Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi
Mesopotamiyaning Er, av. Ш—I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari
Download 0.56 Mb.
|
mesapotamiya tarixshunosligi to\'g\'ri
2.3.Mesopotamiyaning Er, av. Ш—I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari
Er, av. Ш—I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo'jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesoptamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. av. III—II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlar ko'plab topilgan. Eng qadimgi hujjatlar (er.av. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o'qilmagan. Lagashdan er.av. III ming yillikka oid xo'jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.av. II ming yillikka oid ko'pgina xo'jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.av. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. av. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. av. XII—XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. av. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.av. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir. Huquqiy hujjatlar Huquqiy hujjatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko'pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. av. Ill ming yillikning oxiri), er.av. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.av. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to'plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.av. II ming yillik o'rtalariga oid Osuriyaning yoki o'rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Diplomatik hujjatlar Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. av. XXIV asrga oid Lagash va Umma o'rtasidagi chegara janjali to'g'risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. av. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o'rtasidagi shartnoma, er.av. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.av. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to'g'risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Tarixiy mazmundagi yozuvlar Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.av. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo'shni Umma bilan kurashi to'g'risida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. av. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. av. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag'ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. av. XXIII asr) Elamga yurishlari to'g'risidagi yozuvbri va «Manishtun obeliski «da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko'payishi to'g'risida ma'lumot berilgan. Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko'p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.av. 714-yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot ber avchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.av. IV—III asarlarda paydo bo'ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi kohini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to'fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o'rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma'lumotlar orqali yetib kelgan. Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari Uruk podshosi Jmerkar to'g'risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.av. Ill ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo'lishi uchun kurashi to'g'risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to'g'risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. av. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling