Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy  ko`rsatkichlari, 2010-2013


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.05.2020
Hajmi0.74 Mb.
#102655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllar


O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy  ko`rsatkichlari, 2010-2013 

y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %) 

Yillar 


Iste`mol baholar 

indeksi (IBI), 

jamlangan 

Oziq-ovqat 

tovarlari 

Nooziq-ovqat tovarlari  Xizmatlar 

2010 

24,9 


18,9 

36,6 


47,1 

2011 


27,4 

27,9 


21,1 

36,9 


2012 

27,6 


28,0 

19,3 


41,3 

2013 


10,3 

5,4 


13,9 

30,9 


 

 

49 


2012 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining 

amalga  oshirilishi  natijasida  iste`mol  sohasida  narxlarning  umumiy  o`sish  sur`ati 

0,5% ni tashkil qildi. 

Umumiy  inflyatsiya  darajasiga  pullik  xizmatlar  narxlari  (20,5%  dan  15,5% 

ga)  va  nooziq-ovqat  tovarlari  narxlari  (6,3%  dan  3,6%  ga)  o`sish  sur`atlarining 

pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning 

pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi. 

O`zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotidagi  inflyatsiya  jarayonlarining  omilli 

tahlili 2012 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va 

uy-joy  kommunal  xizmatlari  tarifining  (4,5%  daraja)  oshganligi  ta`sir  qilganini 

ko`rsatdi.  2012  yilda  talab  inflyatsiyasidan  taklif  inflyatsiyasining  oshib  ketishi 

qayd  etildi:  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilarning  ulgurji  baholari  o`rtacha 

oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi. 

Sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilarning  ulgurji  baholari  omillarining 

tahlili  ko`rsatishicha,  2012  yilda  real  sektorda  inflyatsiya  darajasiga  energiya 

manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining 

(14,0%) oshishi ta`sir qilgan. 

Bugungi  kunda  sanoat  tarmog`ida  YaIMning  17%  ga  yaqini  ishlab 

chiqarilmoqda.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlaridan 

sanalgan  sanoat  tarmog`ini  iqtisodiy  rivojlantirish  uchun  sanoat  markazlari  va 

hududiy  joylashtirishni  yanada  takomillashtirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning 

uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur: 

  kelgusida 

sanoat 


tarmoqlarini 

ijtimoiy–iqtisodiy 

rivojlantirish 

imkoniyatlarini belgilash; 

  respublika  viloyatlarining  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  ixtisoslashuvi 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  sanoatda  ishlab  chiqarish  majmuini 

rivojlantirish; 

  sanoat  uzellari  va  markazlarini  tumanlarda,  tuman  markazlarida,  kichik 

shaharlarda  ishlab  chiqarishning  xududiy  majmuini  tashkil  etish  va  uning 

rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar. 



 

50 


Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va 

ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.  

Milliy  valyuta  kursi  xalqaro  savdoni  rivojlanishiga  ta`sir  ko`rsatishi  bilan 

ichki  iqtisodiyotga  ham  ta`sir  ko`rsatadi.  Bunga  sabab,  milliy  valyuta  kursining 

xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro 

bog`liqligidir.  Milliy  valyutaning  xarid  qilish  quvvatini  pasayishiga  va  kursining 

pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi. 

Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi 

import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari 

o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi. 

Import  baholari  xam  milliy  valyuta  kursini  o`zgarishi  bilan  bog`liq.  Ichki 

savdoda  va  eksportda  ulgurji  sotish  xajmi  yuqori  bo`lgan  mamlakatda,  shu 

jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan 

va  qo`llaniladi.  Boshqa  mamlakatlarda  esa,  bu  indeksga  ko`pgina  eksport 

qilinadigan tovarlar kamayadi.  

Inflyatsiyaning  holatiga  ta`sir  etuvchi  muhim  indikatorlardan  biri  –  bu 

muomaladagi  pul  massasi  (money  supply)  hisoblanadi.  Inflyatsiya  nafaqat  milliy 

valyuta  kursiga,  balki  aholi  bandligiga  ham  o`z  ta`sirini  o`tkazadi.  Misol  uchun, 

1958  yilda  angliyalik  iqtisodchi  A.Fillips  talab  inflyatsiyasining  grafik  modelini 

taqdim  etdi,  va  quyidagi  xulosaga  keldi:  (Fillips  egri  chizig`i).  Aholi  ish  xaqi  va 

nobandligi  darajalari  stavkalarining  o`zgarishi,  xususan,  butun  aholidan 

(Angliyada)  2,5-3  %  ishsiz  qolishi  narxlarning  va  ish  xaqining  o`sishini 

sekinlashtiradi.  A.  Fillips  nazariyasiga  tayangan  holda,  R.  Lipsi  quyidagi  fikrni 

oldinga  surdi:  «Inflyatsiya  darajasi  qanchalik  yuqori  bo`lsa,  ishsizlik  darajasi 

shunchalik past bo`ladi». 

Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan 

ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni 

rag`batlantiruvchi  byudjet  va  pul-kredit  bo`yicha  barcha  chora-tadbirlar  amalga 

oshiriladi.  Bu  esa,  o`z  navbatida  ishlab  chiqarishning  kengayishiga  va  yangi  ish 

o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi, 



 

51 


ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday 

manipulyatsiyaning  o`sish  sur`atlari  tezlashadi.  Buday  manipulyatsiyaviy  chora-

tadbirlar  mamlakat  iqtisodiyotiga  tushadigan  og`irliklarni  kuchaytirib,  krizis 

holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan 

takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi 

xarajatlar  qisqartiriladi  va  hokazo.  Ushbu  xolda,  narxlar  tushib,  ishsizlik  darajasi 

ko`tariladi.  Shuning  uchun  xam,  ko`pgina  davlatlar  iqtisodiyotni  boshqaruv 

instrumenti  bo`lmish  pul-kredit  siyosatini,  uning  effektivligini  «protektsionizm» 

siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar. 

Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar, 

(xom-ashyo,  yoqilg`i,  valyuta  bo`yicha)  davlatning  valyuta  siyosati,  davlatning 

boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar kiradi. 

Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  rivojlanishida  yuzaga  keluvchi  disproportsiyalar 

sababli  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  umumiy  yoki  to`xtovsiz  o`sishi  va 

natijada  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi,  oqibatida  pul  birligining 

qadrsizlanishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi.  

Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:  

a) tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida 

pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;    

b) Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; 

v) Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. 

Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga 

qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo`lish mumkin: 

---  sudraluvchi  inflyatsiya.  Baholarning  o`rtacha  yillik  o`sishi  5-10  %  dan 

oshmaydi.  Inflyatsiyaning  bu  turi  ko`proq  rivojlangan  mamlakatlarga  xos  bo`lib, 

mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4 % atrofida ham 

bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya, aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni 

rag`batlantiruvchi  omil  sifatida  namoyon  bo`lishi  mumkin.  Pulning  qiymati 

barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin:  



 

52 


--- shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi  10-100% (ba`zida 

200%  gacha)  bo`lishi  mumkin.  Inflyatsiyaning  bu  turi  rivojlanayotgan 

mamlakatlarda ko`proq uchraydi; 

--- giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib ketadi. 

Bu inflyatsiya  mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi 

va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o`zgarishi bilan bog`liq. 

       Hozirgi kunlarda Xalqaro Valyuta Fondi har qanday rivojlanish fazasiga 

ega  bo`lgan  mamlakatda  baholar  oyiga  50  %  dan  oshgan  holatni  giperinflyatsiya 

deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida milliy valyuta kursi xarid pariteti tushib 

ketadi,  baholar  kun  sayin  oshib  boradi  va  baholar  bilan  ish  xaqi  o`rtasidagi  farq 

juda  yuqori  bo`ladi.  Aholining  yashash  sharoiti  qiyinlashadi,  korxonalar  faoliyati 

yomonlashadi. Xo`jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashuv avj oladi. 

Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rastish 

mumkin:  talab  inflyatsiyasi  va  ishlab  chiqarish  bilan  bog`liq  inflyatsiya  (taklif 

inflyatsiyasi). 

Talab  inflyatsiyasi.  Inflyatsiyaning  bu  an`anaviy  turi  talab  oshib  ketganda 

yuzaga  keladi.  Ishlab  chiqarish  soxasi  aholining  talabini  to`liq  qondira  olmaydi, 

taklifga  nisbatan  talab  oshib  ketadi.  Natijada  tovarlar  bahosi  o`sadi.  Kam 

miqdordagi  tovarlarga  ko`p  miqdorda  pul  massasi  to`g`ri  keladi.Talab 

inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:  

 davlat  qarzlarining  o`sishi  («defolt»ga  olib  kelish        ehtimoli  mavjud)  va 

byudjet defitsitining mavjudligi; 

 xarbiy texnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq 

bo`lgan jarayonlar; 

 chet  el  valyutasining    mamlakatga  kirib  kelishi  va  uning  milliy  valyutaga 

almashinuvi  natijasida,  muomalada  pul  massasi  ortib  boradi,  milliy  valyutaga 

nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi; 

 xalq  xo`jaligiga  ortiqcha  kreditlar  berish  natijasida  muomalada  kredit  bilan 

bog`liq  muomala  vositalari  yuzaga  keladi.  Bular  tovar  va  xizmatlarga  bo`lgan 

talabni oshiradi; 



 

53 


 xalq  xo`jaligining  etakchi  tarmoqlarini  keragidan  ortiqcha  investitsiyalash 

ham, qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi. 

Taklif  inflyatsiyasi.  Mazkur  inflyatsiya  doimiy  ravihda  ishlab  chiarish 

infratuzilmasi  bilan  bog`liq  bo`ladi.  Bu  inflyatsiyaning  sabablari  quyidagilar 

bo`lishi mumkin: 

 har  xil  jarayonlar  va  tarkibiy  o`zgarishlar  tufayli  mehnat  unumdorligining 

pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshishi; 

 har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga 

nisbatan  ham  mehnat  unumdorligida  yuqori  ish  xaqi  olishga  imkoniyat  tug`iladi. 

Natijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi; 

 aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi. 

Inflyatsiyaning o`sishi sur`atlari quyidagicha hisoblanadi:  

Joriy yil baholar indeksi–iste`mol tovarlari  

bazis davr baho indeksi   

Inflyatsiya sur`ati = -----------------------------------------------------  x 100 % 

                                 Iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi  

      

Yuqoridagi 



formuladan 

ko`rinib 

turibdiki, 

inflyatsiya 

sur`atini 

prognozlashtirish  va  uning  foizi  ekvivalenti  darajasini  bilish  uchun  joriy  yil 

baholar  indeksidan  iste`mol  tovarlari  bazis  davr  baho  indeksini  ayirib,  sunga 

olingan  natijani  iste`mol  tovarlari  bazis  davr  baho  indeksiga  bo`lib,  100  %  ga 

ko`paytirgan  taqdirimizdagana  inflyatsiya  sur`atining  real  natijasi  kelib  chiqadi. 

Hosil  bo`lgan  yakuniy  natijadan  mamlakat  milliy  valyuta  kursini  himoyalash 

borasida  xukumatning  ma`sul  idoralari,  xususan,  Moliya  Vazirligi,  Iqtisodiyot 

Vazirligi,  Markaziy  Bank  tomonidan  bir  qator  protektsionistik  loyihalar  ishlab 

chiqiladi. 

Quyidagi  jadvalda  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  sharoitida  o`z  faoliyatlarini 

yuritayotgan  mamlaktlarda  inflyatsiya  dinamikasi  (bazis  davrga  nisbatan 

mamlakatda iste`mol va chakana narxlarining o`sishi darajasi, foizlarda (%)).     

 


 

54 


3.2 Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga 

xos xususiyatlari 

O`zbekiston  Respublikasida  milliy  valyutani  to`lov  balansining  joriy 

operatsiyalarga  bo`lishi  bo`yicha  xorijiy  valyutalarga  erkin  almashtirishni  joriy 

qilinganligi  milliy  valyutaning  almashuv  kursidan  pul  siyosatining  indikatori 

sifatida    foydalanish  imkonini  beradi.  Bizning  fikrimizcha,  Respublika  markaziy 

bankining  so`mning  almashuv  kursiga  bevosita  ta`sir  etishi  imkonining 

mavjudligiga  va  bundan  buyon  kurs  siyosatini  bozor  tamoyillari  asosida  amalga 

oshirilishi almashuv kursidan monetor indikator sifatida foydalanishning maqsadga 

muvofiqligini belgilaydi. 

Inflyatsiya darajasidan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish amaliyotda 

mavjud  bo`lgan  xodisalardan  biridir.  Masalan:  Kanada,  Yangi  Zellandiya, 

Avstraliya, Finlyandiya, Ispaniya davlatlarida inflyatsiyadan oraliq nishon sifatida 

foydalaniladi.  Bunda  mamlakatlarning  o`zaro  farq  qiladigan  jihati  shundaki, 

birinchidan,  ayrim  mamlakatlar  inflyatsiyadan  qisqa  muddatli  vaqt  oraliqlarida, 

ayrimlari  esa  uzoq  muddat  mobaynida  maqsadli  ko`rsatkich  sifatidan 

foydalaniladi;  ikkinchidan,  ayrim  davlatlar  darajasini  olishdi,  ayrimlari  esa, 

ma`lum  yo`lakcha  shaklida  inflyatsiyadan  maqsadli  ko`rsatkich  sifatida 

foydalanish. 

Empirk  izlanishlar  natijasi  shuni  ko`rsatadiki,  inflyatsiyadan  maqsadli 

ko`rsatkich  sifatida  foydalanilgan  davlatlarining  sezilarli  qismda  bu  ko`rsatkich 

inflyatsiya sur`atlarini pasaytirishni rag`batlantirish maqsadida qo`llaniladi. Aynan, 

kanada  va  Yangi  Zelandiyada  inflyatsiya  ko`rsatkichidan  ana  shu  maqsadda 

foydalanishdi va belgilangan ko`rsatkichga erishish maqsadida Kanadada bir yarim 

yil, Yangi Zelandiyada esa bir yil muddat belgilab olindi. Har ikkala mamlakatda 

belgilangan muddat mobaynida inflyatsiyaning belgilangan darajasiga erishildi. 

Fikrimizcha, inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish uchun 

asosan  ikki  shart  –  sharoit  mavjud  bo`lishi  lozim.  Birinchidan,  soliq  –  byudjet 

siyosati    pul  –  kredit  siyosatiga    ustun  darajada  ta`sir  ko`rsatmasligi  lozim. 

Ikkinchidan,  Markaziy  bank  almashuv  kursi  yoki  pul  massasining  o`sishi 


 

55 


ko`rsatkichdan  asosiy  indikator  sifatida  foydalanmasligi  lozim.  Ayniqsa,  milliy 

valyutaning almashuv kursi va inflyatsiya ko`rsatkich indikator sifatida bir – birini  

inkor qiluvchi kotegoriyalardir. 

 

O`zbekiston  Respublikasida  milliy  iqtisodiyot  rivojlantirishning  hozirgi 



holatida inflyatsiyadan maqsadli ko`rsatkich sifatida foydalanish uchun etarli shart 

– sharoit   mavjud emas  ya`ni, birinchidan, Markaziy bank kreditlaridan hukumat 

xarajatlarini  moliyalashtirish  maqsadida  faol  tarzda  foydalanmoqda;  ikkinchidan, 

mamlakat  iste`mol  bozorida  asosiy  tovar  pozitsiyalari  bo`yicha  baholarning 

sezilarli tarzda o`sishi kuzatilmoqda. Ushbu holatlar Markaziy bankka inflyatsiyani 

belgilangan  darajasiga  erishish  imkonini  bermaydi.  Iqtisodiy  islohatlarni 

chuqurlashtirishning  ustuvor  vazifalari  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  davlat 

boshqaruvchilik  funktsiyasini  qisqartirish  va  uning  iqtisodiyotga  aralashuvini 

cheklashdan  iborat.  Shu  bilan  birgalikda  malmakatda  ishlab  chiqarishni 

shakllantirish  va  rivojlantirish,  byudjet  -  soliq  siyosati  yaxlitligini  ta`minlash, 

byuddjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun,avvalo, 

pul  -  kredit  siyosatini  to`g`ri,  oqilona  ishlab  chiqarish  va  massasining  o`sishi, 

milliy  valyutaning  almashuv  kursi,  inflyatsiya  darajasi  ko`rsatkichlardan  faol 

tarzda foydalanilmoqda. 

 

M.Fridmen,  M.Shvarts  kabi  monetarizining  taniqli  namoyondalari  monetor 



indiktor  sifatida  pul  massaning  o`sish  ko`rsatkichidan  foydalanishni  tashkil 

qilganlar. 

 

Bozor  munosabatlariga  o`tayotgan  davlatlar,  shu  jumladan,  Markaziy  va 



Sharqiy  evropa  davlatlarida  orqali  nishon    sifatida  milliy  valyutaning  almashuv 

kursi  ko`rsatkichlardan  pul  siyosatining  indikatori  sifatida  foydalanish  hollari  bir 

necha  bor  kuzatiladi.  Milliy  valyutaning  almashuv  kursidan  indikator  sifatida 

foydalanishning  afzalligini  isbotlovchi  muhim  dalillardan  biri  shundaki,  iqtisodiy 

islohatlarning  boshlanishi  davrlarda  pullarga  bo`lgan  talabning  nihoyatda 

nobarqarorligi pul massasi, inflyatsiya kabi kategoriyalardan maqsadli ko`rsatkich 

sifatida foydalanish imkonini bermaydi. 


 

56 


O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 1998-

2013 yy. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %) 

jadval 3 

Yillar 


Iste`mol baholar 

indeksi (IBI), 

jamlangan 

Oziq-ovqat 

tovarlari 

Nooziq-ovqat 

tovarlari 

Xizmatlar 

1998 

249,5 


252,7 

185,0 


465,2 

1999 


54,0 

99,3 


31,9 

100,9 


2000 

58,8 


55,2 

65,1 


71,4 

2006 


17,9 

12,6 


18,8 

52,6 


2007 

29,1 


25,6 

33,7 


43,8 

2008 


24,9 

18,9 


36,6 

47,1 


2009 

27,4 


27,9 

21,1 


36,9 

2010 


27,6 

28,0 


19,3 

41,3 


2011 

10,3 


5,4 

13,9 


30,9 

2012 


12,4 

8,5 


15,6 

30,1 


2013 

0,7 


-6,4 

7,2 


26,6 

 

 



Qat`iy  belgilangan  almashuv  kursini  joriy  qilish  ma`lum  darajada  inflyatsiyani 

jilovlab turish imkonini beradi, ammo uning moslashuvgan bo`lmaganligi sababli, 

inflyatsiyani  pasayish  sur`atlari  sekin  kechadi.  Agar  mamlakatda  belgilangan 

nominal    almashuv  kursi  mavjud  bo`lgan  sharoitda  inflyatsiya  darajasi  savdo 

sheriklari bo`lgan mamlakatlardagiga nisbatan yuqori bo`lsa, u holda bu mamlakat 

valyutasining real almashuv kursi oshadi. Bunday sharoitda unumdorligini tegishli 

ravishda oshmasligi mamlakat korxonalari tashqi raqobatbardoshligiga jiddiy putur 

etkazadi  va  iqtisodiy  o`sishni  jilovlaydi.  Halqaro  amaliyotda  aynan  shunday  bir 

nechta  mamlakatlarda  kuzatiladi.  Masalan,  1996  yilning  oxirida  Chexiya 

respublikasida  iqtisodiy  o`sish  sur`atlarining  pasayishi  kuzatiladi.  Bu  holatning 

sabablari  tahlil  qilinganda  shu  narsa  ma`lum  bo`ldiki,  mamlakatda  real  ish 


 

57 


hakining    o`sish  sur`atlaridan  yuqori  bo`lgan  mamlakatning  eksport  sohasida 

turg`unlik alomatlari paydo bo`ldi. 

 

Odatda, eksport sohasida hukumati tomonidan milliy valyutaning almashuv 



kursini  deval`vatsiya  qilinishiga  olib  keladi.  Ammo  inflyatsiyani  kuchaytiruvchi 

manbadir. 

 

Makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishilgan  paytda  suzib  yuruvchi  almashuv 



kursi  markaziy  bankka,  mamlakatning  xo`jalik  sub`ektlariga  ichki  va  tashqi 

iqtisodiy  sharoitlar  natijasida  favqulodda  yuzaga  keladigan  o`zgarishlarga 

moslashish  imkonini  berishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  suzib  yuruvchi  almashuv 

kurslari  mamlakatga  xorijiy  kapitallarni  oqib  kelishini  kuchaytirish  mumkin, 

buning  natijasida  esa  milliy  valyutaning  almashuv  kursi  ko`tariladi,  va  bu  holat, 

uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida 

foydalanmaslik  (kursning  o`zgarishiga  befarq  munosabatda  bo`lish)  inflyatsiya 

jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin. 

 

Bayon  qilingan  fikr-mulohazalarga  asoslangan  holda  quydagi  xulosani 



shakllantirish  mumkin:  suzib  yuruvchi  valyuta  kursi  rejimida  inflyatsiyaning 

o`sishi real almashuv kursining oshirishiga olib kelishi mumkin, bu esa, mamlakat 

korxonalarininng  eksport  salohiyatiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Shu  sababli,  milliy 

valyuta  kursiga  nisbatan  mezilarli  taziq  yuzaga  kelsa,  u  holda  milliy  valyutani 

vaqti    -  vaqti  Bilan  deval`vatsiya  qilib  turish  lozim.  Agar  mamlakatda  milliy 

valyuta  kursiga  nisbatan  valyuta  yo`lakchasi  joriy  qilingan  bo`lsa,  u  holda  milliy 

valyutaning yo`lakchada tebranish diapazonini kengaytirish lozim. 

Baholar  va  inflyatsiya.  Birinchi  yarim  yillikda  O`zMB  tomonidan 

respublikada  qat`iy  pul-kredit  siyosatining  amalga  oshirilishi  o`rtacha  oylik 

inflyatsiya darajasining 0,7% dan – 0,1%ga kamayishiga sabab bo`ldi. (jadvallar). 

Mazkur  davr  moboynida  inflyatsiyaning  umumiy  hajmiga  pullik  xizmatlarga 

tariflarning  pasayishi,  nooziq  –  ovqat  mahsulotlariga  narxlarning  pasayishi  ta`sir 

qildi.  Oxirgi  yillarda  birinchi  marotaba  oziq  ovqat  mahsulotlariga  narxlarning 

pasayishi kuzatildi(-4,4%) 

 


 

58 


 

2012 – 2013 yillar birinchi choragida inflyatsiya darajasi. (baholarning 

o`sishi, %) 

jadval 4 

 

O`rtacha oylik 



daraja 

O`tgan yilning dekabr` oyiga 

nisbatan 

07/I-II 


08/I-II 

07/I-II 


08/I-II 

IBI 


0,7 

-0,1 


4,2 

-0,8 


Oziq-ovqat tovarlari 

0,4 


-0,7 

2,5 


-4,4 

Nooziq-ovqat tovarlari 

0,8 

0,4 


5,0 

2,4 


Xizmatlar  

1,8 


1,6 

11,4 


10,0 

 

Hududlar miqyosida iste`mol narxlari indeksining o`sishi birgina Samarqand 



viloyatida (0,04%) qolgan barcha viloyatlarda esa pasayishi kuzatildi  


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling