrganish ishlariga mahalliy aholining bilimdon vakillarini ham jalb etgan. Masalan, Mirzo Mulla Аbd-rahmon ibn Muhammad Latif (tarixiy adabiyotda Mirzo Samarqandiy nomi bilan mashhur), Muxtojir Samarqandiy shular jumlasidan. Samarqandlik Mirzo Mullo Аbdurahmon А. Kunning (1840—1888 y.) yaqin doʼsti va tarjimoni edi. Mirzo Samarqandiy А. Kunning 1870 yilgi Iskandarkoʼlga ekspeditsiyasida hamrohlik qilgan edi. U safar taassurotlari asosida «Roʼz-nomai safari Yskandarkoʼl» («Iskandarkoʼl safari kundaligi») ni yezdi.4 Unda Zarafshon daryosi yuqorisidagi Panjikentdan to Paldaragacha, Yagnobdan Iskandarkoʼlgacha boʼlgan barcha aholi maskanlarining tavsifi berilgan, «Kundalik»da mazkur joylarning ijtimoip-iqtisodiy ahvoli, xalq turmushi, tili va anʼanalari toʼgʼrisida muhim maʼlumotlar va baʼzi arxeologii faktlar bor.Download 8.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling