Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo'yicha asosiy manbalar


Download 0.56 Mb.
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1496723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mesapotamiya tarixshunosligi to\'g\'ri

2.2.Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo'yicha asosiy manbalar
Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan hisoblangan mesopotamiya uzoq vaqt hatto asrimizning boshlarida ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.Malumki, sharq mamlakatlari, shuningdek, qadimgi mesopotamiya tarixini ham turli manbalarga asoslanib o’rganiladi. Qadimgi Mesopotamiya o’zining xilma-xil tarixiy manbalariga ega.Qadimgi mesopotamiya tarixi bo’yicha asosiy manbalar bu moddoy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antic mualliflar asalrlari hisoblanadi. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma’lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo’jalik inshoatlari, san’at asarlari va uy anjomlari topilgan.
Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan mill. Avv III-II ming yilliklarga oid silindirsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlar ko’plab topilgan. Eng qadimgi hujjatlar (mill.avv III ming yillik boshlari) Uruk va JamdatNasdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o’qilmagandir. Lagashdan mill.avv III ming yillikka oid xo’jalik topilgan.
Ayniqsa, mill.avv II ming yillikka oid ko’pgina xo’jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi qultepadan mill.avv II ming yillikka oid Osuriya va amorey savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; mill.avv II ming yillikka oid Nppur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda “ Murashu uyi”dan topilgan mill.avv V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir. Huquqiy hujjatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklaming ko‘pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul’ga qonunlari, (mill.avv III ming yillikning oxiri), mill.avv XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan.
1842-yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko‘ra Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bolgan. Ammo te- palikni qazish aytarli natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog’ida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo’ldi. 1845-1847 yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho‘kiz, odam-sher haykallari bo’lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (mill.avv VII asr) saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to’la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyyard topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq kolleksiyasining asosi bo’ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi. Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda mill.avv IX asrga oid Osuriya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita, Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko‘p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo'jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat kutubxona, saroy, maktab, bozor, do'konlar uy-joylar va xo‘jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlarga qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy qatlamlami yo'qotishga olib keldi. XX asrning boshlaridan arxeologik izlanishlar qat’iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi Koldevey, Bag'dod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899-1917 yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II (mill.avv VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko‘chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903-1914 yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib ochdi. 1933-1939 yillar fransuz Parro qadimgi Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (mill.avv II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo'jalik- diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922- 1924 yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma’buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu mill.avv III ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar.
XIX asrning 50-80 yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o‘rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo’lgan paleo- lit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgoh- lari) yodgorliklari o‘rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e’lon qildilar.
Mill.avv II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to‘plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Mill.avv II ming yillik o‘rtalariga oid Osuriyaning yoki o‘rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan mill.avv XXIV asrga oid Lagash va Umma o‘rtasidagi chegara janjali to‘g‘risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Mill.avv XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o‘rtasidagi shartnoma, mill.avv II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Mill.avv II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to‘g‘risida boy ma’lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.
Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yozuvlar qoldirdilar. Eng batafsil ma’lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (mill.avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko‘p yillar Eronda bo’lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o‘rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an’analarga asoslangan bo’lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko‘pligi uchraydi. Mill.avv V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo‘shinida askar bo’lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Strabonning «Geografiya»sida (mill.avv I asr-milodiy I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag’ishlanib boy ma’lumotlar beradi.
Mesopotamiya tarixi bo‘yicha bir qancha ma’lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo'yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling