Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat unversiteti
ll.BOB. To’qay va daraxtzor hayvonlari
Download 33.62 Kb.
|
O`rtа Оsiyo hay-WPS Office
ll.BOB. To’qay va daraxtzor hayvonlari
Il.1. To‘qay hayvonlari. Baday – To‘qay qo‘riqxonasi 8494Mamlakatimizning janubi-sharqida, Amudaryo sohilida noyob to‘qay qo‘riqxonalari mavjud. Baday-To‘qay qo‘riqxonasi shular jumlasidandir. Ushbu hudud 70-yillarda Amudaryo sohilidagi to‘qay o‘rmonlarini muhofaza qilish va Buxoro bug‘ularining yashash joylarini tiklash uchun yaratilgan edi.Baday-To‘qay qo‘riqxonasining maydoni 6462 gektarni tashkil etadi.O‘simlik va hayvonot dunyosiQo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va dasht yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.To’qay va daraxtzorlardagi hayvonlarning turi va yashash sharoiti butunlay boshqacha, Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chuv, Sarisuv daryolarining sersuv qayirlaridagi qalin to’qay va daraxtzorlarda har xil hayvonlar yashaydi. To’qaylarning tipik hayvonlari to’ng’iz, yovvoyi cho’chqa, bug’i, yo’lbars, to’qay mushugidir. Cho’chqa shilliqqurt, qurbaqalarni terib yeydi, kuzda esa daraxtlarni paynon qilib, ekinlarni yeb yuradi. Biroz janubroqdagi rayonlarda bug’u-konchul uchraydi.Yirtqich hayvonlarning qo’ng’ir-malla juni qalin va boshqa o’simliklar orasida mutlaqo bilinmaydi. Yo’lbars ilgari Amudaryo, Vaxsh va Ili daryo to’qaylaridagina onda-sonda uchrab turadi. Yo’lbars, to’ng’iz va bug’u ovlab hayot kechiradi. To’qay mushugi, botqoq silovsini, qoplon, suv atroflaridagi qalin butazorlarda yashab kechayu-kunduz o’rdak, g’oz, qirg’ovul, quyonlar ovlaydi. To’qaylarda quyon, suv kalamushi, sichqon, chiyabo’rilar, qirg’ovul, ko’ktarg’oz, mayqurt, karqupoq, chumcuq ham nihoyatda ko’p. Ba’zi bir qushlar chunonchi, qoravoy qishda Afrikaga, Janubiy va Sharqiy Osiyoga, Avstraliyaga uchib ketadi. Suvli yerlarda o’rdak, g’oz, loyxo’rak, baliqchi, baklan, saqoqush, flamingo nihoyatda ko’p. to’qaylarda qurbaqalar ko’p, chigirtka va chivinlar ham oz emas. Esenquli qo’riqxonasining asosiy maqsadi ovlanadigan eng muhim suv parrandalarining qishlashi uchun muvofiq sharoit yaratish va ularni qo’riqlash hamda mamlakatimizda kamdan-kam bo’lgan flamingo, kaklich-to’rach, oqqo’ton, Kaspiy tovug’i, Eron qirg’ovuli kabi mahalliy qushlar va bilologiyasini o’rganishdan iborat. Hayvon va parrandalarni qo’riqlash mobaynida Amudaryo davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan edi. Endi bu qo’riqxonani qaytadan tiklash maqsadga muvofiqdir.Tog’li o’lkaning hayvonlari chala cho’l vertikal mintaqalarining hayvonlari cho’lning hayvonlaridan kamroq farq qiladi. Chala cho’lda ham asosan qo’shoyoq, malla yumronqoziq, sug’ur, qum sichqoni va dala sichqonlaridan iborat, kemiruvchilar yashaydi. Bu yerda yashaydigan menzbir sug’urining tuk-qo’ng’ir mo’ynasi qimmatlidir. G’arbiy Tyanshan tog’lariga 1953 yilda keltirilgan mo’ynali hayvonot iqlimiga moslashib tobora ko’payib bormoqda. Yirtqich hayvonlardan tulki, bo’ri, bo’rsiq ko’p uchraydi, yirik tuyoqlilardan yovvoyi qo’y va jayron bor. Parrandalardan so’fito’rg’ay, bo’zdak, ko’kqarg’a, kaklik kabi qushlar g’oyat ko’p. kaltakesaklarning turli xil turlari bor. Chunonchi Turkiston agamasi kaltakesagini hamma joyda uchratish mumkin.Tog’ quruq dashtlarda va cho’llarda tulki, bo’ri, jayra, sirtlon uchraydi ammo bu mintaqada qo’shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq singari tipik cho’l hayvonlari yo’q.Bargli o’rmonlar mintaqasida jayra, ayiq, to’ng’iz, tyanshan bug’usi uchraydi. Ammo to’ng’iz daryolar quyi qismidagi to’qayzorlardan tortib to Norin daryosining bosh qismiga (3300 m) qadar bo’lgan yerlarda, bo’rsiq esa cho’lda yashaydi. Ayiq va to’ng’izlar kuzda olma pishig’ida keladi. Ba’zan elik ham kelib qoladi. Bu mintaqaga xos bo’lgan parrandalar jannat hasharotxo’ri (ko’proq yong’oqzorda yashaydigan chumchuqsimon qush), kaptar, moyqut, oq boshli sa’va, bulbul va boshqa qushlardir. Ba’zi chakalakzorlarda qirg’ovul galalari uchraydi. Umuman tog’ o’rmonlari qushlarga boy. Qumri, gurrak, zarg’aldoq, kaklik, sa’va, chittak kabi sayroqi qushlar tovushlari yangrab turadi. Bulardan tashqari tog’larda qarqunoq, qizilquyruq, bulbul, tog’ chumchug’I va boshqa qushlar ko’pdir.Yel-pixta o’rmonlarida elik, maral-bug’u, yirtqich hayvonlardan silovsin, tosh suvsari, oqsichqon, Turkiston yirtqich maygasi yashaydi. Bulardan tashqari ayiq, manul-mushuk ham uchraydi. Siyrak archazorlarda toshlar orasida manul-mushuk (Yettisuvda) ham uchraydi. Siyrak archazorlarda toshlar orasida o’rmon sichqonlari va tog’ sichqonlari, katta toshlar tagidagi kovaklarda pishchuxalar yashaydi. Kichik yirtqich hayvonlar bu yerda ham bor, ular kemiruvchilar bilan ovqatlanadi. Yirtqich hayvonlar ingichka va ixcham gavdalari toshlar orasidagi kovakka bemalol sig’adi va ular yerdan o’lja topib oladilar. Archazorlarda uchraydigan parrandalar tumshug’i yo’g’on boltatumshuq, tog’ sariq chumchug’i, chittak va kakligidir. Boltatumshuq olachipor qushcha bo’lib, archa urug’larini yeydi. U yettsuvda yel o’rmonlarida ham yashaydi. Yettsuvda shimol parrandalaridan tyanshan yeli urug’lari bilan ozqilanuvchi kedrovkani (yong’oq qushi), to’qay chumchuq snigir va chittakni, uchbarmoqli qizilishtonni ko’rish mumkin. Chkalaklarda qur, musicha, qorayaloq, boyo’g’li kabi qushlar bor.Subalp va alp tipidagi landshaftlarning o’ziga xos ajoyib hayvonlari bor. Qoyali dalalarda va toshloq vodiylarda, Markaziy Osiyo tog’ takasi va kiyigi yashaydi. Tog’ takasi doimiy qor chegarasida ham uchraydi, tog’ kiyigi esa 2500 m balandlikda ham uchraydi. Baland tog’larning betaga dashtlarida tog’ qo’ylari-arxar va muflon podalari o’tlab yuradi. Tog’li o’lkalarning janubiy qismidagi pastroq vodiylarda burama shoxli taka podalari uchraydi. Bu yerning tipik kemiruvchisi qizil sug’urdir. Sug’urlar 2000-4500 m balandlikda to’da-to’da bo’lib yashaydi va o’z hayotini ko’p qismini uyquda o’tkazadi. Farg’onaning baland tog’li betaga dashtlarida kichik relikt yumronqoziq bor. Kemiruvchilardan yana tog’ sichqonlarini ko’rsatish mumkin. Qor qoploni tog’ takalari va qo’ylarini, sug’urlarni ovlab baland tog’largacha chiqib boradi. Tyanshan ayig’i tog’larda sug’urlar, o’tlar bilan oziqlanadi, tog’olcha, olcha, olma, o’rik kabi mevlar pishganda vodiylarga tushib ularni yeydi. Ba’zan bu mintaqaga bo’ri va tulki ham chiqadi. Subalp va alp tipidagi mintaqada Himolay qora kurkasi bor. Tyanshan va Pomir alp mintaqasida Janubiy Yevropa va Janubiy Osiyoning tog’ zag’chasi ham ko’p. Tog’ to’rg’ayi, alp chumchuqsimon qushi, yurok kabi qushlar alp tipidagi mintaqaga mosdir. Yirtqich qushlardan boltayutar bor.Tog’li o’lkaning hayvonlari chala cho’l vertikal mintaqalarining hayvonlari cho’lning hayvonlaridan kamroq farq qiladi. Chala cho’lda ham asosan qo’shoyoq, malla yumronqoziq, sug’ur, qum sichqoni va dala sichqonlaridan iborat, kemiruvchilar yashaydi. Bu yerda yashaydigan menzbir sug’urining tuk-qo’ng’ir mo’ynasi qimmatlidir. G’arbiy Tyanshan tog’lariga 1953 yilda keltirilgan mo’ynali hayvonot iqlimiga moslashib tobora ko’payib bormoqda. Yirtqich hayvonlardan tulki, bo’ri, bo’rsiq ko’p uchraydi, yirik tuyoqlilardan yovvoyi qo’y va jayron bor. Parrandalardan so’fito’rg’ay, bo’zdak, ko’kqarg’a, kaklik kabi qushlar g’oyat ko’p. kaltakesaklarning turli xil turlari bor. Chunonchi Turkiston agamasi kaltakesagini hamma joyda uchratish mumkin.Tog’ quruq dashtlarda va cho’llarda tulki, bo’ri, jayra, sirtlon uchraydi ammo bu mintaqada qo’shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq singari tipik cho’l hayvonlari yo’q Download 33.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling