Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.05.2020
Hajmi0.74 Mb.
#102655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllar


Inflyatsiya ko`rsatkichlari. Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji 

baho  ham  oshib  boradi.  G`arb  mamlakatlarida  inflyatsiyaning  asosiy  kursatkichi 

kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda 

baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi. 

Chakana  baholar  usishini  h  isoblash  maxsus  davlat  organlari  tomonidan 

aniklanadigan  baxolar  indeksiga  asoslanadi.  Baxolar  indeksini  hisoblashning 

boshlangich  nuktasi  kilib  (yuz  foiz  deb)  bazis  yili  olinadi  va  joriy  yilda  baholar 

uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin. 

Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yigindisi, ya`ni, 

tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 

bahosi,   ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniklanishi mumkin.  

Bahol  ar  indeksini  hisoblashda  iste`mol  tovarlar  bahosining  indeksi    katta 

axamiyatga  ega.    Baholar  indeksi  turli  usullarda  baholar  darajasini    solishtirishga 

imkon  beradi.    Joriy  yildagi  baholar  indeksining  bazis  yildagi  baholar  indeksiga 

nisbatan  oshish  i  -  inflyatsiya  -  ―Baholar  darajasining  oshishi‖  dan,  baholar 

indeksining  kamayishi-deflyatsiya-―Baholar  darajasining  kamayishi  dan  dalolat 

beradi. 

Aytalik    ,  bazis  davr  1990  yil  bulsin  (Baholar  darajasi  100%  deb  olamiz)  va 

1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 

250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 sum turgan bulsa, 1997 yilda shu 

toavar 350 sum turadi.  

 Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashkari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar 

masalan,  kipim,  oyok  kiyimlar,  transport,  uy  joy  xizmatlari  va  bophalar  buyicha  

baholar indekslarini hisoblash mumkin. 



 

34 


Inflyatsiyaning  usish    sur`atlari    tugrisida    gapirganda,    uning  rivojlanishini 

son jihatdan aniklanishning boshka yuli ham mavjud. Buning usul ―70 lar koidasi‖ 

deb  ataladi.  Agar  har  yili  inflyatsiya  darajasi  ma`lum  bulsa,  baholar  ikki  karra 

oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniklash mumkin. Buning uchun ―70‖ ni 

har  yilgi  inflyatsiya  darajasiga  bulish  kerak.  Masalan,  inflyatsiyaning  har  yillik 

darajasi 5% bulsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar 

har  yillik  inflyatsiyasi  darajasi  20%  bulsa,  baholar  darajasi  3  yildan  keyin  ikki 

karra  oshishi  kerak.Shuni  ta`kidlash  kerakki,  bu  usul  hamma  vakt  ham,  masalan, 

inflyatsiyaning  usishi  sur`atlari  yukori,  (har  kuni,  oyda  uzgarib  boradigan)  bulsa, 

kulay  hisoblanmaydi  ―70  lar  koidasi‖  aholi  jamgarmalarining,  real  yoki  milliy 

maxsulot  hajmining  ikki  marta  oshishi  uchun  necha  yil  kerak  ekanligini  tutri 

aniklab berishga imkon beradi. 

«O`zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to`g`risida»  gi  Qonunning 

3-moddasiga  muvofiq  Markaziy  bankning  bosh  maqadi  milliy  valyutaning 

barqarorligini  ta`minlashdan  iborat.  Bunda  milliy  valyutaning  ichki  va  tashqi 

barqarorligini ta`minlash ko`zda tutiladi. 

Milliy valyutaning ichki barqarorligi inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritish 

orqali so`mning to`lov qobiliyatini doimiy darajada ushlab turish, ichki to`lovlar va 

hisob-kitoblar  tizimining  talab  darajada  ishlashi  hamda  so`mning  respublika 

xududida  yagona  qonuniy  to`lov  vositasi  sifatida  muomalada  bo`lishini 

ta`minlashni ko`zda tutadi. 

2011  yilda  Markaziy  bank  monetar  siyosatni  inflyatsiya  sur`atlari  va 

aholining  inflyatsion  kutishlari  darajasini  keskin  kamaytirish  vazifalaridan  kelib 

chiqqan holda amalga oshirdi. 

Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  narx-navo 

o`sishini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. 2011 yilda iste`mol tovarlari 

narxlari  asosida  hisoblangan  inflyatsiya  darajasi  2010  yildagi  21,6  foizdan  3,8 

foizgacha pasaydi. 



 

35 


Shuningdek, inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar  monetar 

agregatlar zaxira pullar va pul massasining maqsadli parametrlarini belgilash orqali 

ham amalga oshirilmoqda. 

2012  yilda  ham  Markaziy  bank  monetar  siyosatining  asosiy  yo`nalishi 

inflyatsiya  darajasini  yanada  pasaytirish  va  uning  past  darajada  ushlab  turilishini 

ta`minlash  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratishdan  iborat  bo`lib  qoladi. 

Inflyatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasayishi iqtsiodiyotning real sektoriga 

ajratiladigan kreditlar hajmining oshishiga va shu asosda barqaror iqtisodiy o`sish 

jarayonlarini  qo`llab-quvvatlashga  zamin  yaratadi.  Pul-kredit  siyosatining  2012 

yilga  mo`ljallangan  asosiy  yo`nalishlari  inflyatsiya  darajasini  yaqin  yillar  ichida 

yiliga 5-6 foiz, shu jumladan 2012 yilda 6-8 foiz darajasidan oshirmaslikni ko`zda 

tutadi. 


Pul  agreatlari  va  bank  tizimi  likvidligini  yanada  samaraliroq  boshqarish 

maqsadida,  Markaziy  bank  zaxira  pullar  hajmini  tartibga  solish  uchun 

iqtsiodiyotning  pulga  bo`lgan  real  talabidan  kelib  chiqqan  holda  pul-kredit 

siyosatining bozor mexanizmlarini keng qo`llashni davom ettiradi. Bu esa ortiqcha 

likvidlik  va  ehtimoliy  inflyatsiyaning  oldini  olishga  qaratilgan  qator  aniq  chora-

tadbirlar ko`rishni taqozo etadi. 

Milliy  valyutaning tashqi barqarorligini   ta`minlashga doir  chora-tadbirlar 

valyuta bozorining  faoliyat  ko`rsatishi, ijobiy  to`lov balansini ta`minlash va  etarli 

darajada  oltin-valyuta  zaxiralarini  shakllantirish,  barqaror  va  yagona  almashuv 

kursini saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni o`z ichiga oladi. 

2013  yilda  milliy  valyutaning  erkin  ayirboshlanishini  ta`minlashga 

qaratilgan  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilganligi  barcha  xo`jalik  yurituvchi 

sub`ektlar  uchun  talab  va  taklifdan  kelib  chiqqan  holda  yagona  almashuv  kursi 

belgilanganidan ochiq valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi. 

Valyuta  bozorining  erkinlashtirilganligi  va  eksportchilar  uchun  qulay 

ayirboshlash kursining  saqlab turilganligi noxom  ashyo  tovarlar  eksportini keskin 

oshirish  hamda  mamlakatimizda  import  o`rnini  bosuvchi  ishlab  chiqarishni 

kengeaytirish  imkonini  berdi.  Bu  esa  xom  ashyo  turiga  kiruvchi  eksport 



 

36 


mahsulotlari  bilan  savdo  qilish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratish  bilan  bir 

qatorda to`lov balansi qoldig`ining ijobiy bo`lishini va oltin-valyuta zaxiralarining 

sezilarli darajada o`sishini ta`minladi. 

Hozirgi paytdagi mavjud xalqaro zaxiralar darajasi va to`lov balansi holati 

almashuv  kursini  barqaror  saqlab  turish  va  valyutaga  bo`lgan  talabni  to`liq 

qondirish imkonini beradi. 

Markaziy  bank  2013  yilda  ham  so`mning  talab  va  taklif  asosida 

shakllanadigan  o`zgaruvchan  almashuv  kursini  qo`llab-quvvatlashni  davom 

ettiradi.  Ayni  paytda  Markaziy  bank  ichki  va  tashqi  narxlar  dinamikasi,  to`lov 

balansi ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari 

mahsulotlarining  jahon  bozorlaridagi  raqobatbardoshligini  qo`llab-quvvatlashga 

doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 

Qat`iy  pul  kredit  siyosatini  amalga  oshirish  va  iqtisodiyotning  real 

o`sishini  qo`llab-quvvatlash  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  maqbul  foiz 

stavkalari  siyosatini  yuritish  moliya  tizimini  rivojlantirish  yo`nalishlaridan  biri 

bo`lib hisoblanadi. 

2013  yilda  inflyatsiya  sur`atining  sezilarli  darajada  pasaygani  Markaziy 

bankka  qayta  moliyalash  stavkasini  yiliga  30  foizdan  20  foizgacha  bosqichma-

bosqich  kamaytirish  imkonini  berdi.  Qayta  moliyalash  stavkasining  pasayishi 

moliya tizimidagi foiz stavkalarining ham mos ravishda o`zgarishiga olib keldi.  

Markaziy  bank  tijorat  banklari  depozitlari  va  kreditlari  foiz  stavkalari, 

pulga  (kredit  resurslariga)  bo`lgan  talab  va  taklif  ustidan  doimiy  monitoring 

o`rnatgan holda banklararo bozorda kredit mablag`larini jalb qilish va joylashtirish 

operatsiyalarini amalga oshirib bordi. 

Shuningdek,  bank  tizimining  samarali  faoliyat  yuritishi  milliy  valyuta 

barqarorligini  ta`minlashning  eng  muhim  shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Markaziy 

bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik 

darajasini  oshirish  uchun  zarur  sharoitlarni,  jamg`armalarni  investitsiyalarga 

yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir. 


 

37 


2013  yilda  bank  tizimida  iqtisodiyotnin  real  sektoridagi  jarayonlarni  aks 

ettiruvchi  sifat  o`zgarishlari  ruy  berdi.  Iqtisodiyotning  barqarorlashuvi  banklarda 

omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan 

xizmatlar  ko`lamining,  shu  jumladan  iste`mol  kreditlari  hajmining  ortishiga  olib 

keldi. 

Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish, 



boshlang`ich  kapitalni  moliyalashtirish,  tadbirkorlarga  konsalting  va  boshqa 

xizmatlarni  ko`rsatish  orqali  qo`llab-quvvatlanmoqda.  Bank  ishida  yangi 

texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va 

passivlani  yanada  samarali  boshqarishga  o`tish,  naqd  pulsiz  to`lovlarning  yangi 

turlarini joriy etish imkonini berdi. 

Ma`lumki, milliy valyutaga bo`lgan ishonchni yanada oshirish, bank tizimi 

uchun  mablag`larning  barqaror  manbaini  shakllantirish  maqsadida  2010  yilda 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  «Fuqoralarning  banklardagi 

omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida» gi Qonun qabul qilingan va ushbu 

qonunga  muvofiq  fuqoralarning  banklardagi  omonatlarini  kafolatlash  tizimi 

yaratilgan.  2011  yilda  esa  bank  sirining  saqlanishini  ta`minlash  hamda  bank 

mijozlari  haqidagi  ma`lumotlarni  oshkor  qilishga  yo`l  qo`yiladigan  shart-

sharoitlarni belgilab beruvchi «Bank siri to`grisida» gi Qonun qabul qilindi. 

Shuningdek,  bozor  tamoyillariga  asoslangan  sog`lom  va  barqaror  bank 

tizimini shakllantirish maqsadida 2011 yilning aprelida Respublika Bank Kengashi 

tomonidan  xususiylashtirishni  kengaytirish,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  tizimi,  shu 

jumladan, plastik kartochkalar tizimini yanada rivojlantirish, bank nazorati tizimini 

yanada  takomillashtirish,  banklarning  chakana  xizmatlari  ko`lamini  kengaytirish, 

ularning  moliyaviy  barqarorligi  va  kapitallashtirilishini  oshirishga  doir  keng 

qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «2011-2012 yillarda 

Bank tizimini isloh qilishning navbatdagi bosqichi Dasturi» tasdiqlandi. 

2013  yilda  ham  Markaziy  bank  tijorat  banklari  bilan  birgalikda 

iqtisodiyotdagi  moliyaviy  xizmat  turlari  va  ularning  sifatini  oshirishga  qaratilgan 

ishlarni davom ettiradi. Xususan, real vaqt rejimidagi naqd pulsiz to`lovlar tizimiga 



 

38 


o`tish,  tashqi  savdo  operatsiyalarini  hisobga  olishning  yagona  elektron  tizimini 

yaratish  ishlari  nihoyasiga  etkaziladi,  banklarni  nazorat  qilish  va  ularni  soliqqa 

tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`riladi. 

2013  yilgi  iqtisodiy  kon`yuktura  tahlili  va  istiqbol  ko`rsatkichlari  Real 

sektor  holati  tahlili  2013  yilgi  makroiqtisodiy  ko`rsatkichlar  respublikamiz 

iqtisodiyotining, shu jumladan moliya va real sektorning barqaror o`sayotganligini 

ko`rsatmoqda. 

Qat`iy  monetar  va  fiskal  siyosat  sharoitida  iqtisodiyotning  real  sohasida 

barqaror  o`sish,  shu  jumladan  yalpi  ichki  mahsulot,  sanoat  mahsulotlari,  iste`mol 

tovarlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo aylanmasi 

va pullik xizmatlarning o`sishi ta`minlanadi. 

Umuman 

iqtisodiy 



kon`yuktura 

ahvolini 

aks 

ettiruvchi 



asosiy 

makroiqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi: 



Yalpi ichki mahsulot (YaIM). Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, 

sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  8,8  foizga,  qishloq  xo`jaligi  –  6,8 

foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz 

ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. 

O`tgan  yil  yakunlariga  ko`ra,  tashqi  davlat  qarzi  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan  17  foizni,  eksport  hajmiga  nisbatan  qariyb  60  foizni  tashkil  etdi.  Bu 

avvalambor  xorijiy  investitsiyalar  va  umuman,  chetdan  qarz  olish  masalasiga 

chuqur  va  har  tomonlama  puxta  o`ylab  yondashish  natijasidir.  2013  yilda 

iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun 

daromad  solig`ining  eng  kam  stavkasi  9  foizdan  8  foizga  tushirilganiga 

qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan 

bajarildi.  Davlat  byudjeti  xarajatlari  tarkibida  ijtimoiy  sohaga  yo`naltirilgan 

xarajatlar  yuqori  darajada  saqlanib  qoldi  va  umumiy  xarajatlarning  59,3  foizini 

tashkil etdi. 

Xususiy  mulkchilik  sohasi  va  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish 

maqsadida  2013  yilda  1519  ta  korxona  va  ob`ektlar  xususiylashtirildi,  ularning 

negizida75  ta  aktsiyadorlik  jamiyati,  981  ta  xususiy  korxona  va  396  ta  boshqa 


 

39 


tashkiliy huquqiy shakldagi korxonalar tashkil etildi, 496 ta korxonaning aktsiyalar 

paketlari, shu jumladan 6500 ga yaqin davlat tassarufidagi ob`ektlar sotildi. 

Bundan  tashqari,  82  foizdan  ortiq  korxonalarda  amalga  oshirilgan  qayta 

tashkil etish va moliyaviy sog`lomlashtirishga doir yalpi chora-tadbirlar natijasida 

ularda o`rtacha oylik ishlab chiqarish hajmlari oshdi. 

Davlat  byudjeti.  Markaziy  bank  makroiqtisodiy  siyosat  samaradorligini 

oshirish 

maqsadida 

pul-kredit 

siyosatini 

soliq 


byudjet 

siyosati 

bilan 

muvofiqlashtirgan  holda  amalga  oshirishni  davom  ettirmoqda.  Chunonchi,  Oliy 



Majlis  qarori  bilan  tasdiqlangan  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining 

2013  yilga  mo`ljallangan  ko`rsatkichlarida  2013  yil  uchun  davlat  byudjeti 

taqchilligi  YaIM  hajmiga  nisbatan  2,0  foiz  miqdorida  belgilangan  edi.  Shu  bilan 

birga  davlat  byudjeti  taqchilligini  qoplashni  noinflyatsion  manbalar  hisobidan 

amalga oshirish ko`zda tutilgan edi. 

2013 yilda byudjetning daromad qismi 101,5 foizga, xarajat qismi esa 95,4 

foizga  bajarildi.  Byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  samaradorligini  oshirish 

borasida  ko`rilgan  chora-tadbirlar  o`tgan  yilda  byudjet  taqchilligini  YaIMga 

nisbatan 0,4 foizgacha pasaytirish imkonini berdi. 

Inflyatsiya.  Qa`tiy  monetar  va  fiskal  siyosat  yuritish,  shuningdek,  pul 

agregatlarini  tartibga  solishga  oid  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilganligi  ijobiy 

natijalar  berdi  hamda  baholar  o`sishi  sur`atlarining  sezilarli  darajada  pasayishiga 

olib keldi. 

2013  yilda  iste`mol  baholari  indeksining  o`rtacha  oylik  o`sish  sur`ati  0,3 

foizga,  yillik  o`sishi  3,8  foizga  teng  bo`ldi,  bu  esa  so`nggi  yillardagi  eng  past 

ko`rsatkichdir.  Ulgurji  narxlar  darajasi  va  YaIM  deflyatori  ham  mos  ravishda 

pasaydi. 

Pul  massasini  tartibga  solishning  yangi  vositalaridan  keng  foydalanish 

monetar omillarning inflyatsiya jarayonlariga ta`sirini to`liq bartaraf etish imkonini 

berdi.  

 

 


 

40 


To`lov  balansi  va  monetar  siyosatning  asosiy  ko`rsatkichlari  hamda 

ularni baholash 

2013  yilda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  tezkor  sur`atlar  bilan  rivojlanishi 

kuzatildi. Chunonchi, mamlakatimizning yillik tashqi savdo aylanmasi 2012 yilga 

nisbatan 17,3 foizga, shu jumladan, eksport 24,6 foizga oshdi. 

Tovarlar va xizmatlar eksportining importga nisbatan yuqori sur`atlar bilan 

o`sishi natijasida eksport hajmi 3725,0 mln. AQSh dollarini, import hajmi 2964,2 

mln.  AQSh  dollarini  tashkil  etdi  hamda  savdo  balansining  ijobiy  qoldig`i  760,8 

mln. AQSh dollariga teng bo`ldi.  

To`lov balansidagi  joriy  operatsiyalar hisob  raqamlari  qoldig`ining o`tgan 

yillarga  nisbatan  o`sib  borishi  kuzatilmoqda.  Agar  ushbu  ko`rsatkich  2012  yilda 

salbiy  bo`lib,  YaIM  ga  nisbatan  1,1  foizni  tashkil  etgan  bo`lsa,  2012  yilda  uning 

ijobiy qoldig`i 2,3 foizga, 2013 yilda esa 3,4 foizga teng bo`ldi. 

2012  yildan  boshlab  asosiy  xom  ashyo  tovarlari,  shu  jumladan, 

qimmatbaho  metallar  va  paxta  tolasi  narxlarining  barqaror  o`sishi  kuzatilmoqda, 

bu  esa  to`lov  balansini  sezilarli  darajada  yaxshilash  va  oltin  valyuta  zaxiralarini 

ko`paytirish imkonini bermoqda. 



Valyuta  siyosati.  2013  yilda  O`zbekiston  Respublikasi  xukumati  va 

Markaziy  banki  tomonidan  tasdiqlangan  «Milliy  valyutaning  joriy  xalqaro 

operatsiyalar bo`yicha konvertatsiya qilinishini ta`minlashga doir harakat rejasi» ni 

ijro  etish  maqsadida  birjadan  tashqari  valyuta  bozori,  naqd  valyuta  bozoridagi 

operatsiyalar,  shuningdek,  tashqi  savdo  operatsiyalari  bo`yicha  hisob  kitoblarni 

amalga  oshirishdagi  mavjud  ayrim  cheklovlarni  bekor  qilish  yuzasidan  tegishli 

me`yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi.  Xususan,  birjadan  tashqari  valyuta  bozoridagi 

operatsiyalar bo`yicha: 

-  savdo  vositachilik  tashkilotlari  tomonidan  chet  el  valyutasini  xarid 

qilishni,  shuningdek,  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarda  byudjet  oldida  qarzdorlik 

yoki  o`zlarining  bo`sh  valyuta  mablag`lari  mavjud  bo`lgan  taqdirda  ularning  chet 

el valyutasini xarid qilishlarini taqiqlovchi talablar bekor qilindi; 

- qarz mablag`lari hisobiga chet el valyutasini xarid qilishga ruxsat etildi; 


 

41 


-  birjadan  tashqari  valyuta  bozorida  so`m  mablag`larini  konvertatsiya 

qilish  uchun  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  tomonidan  vakolatli  banklarga  taqdim 

etiladigan hujjatlar ruyxati keskin qisqartirildi; 

- korxonalarning so`mdagi mablag`larini chet el valyutasiga konvertatsiya 

qilish  tartibini  soddalashtirish  bilan  bir  qatorda  ularning  so`mdagi  mablag`larini 

konvertatsiya  qilish  uchun  buyurtmalarni  ko`rib  chiqish  muddati  bir  haftadan  3 

kungacha qisqartirildi; 

-  ichki  valyuta  bozorida  ayirboshlash  kurslarini  birxillashtirish  to`liq 

yakunlavdi  va  hozirgi  paytda  barcha  operatsiyalar  banklararo  savdo  sessiyalarida 

belgilanadigan kurs asosida amalga oshirilmoqda. 



Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha: 

-vakolatli  banklarning  ayirboshlash  shoxobchalari  orqali  jismoniy 

shaxslarga naqd chet el valyutasi hamda yo`l cheklarini sotish muddati va miqdori 

yuzasidan o`rnatilgan cheklovlar bekor qilindi; 

Tashqi  savdo  operatsiyalari  bo`yicha  hisob  kitoblarni  amalga  oshirish 

borasida: 

-  import  shartnomalari  bo`yicha  oldindan  to`lovni  amalga  oshirishga  doir 

cheklovlar, shuningdek, chet el banki kafolatnomasini talab qilish va avans to`lovi 

summasiga  teng  miqdordagi  mablag`ni  milliy  valyutada  band  qilib  qo`yish 

haqidagi talablar; 

-  ko`rsatilgan  xizmatlar  uchun  offshor  xududlarga  avans  to`lovlari  yoki 

to`lovlarni amalga oshirishga oid cheklovlar; 

- import shartnomalari bo`yicha uchunchi shaxs – norezidentlar foydasiga 

to`lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi cheklovlar hamda chet el kreditlarini jalb 

qilish munosabati bilan foiz va boshqa to`lovlar miqdori bo`yicha cheklovlar; 

-  nosavdo  to`lov  va  o`tkazmalarni  amalga  oshirish  bilan  bog`liq 

cheklovlar; 

-  MDH  davlatlari  xo`jalik  sub`ektlari  bilan  hisob  kitoblarni  faqat  kliring 

asosida  yoki  erkin  ayirboshlanadigan  valyutada  amalga  oshirish  haqidagi  talablar 

bekor qilindi. 



 

42 


Bundan  tashqari,  import  shartnomalarini  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

agentligida  oldindan  ruyxatga  olish  tartibi  bekor  qilindi  va  o`ning  o`rniga  import 

shartnomalarining bojxona monitoringi tizimi joriy etildi. 

Valyuta  bozorini  erkinlashtirish  borasidagi  amalga  oshirilayotgan  chora 

tadbirlar  doirasida  ikkinchi  chaqiriq  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

2008  yil  11  dekabrdagi  o`n  uchunchi  sessiyasida  yangi  tahrirdagi  «Valyutani 

tartibga solish to`g`risida» gi Qonun qabul qilindi. 

O`zbekiston  Respublikasi  bilan  Xalqaro  Valyuta  Fondi  o`rtasidagi  samarali 

hamkorlik  xarakat  rejasida  ko`zda  tutilgan  barcha  chora  tadbirlarnin  muddatidan 

oldin  bajarilishiga  olib  keldi.  Valyutani  tartibga  solish  tizimini  o`zgartirish 

borasida  ko`rilgan  chora  tadbirlar  O`zbekiston  Respublikasiga  2011  yil  15 

oktyabrdan boshlab, Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi Moddalari VIII moddasining 2 

(a),  3  va  4  bo`limlarida  ko`zda  tutilgan  majburiyatlar,  ya`ni  milliy  valyutaning 

joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin 

 


 

43 


III    BOB    Davlat  moliyasini  baquvvatlashtirishda  inflyatsiyani  kamayttirish 

shakllari 

3.1  O`zbekiston  respublikasining  moliya  siyosatini  takomillashtirishdagi 

inflyatsiyaga qarshi istiqbollari 

 

Bizning  respublikada  kredit  va  valyuta  mablag`lari  isrof  qilib 

borilayotgani  yo`q.  Balki,  ishlab  chiqarish  salohiyatini  rivojlantirishga 

sarflanmoqda. Asosan, ishlab chiqarish ahamiyatiga  molik bo`lgan ob`ektlar 

qurilishi  hajmi  keskin  kengayib  borayotganligi  fikrimizni  tasdikdaydi. 

Moliyaviy  resurslar  etishmayotgan  sharoitda  iqtisodiy  o`sishni  qisqa 

muddatlarda  ta`minlash  oson  vazifa  emas.  Bu  vazifa  moliyaviy,  shu 

jumladan,  valyuta  mablag`laridan  foydalanishga  okilona  yondashishni  talab 

etadi.  Buning  uchun  pulning  iktisodiyot  tarkibini  yangilash  jarayoniga 

ta`sir  kiladigan,  binobarin,  islohotlar  muvaffakiyatini  ta`minlaydigan  ishlab 

chiqarish sohalariga sarflamoq kerak. Bu o`rinda  Markaziy  bank  mablag`lari bir 

erga 


jamlanib, 

tijorat 


banklari 

tomonidan 

ularning 

eksportga 

mo`ljallangan  va  importning  o`rnini  bosadigan  tarmoqdarga,  asosiy 

fondlar  va  texnologiyalarni  yangilashga  sarflanishi  uchun  sharoit    yaratishni 

o`zining asosiy vazifasi, deb biladi. 

Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillarda bank  kreditlarining  anchagina 

qismi  sanoatdagi  ustuvor  bir  qancha  loyihalarni  pul  bilan  ta`minlashga 

sarflandi.  Ular  orasida  «UzDEUavto»  qo`shma  korxonasi  (1843,2  mln. 

so`m),  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi  (1210  mln.  so`m),  «Kvarts»  AJ 

xuzuridagi  arxetektura  oynasi  ishlab  chikaradigan  liniya  qurilishi  (610,8 

mln.  so`m)  va  shu  kabi  yirik  boshka  ob`ektlar  mavjud.  Binobarin,  iqtisodiy 

usish  vazifalarini  hal  etish  uchun  tijorat  banklari  tomonidan  investitsiya 

kreditlari  ajratilishidan  tashqari,  valyuta  mablag`laridan  oqilona  foydalanish 

ham kerak bo`ladi. Shu sababli, davlatimiz o`zining valyuta siyosatida ham kredit 

siyosati tamoyiliga amal qiladi. Ya`ni, yuksak texnologiyali  ishlab  chiqarish 

salohiyatini  shakllantirishga  ustunlik  beradi.  O`zbekiston  Respublikasi 



 

44 


iqtisodiyot  uchun  zarur  bulgan  valyuta  tushumlarini  paxta,  oltin,  tabiiy  xom-

ashyo hisobiga olayotganligimiz hech kimga sir emas. 

O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  monetar  siyosatining 

ta`sirchanligini  oshirish  borasida  bir  qator  muammolar  mavjud.  Bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  ularni  hal  kilish  dolzarb  masalalardan  biridir.  Mazkur 

muammolar  to`liq  hal  qilinsa,  monetar  siyosatni  takomillashtirish  va  Markaziy 

bankning  pul-kredit  siyosati  iqtisodiyotni  yanada  barqarorlashtirish  uchun 

ishlashiga zamin yaratadi. 

Davlatimiz  monetar  siyosatini  amalga  oshirishda  ham  kredit  siyosatidagi 

tamoyillarga  amal  kilib,  asosiy  e`tiborni  yuqori  texnologiya  ishlab  chikarish 

saloxiyatini shakllantirishga qaratmokda. 

Shuni  ta`kidlash  lozimki,  Respublika  chetdan  karzga  olayotgan 

mablag`larni  birinchi  navbatda  ishlab  chikarish  sohasiga  va  muhim  ijtimoiy 

sohalarga  yo`naltirmokda.  Bozor  munosabatlariga  o`tish  davri  iqtisodiyotining   

dastlabki  yillarida  konvertatsiyalashning  butun  og`irligi  ushbu  manbalar 

zimmasiga  yuklash  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  hozirgi  bozor 

iqtisodiyotida  katta  valyuta  tushumlari  asosan  yuqori  texnologiyali  eksportga 

yo`naltirilgan  ishlab  chiqarishlar  hisobiga  ta`minlanadi.  Shuning  uchun, 

hukumat  va  Markaziy  bankning  mustaqillik  yillari  va  bugungi  kundagi 

siyosati  aynan  shunday  eksport  saloxiyatini  rivojlantirishga  yo`naltirilgan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  o`z  nutqdaridan  birida: 

«Faqat  iktisodiyotimizning  asosiy  va  etakchi  tarmoqlarida  tarkibiy 

o`zgarishlarni amalga oshirsakgina, mahsulotimiz eksporti o`sishiga erishishimiz, 

to`lov  balansining  ijobiy  sal`dosini  t a` mi nl ash i mi z   va   shu   b il an   i qtis odi y 

mustaqilligimizni  kafolatlashimiz  mumkin»,  deya  ta`kidlagan  edilar.  Masala 

shu  tarzda  qo`yilganda  milliy  valyutani   konvertatsiyalashda   yukori 

texnologiyali  ishlab  chiqarishni  amalga  oshirayotgan  va  eksportdan  olgan 

daromadlarning bir qismini mamlakatimiz  iktisodiyotiga  qayta  investitsiya 

kilayotgan  qo`shma  korxonalarga  ustunlik  beriladi.  Muhim  xalq  iste`moli 

mollarini  va  eksportga  mo`ljallangan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarayotgan, 



 

45 


respublika  iktisodiyotining  asosiy  va  etakchi  tarmoqdarida  ustuvor  loyihalarni 

amalga oshirishda ishtirok etayottan tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham bunday 

huquqdan  foydalanadilar.  Boshqacha  aytganda,  valyuta  resurslari  birinchi 

navbatda  ishlab  chiqarish  va  texnologiyalar  bilan  shug`ullanayotgan 

korxonalarga berilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosati o`ziga xos 

xususiyatlarga ega bo`lmoqda. Birinchidan,  majburiy  rezervlar  miqdorining 

yukoriligi  /20  foiz/  —  tijorat  banklarining  resurslarini  qisqarishiga  sabab 

bo`lmoqda.  To`g`ri,  majburiy  rezervlar  tijorat  banklarining  likvidliligini 

ta`minlaydi.  Biroq,  u  tijorat  banklari      resurslarining    kamayishiga      sabab   

bo`ladi. 

Ikkinchidan,  ochiq  bozor  operatsiyalarini  r iv o jl a n ti r is h   l o z i m.  

C h u nk i ,   O` z b e k is t o n   Respublikasi  Markaziy  banki  shu  vosita  orkali  ham 

muomaladagi pul-massasiga ta`sir o`tkaza olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu 

orqali  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosatini  yuritishdagi  ta`sirchanligini 

oshirish mumkin bo`ladi. 

Xalqaro  valyuta  fondining  tavsiyalariga  binoan,  1994  yildan  boshlab, 

hozirgi  vaqtgacha  pul-kredit  siyosati  juda  qattiqqo`lliq  bilan  o`tkazilmoqda. 

1996  yilda  pul-massasi  va  inflyatsiyaning  o`sish  sur`atlari  pasayishiga  katta 

ta`sir  ko`rsatgan  omil  —  pul-kreditni  tartibga  solishning  ilg`or  vositalari 

joriy  etilishi,  byudjet  operatsiyalari  kamomadini  davlat  qisqa  muddatli 

obligatsiyalari  bilan  ta`minlash  noinflyatsiya  usulining  qo`llanilishi  bo`ldi.  Shu 

erdan  ko`rinib  turibdiki,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 

monetar pul-kredit siyosati bir butunlikni tashkil etuvchi ikkita murakkab 

vazifani  xal  etishi  —  iktisodiy  o`sish  jarayonlarini  rivojlantirishga 

ko`maklashishi  va  inflyatsiyani  nazorat ostida tutib turishi kerak. Iqtisodiy 

o`sish  esa  bosh  vazifadir,  albatta.  Islohotlarni  moliyaviy  ta`minlash 

muammolarini  muhokama  kilish  davomida  masalalarning  ikki  yirik  bloki 

ko`ndalang bo`lib turibdi. 


 

46 


O`zining  islohot  modeliga  ega  bo`lgan  O`zbekiston  iqtisodiy  o`sish 

sharoitlarini  xam,  inflyatsiya  sur`atlarini  keskin  kamaytirish  vazifasini  ham 

nisbatan osonroq, hal etishning uddasidan chiqmoqda, deb aytish uchun barcha 

asoslar bor. 

O`zbek  so`mining  hozirgi  vaqtda  cheklangan  ichki  konvertatsiyaga  ega 

ekanligi  va  respublika  valyuta  bozorining  holati  O`zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  b a nki   mo n e ta r   si yo sa tini ng   ma q sa di   va   yo`nalishlarining 

o`ziga  xosligini  yuzaga  keltiradi.  Bu  o`ziga  xoslik,  eng  avvalo,  so`mning 

AQSh  dollariga  nisbatan  kursini  barqarorlashtirish  va  ichki  valyuta  bozorini 

rivojlantirish  —  monetar  siyosatning  birlamchi  vazifalaridan  ekanligi 

namoyon bo`ladi. 

Valyutani  tartibga  solish  sohasidagi  mavjud  chora-tadbirlar  ichki  bozorni 

jahon  bozorlaridagi  r a q o b a t g a  

b a r d o s h  

b e r a  

o l ma g a n  

x o r i ji y 

mahsulotlarning  endigina  o`z  ishlab  chiqarishini  qayta  qurayotgan  o`tish  davri 

iqtisodiyotiga  ega  bo`lgan  mamlakatlarga  oqib  kelishidan  himoya  kilishga 

karatilgan. Valyutani tartibga solish shartlari, shu jumladan, konvertatsiya tartib-

qoidasi ayni shunday mollarning ko`plab keltirilishiga to`sqinlik qiladi. 

Keyingi  yillarda  ichki  inflyatsiya  darajasining  pasayishi  O`zbekiston 

tovarlarining  eksportini  importga  qaraganda  ancha  foydali  qilib  qo`yishi  kerak 

edi.  Lekin  aslida  tamoyil  shuning  teskarisini  ko`rsatadi.  O`zbekistonda  ishlab 

chiqarilayottan  tovar-larning  jaxon  bozoridagi  jozibadorligiga  ta`sir  ko`rsatishi, 

shu-ningdek,  o`zbekistonlik  ishlab  chiqaruvchilarning  mahsulotni  eksport 

qilishdan  manfaatdorligini  oshirishga  ta`sir  ko`rsatishi  mumkin  bo`lgan  kuchli 

vosita  milliy  valyutaning  real  kursini  devalvatsiya  qilishdan  (devalvatsiya 

sur`atlari  inflyatsiya  sur`atlaridan  yuqori  bo`lganida)  iboratdir.  Shu  maqsadda 

so`nggi  yillarda  O`zbekiston  so`mining  AQSh  dollariga  nisbatan  silliq, 

deval`vatsiyasi amalga oshirib kelinmoqda. 

So`mni keskin devalvatsiya qilib, ayni vaktda uning ayirboshlash kursini bir 

xillashtirish  inflyatsiyaning  o`sishiga  olib  kelishi  mumkin.  Shu  bilan  birga, 

iste`mol  bozoridagi  ozmi-ko`pmi  darajada  ayirboshlash  kursi  bilan  bogliq 



 

47 


bo`lgan  bir  qancha  tovarlarning  narxlarini  taqqoslash  qisqa  muddatda  narx-

navoning  o`sishi  unchalik  katta  bo`lmasligini  va  uzoq  davom  etmasligini 

ko`rsatmokda.  Dastlabki,  sakrashdan  keyin  narxlar  xatto  pasayishi,  so`ngra 

esa  etarli  darajada  izchil  pul-kredit  siyosati  amalga  oshirilsa,  barqarorlashuvi 

mumkin. 

Inflyatsiya  o`zi  bilan  birga  katta  iqtisodiy  va  ijtimoiy  xarajatlarni  olib 

keladi. Natijada resurslar noto`g`ri joylashtiriladi va bu o`z navbatida, iqtisodiy 

samaradorlikning  pasayishiga  olib  keladi.  Shuningdek,  inflyatsiya  iktisodiy 

vakillarga  o`z  faoliyatini  kelgusida  rejalashtirishga  xalaqit  beradi,  xamda 

ularning  olib  borilayotgan  iqtisodiy  siyosatga  bo`lgan  ishonch  darajasini 

pasaytiradi.  Bundan  tashqari,  u  milliy  daromadni    aholining  bir  qismi 

foydasiga  va  ikkinchi  kismi  zarariga  qayta  taqsimlaydi.  Shu  boisdan 

inflyatsiyaga  qarshi  kurash  butun  dunyoda  hukumatning  asosiy  vazifalaridan 

biri  xisoblanadi.  O`tish  davri  iktisodiyotini  boshidan  kechiraetgan  mamlakatlar 

tajribasi shuni ko`rsatadiki, yuqori  sur`atdagi  inflyatsiya  kuzatilgan  hamma 

joylarda  u  aholining  turmush  darajasiga  yomon  ta`sir  ko`rsatgan.  Bunday 

mamlakatlarda  barqarorlashtirishga  doir  barcha   dasturlarning   diqqat 

markazida  inflyatsiyaga  qarshi  kurash  masalasi  turishi  bejiz  emas. 

Amaliyotda  o`tish  davri  iktisodiyoti  hukm  surgan  ko`pgina  mamlakatlar 

inflyatsiya  darajasini  bir  yilda  20-40  foizga  tushirdilar,  lekin  uni  yanada 

pasaytirish  hamma  vaqt  ham  kutilgan  natijalarni  beravermaydi.  O`zbekistonda 

eng katta inflyatsiya 1992-1994 yillarda kuzatildi. 2011 yilda inflyatsiyaning 7,2 

foizni  tashkil  etdi.  Inflyatsiyaning  yuqori  darajada  bo`lishiga  sharoit  yaratgan 

boshqa  omil  narxlarning  dastavval  past   darajada   bo`lganligidir .  O`tish 

davri   iktisodiyotini boshidan kechiraetgan davlatlarda ishlab chiqarish  va  milliy 

daromadning  pasayishi  natijasida  to`lov  qobiliyatining  tushishi  respublikalar 

urtasida  tovar  aylanmasi  sezilarli  darajada  kamayib  ketganligining  asosiy 

sabablaridan  biri  bo`ldi.  Bundan  tashqari,  sobiq  Sovet  Ittifokining  boshqa 

davlatlari bilan ilgarigi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, ularning o`z valyutalarini 


 

48 


kiritganliklari,  mustahkam  to`lov  tizimining  yo`qligi  O`zbekistonning  chet 

davlatlar bilan savdo qilishga o`tishiga ob`ektiv ta`sir ko`rsatdi. 

 Yuqorida  qayd  etilgan  masalalar  to`la  hal  qilinsa,  O`zbekiston 

Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini yanada takomil-lashtirish, 

d e m a k k i ,   n a t i j a d a   b a n k   t i z i m i n i   y a n a d a   rivojlantirish mumkin. Bu o`z 

navbatida  iqtisodiy  o`sish  sur`atlarini  oshirishi  va  natijada  aholining  turmush 

darajasini yanada oshirishi mumkin.  

Umuman  olganda,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  monetar 

siyosati  o`ziga  xos  xususiyatlardai  kelib  chiqmokda.  Xulosa  kilib  aytganda, 

Markaziy  bankning  monetar  siyosati  ta`sirchanligi  qanchalik  oshsa,  shu 

darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi. 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki pul-kredit siyosati makroiqtisodiy 

barqarorlikni  mustahkamlashga,  inflyatsiya  jarayonlarini  ushlab  turish,  milliy 

valyutamiz  kursining  barqarorligini  ta`minlash,  iqtisodiyotning  real  sektorini 

rivojlantirishni  rag`batlantirishga  qaratilgan.  Byudjet-soliq  sohasida  ham  pul 

muomalasini  boshqarish  bo`yicha  chora-tadbirlar  majmuini  amalga  oshirish  2012 

yilning  9  oyi  mobaynida  iste`mol  narxlari  indeksini,  tijorat  banklarining  foiz 

stavkalarini  pastlatish  va  mos  ravishda  iqtisodiyotning  real  sektorini  kreditlash 

hajmining sezilarli o`sishiga yordam beruvchi darajada barqarorlashtirishga imkon 

berdi. 


2-jadval 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling