Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat unversiteti
Download 33.62 Kb.
|
O`rtа Оsiyo hay-WPS Office
I.2.Cho’l hayvonlari.
Cho’lning hayvonlari juda g’alati bo’ladi. Chunki cho’l hayvonlarining ko’pchiligi qurg’oqchilikka va baland haroratga, qumli, gilli, sho’rxokli va toshli yerlarda yashashga o’rgangan. Ba’zilari suvni nihoyatda oz talab etsa, ba’zilari avji issiq yozda uyquga ketadi. Ba’zi birlari tushki jazirama issiqda uyalariga berkinib oladi, kechalari ovqat izlab tashqariga chiqadi, bularni tungi hayvonlar deyish mumkin. Ba’zi bir boshqa hayvonlar esa quduqlarda, g’orlarda umuman soya-salqin yerlarga kirib oladi. Qumda yashayotgan ko’pgina hayvonlarning oyog’i qum ustida tez yurishga moslashgan. Cho’l hayvonlarining tusi ham o’sha yerga moslashgan, masalan, qum hayvoni malla rangda, taqir hayvonni bo’z rangda, toshloq hayvoni olachipor tusda bo’ladi.Shimoliy cho’l zonachasining hayvonlari asosan chala cho’lnikiga o’xshaydi, lekin ba’zilarigina undan farq qiladi. Masalan, yozda uyquga kiradigan chala cho’l malla yumronqozig’i, gilli tuproqqa moslashgan. Mug’ojar yumronqozig’i, katta va kichik qo’shoyoq, quyon bu yerda ham yashaydi.Ingichka barmoqli qum yumronqozig’i cho’lning hamma yerida uchraydi, u sochilma qumlar ustida tez chopadi. Bunday yumronqoziqlar uzun oyoq va tirnoqlari bilan barxanlarda yakka-yakka yoki turkum-turkum bo’lib katta in qaziydi. Ular qishki uyquga kirmaydi, chunki juni o’sib qalinlashadi va sovuqdan saqlaydi, ular asosan qo’ng’irbosh bilan oziqlanadi.Do’ng qumlar orasidagi chuqurchalarda katta qum sichqonlari to’p-to’p bo’lib yashaydi. Qum sichqoni tuproqni shu qadar ilma-teshik qilib yuboradiki, hatto oyiq bosib turishga ham joy topa olmaysiz. Qum sichqoni qishda, umuman ob-havo noqulay vaqtda uyasidan tashqariga chiqmaydi, chunki qishga juda ko’p yemish tayyorlaydi. Qum sichqonlarining zarari katta. Ular tuproqni yumshatadi, buing natijasida tuproq quriy boshlaydi, qumlarning ko’chib yurishiga imkon tug’iladi, buta va saksovullar qurib qoladi.Qumlarda urug’, ildiz, ildiztanacha, o’t va shuningdek, hasharotlar bilan oziqlanadigan tungi hayvonlardan qo’shoyoqlarning bir necha turi bor. Qo’shoyoqlar lola piyozchalarini yeb, chanqovlarini bosadi. Ba’zan quyon ham uchraydi.Qum cho’llarda yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, barxan mushugi va boshqalar yashaydi. Cho’lning eng yirik va chidamli uy hayvoni tuyadir.Ustyurtda qadimda qulon, oqquyruq va jayron nihoyatda ko’p edi, endi esa oqquyruq bilan jayrongina qolgan, lekin ular ham kam. Ustyurtning janubiy va g’arbiy chink yoqalarida ba’zan yovvoyi qo’yni ko’rish mumkin. Qum cho’llarida jayron ham yashaydi, lekin oqquyruq bilan qulon nihoyatda oz. qulon Badxiz atroflarida bir oz qolgan va uni qo’riqlash hamda ko’paytirish, shuningdek, ot bilan chatishtirib qo’lga o’rgatish maqsadida Badxiz davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan. Qizilqum saksovulzorlari orasida O’rta osiyo bug’usi-xongul yashaydi. Download 33.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling