Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat unversiteti


Qum cho’llar sudralib yuruvchilar makoni


Download 33.62 Kb.
bet4/8
Sana25.02.2023
Hajmi33.62 Kb.
#1230352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`rtа Оsiyo hay-WPS Office

Qum cho’llar sudralib yuruvchilar makoni. U yerda toshbaqa va kaltakesaklar g’oyat ko’p. Ko’pchilik kaltakesaklarning gavdasi cho’ziq va ingichka, qo’l oyoqlari uzun, qumda nihoyatda tez chopishga va qum ichiga ko’milib ketishga moslashgan epchil hayvon. Katta quloqli dumaloqbosh kaltakesak kunduzgi hayvon. U kunning issiq vaqtida harorat pastroq, sershabada qum tepalariga chiqib oladi. Dumalaoqbosh kalatakesak hasharot hamda kichik kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Bu kalatakesakning qum tusida bo’lishi uni dushmandannsaqlaydi.Qumda oddiy kaltakesaklardan Turkiston agamasi ham bor. U yrik kaltakesak bo’lib, kunning jazirama issig’idan saqlanish uchun buta yoki saksovul chiqib, xuddi o’likdek qotib turadi, chunki 2 m balandda harorat soyadagi tuproq haroratidan 100, quyosh nuri tegib turgan tuproq haraoratidan esa 20-300 past bo’ladi. Turkiston agamasi kunning boshqa vaqtlarida taqirlar atrofidagi saksovulzorlarda va yulg’unlar orasida yashaydi. O’rta Osiyo agamasi joyga qarab tusini o’zgartirib turadi. Qum cho’lida boshqa kaltakesaklardan tangachalar bilan qopangan ajoyib tungi ssink gekkoni,.kurak barmoqli gekkon, chopqir, chipor kaltakesakachlar ham bor. Kaltakesaklarning eng kattasi bo’z echkemar varandir, uning uzunligi 1,5 m dan oshadi. U qumda sang’ib yurib, kaltakesak, ilon, qushcha, har xil tuxumlar va mayda sut emizuvchi hayvonlarni, chigirtka, falang kabi hasharotlarni tutib yeydi. U faqat havo issiq vaqtda yuradi, harorat 150 bo’lganda badani uvishadi, 100 bo’lganda esa to’lg’ib qoladi. Varan yomon tishlaydi va uzun kuchli dumi bilan qattiq uradi. Ilonlar qumda yashovchi tipik hayvonlardir. Ilonlar ham kaltakesaklar singari, birdaniga qumga kirib keta oladi va qumda tez chopadi. Qumli cho’lda uzunligi 1m dan ortiq keladigan bo’g’ma ilon ko’p. u zaharsiz bo’lib, hasharot, kaltakesak, qush bolalari hamda mayday hayvonlarni tutib yeydi va nihoyatda tezlik bilan qunga kirib ketadi. Kobra katta ilon bo’lib, uzunligi 1,5-2 m keladi. U Kopetdog’, Hisor, Zarafshon, Nurota va boshqa tog’ etaklarida, Qoraqum, Badxiz, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llarida ko’p uchraydi. Kobraning ko’zi ostida ko’zoynaksimon belgisi bo’lib uni ko’zoynakli ilon deb ham atashadi. Kobra chaqqan kishini o’ldiradi. Kobra zaharidan tayyorlangan dorilar bilan ayrim kasalliklarni davolash mumkin.Gurza iloni tog’ oldi zonalarida ko’p uchraydigan zaharli ilon bo’lib, uzunligi 1,5 m keladi. Gurza chaqqanda tezda tibbiy yordam ko’rsatilmasa odam halok bo’lishi mumkin.Ba’zi yerlarda uzunligi 50-60 sm keladigan va u qadar xavfli bo’lmagan qora ilon uchrab turadi.O’rta Osiyo qum cho’llari kaltakesaklarning turlari jihatidan sharqiy Eron va Afg’onistonning qo’shni rayonlari bilan birgalikda bitta faunistik oblast hisoblanadi, lekin bu cho’llarning o’ziga xos umumiy endemic turlari ham bor. Qum cho’llarida 22 xil kaltakesakning 13 xili endemikdir. Cho’l toshbaqasi, katta quloqli dumaloq bosh kaltakesak, kurak barmoqli gekkon, turkiston agamasi, qu bo’g’ma iloni endemik turlardan hisoblanadi. Boshqa joylardan kelgan endemik turlar ham bor. Masalan, bo’z tusli echkemar-varan yoki efa iloni Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho’llarida ham nihoyatda ko’p, chopqir kaltakesak-gekkon Markaziy Osiyoda ham yashaydi.Qum cho’llarida o’rgimchaksimonlardan qoraqurt, falanga, chayon kabi hasharotlar ko’p. Qoraqum cho’lidagi Rapatak stansiyasi yaqinida qum cho’li davlat qoriqxonasi tashkil etilgan. Qo’riqxona cho’lni xo’jalik jihatdan o’zlashtirish maqsadida ko’p yillardan beri katta ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqda. Qo’riqxonada tuproq gruntning suv rejimi, barxanlarning o’simliklar bilan mustahkamlanish jarayoni, saksovul va boshqa daraxtlarning o’sish va qaytadan o’sib chiqish sharoitlari o’rganilmoqda va fenologik kuzatishlar o’tkazilmoqda. Tog’ oldi tekisliklarida efemer o’sadigan dashtlarda ham xilma-xil hayvonlarni, ayniqsa uyasidan chiqib har yerda sang’ib yurgan son-sanoqsiz toshbaqalar ham yugurib yurgan malla yumronqoziqlarni har odimda ko’rish mumkin. Dasht va cho’llarda tog’ oldi zonalarda yirtqichlardan bo’ri ham uchraydi. U qishda quyi zonalarda, yozda esa yuqori zonalarda kezib yuradi.

Download 33.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling