Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Fizika fakulteti 3 b el tex studanti Abdullayev Shohnurning Qoraqalpogʻiston tarixi fanidan slayd ishi Savitskiy Igor Vitalyevich


Download 206.06 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi206.06 Kb.
#1006926
Bog'liq
Igor Savetskiy


Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Fizika fakulteti 3 B El tex studanti Abdullayev Shohnurning Qoraqalpogʻiston tarixi fanidan slayd ishi
Savitskiy Igor Vitalyevich
Tavallud topgan sana: 4 avgust 1915 yil
Vafot etgan sana: 27 iyul 1984 yil
Tug'ilgan joy:Kiyev
Yo'nalishlar: Rassomlar
Igor Vitalyevich Savitskiy — sovet rassomi, ta’mirchi, etnograf, san’atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori (“O‘rta Osiyoning Tretyakov” muzeyi), O‘rta Osiyoda rus madaniyatining birinchi jonbozlaridan
Igor Vitalyevich Savitskiy 1915 yil huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan. Uning otasining kelib chiqishi (dodasi polyaklar oilasidan, buvisi yahudiylardan kelib chiqqan) polyak va yahudiylardan bo‘lgan. Onasi tarafdan dodasi - Timofey Dmitriyevich Florinskiy taniqli rus slavyanshunosi, Kiyev universiteti professori, Rossiya Fanlar Akademiyasining muxbir-a’zosi, ko‘plab kitoblar muallifi bo‘lib, o‘zining ilmiy maktabini yaratgan.
Igor Savitskiy bolaligida yaxshi ta’lim oladi, fratsuzs tilida erkin so‘zlashadi, zotan, uyidagi tarbiyachi ayol fransuzs millatiga tegishli bo‘lgan. Igorning ota-onasi tez-tez xorijda, Ovrupada bo‘lishadi, Fransiyaning madaniy hayotidan doim boxabar bo‘lishgan va farzandlarida ham bolalikdan yuksak did shakllanishida o‘ziga xos hissa qo‘shishgan.
1920 yilgi inqilobdan so‘ng Igor Savitskiy ota-onasi bilan Moskvaga ko‘chib o‘tadi, bu yerda u rassomchilik bilan qiziqib qoladi. “O‘roq va bolta” zavodining fabrika-zavod oliygohida elektro‘rnatuvchi mutaxassisligiga o‘qishi davomida u moskvalik rassomlar R. Mazel va Ye. Saxnovsklardan shaxsiy darslar oladi.
1934 yildan Igor Savitskiy Moskva Poligrafiya institutining grafika fakultetida o‘qishni boshlaydi, so‘ngra, Moskva rassomchilik oliygohida o‘qishni davom ettiradi. 1938-1941 yillar Rassomlar malaka oshirish institutida o‘qib, Lev Kramarenkoning ustaxonasida dars oladi va u bilan Qrim hamda Kavkazga sayohatlar uyushtiradi.
1941 yil u Surikov nomidagi Moskva davlat universitetiga o‘qishga kiradi. Kasalligi tufayli armiya hizmatiga chaqirilmaydi, 1942 yildan 1944 yilga qadar institut tarkibida Samarqandga jo‘natiladi. Bu yerda u ilk bor O‘rta Osiyo xalqining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati, shuningdek, Robert Falk va Konstantin Istomin kabi atoqli rassomlar bilan tanishadi, Nikolay Ulyanovdan rassomchilikdan dars oladi.
1946 yilning dekabrida Igor Vitalyevich Surikov nomidagi grafika institutini “ofort” mutaxassisligi bo‘yicha yakunlaydi (diplom sanasi: 3.XII.1946).
1950 yil T. A. Jdankoning taklifi bilan O‘rta Osiyoga, to‘g‘rirog‘i, T. A. Jdanko rahbarligi ostidagi va Sergey Pavlovich Tolstov yetakchiligidagi SSSR FA Xorazm Arxeologo-Etnografik Ekspeditsiya tarkibida Qoraqalpog‘istonga kelib, qoraqalpoqcha xalq-hunarmandchilik san’ati buyumlarini o‘rganadi va jamlaydi.
Ekspeditsiyada ishlash davrida uzviy rassomchilik majburiyatlari bilan birga, Savitskiy xalq-hunarmandchilik san’ati buyumlarini to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston ovullari bo‘ylab safarlar uyushtiradi. Bu faoliyat uni shu qadar o‘ziga jalb qildiki, u barchaga kam tanish bo‘lgan, sahroning o‘rtasida, Amudaryoning quyi qismida joylashgan kam aholili qoraqalpoq san’ati bilan jiddiy qiziqa boshlaydi.
1950 yil Igor Vitalyevich butunlay Qoraqalpog‘istonga ko‘chib kelib, o‘zini qoraqalpoqlarning arxologik tadqiqaotlari va etnografiyasiga bag‘ishlaydi. Keyinroq, zamonaviy san’at asarlarini to‘plash bilan qiziqib, bu buyumlar natijada, Nukus nomidagi san’at muzeyining asosiga aylanadi. Odamlarning fikrika ko‘ra, u mahoratli to‘plovchi bo‘lgan.
1956 yildan Qoraqalpoq sanoat va madaniyat ilmiy-tadqiqiy institutining amaliy san’at bo‘limi ilmiy xodimi bo‘lgan, 1957 yildan tashkilot Majmuiy ilmiy-tadqiqot institut nomini olgan. 1959 yildan I. V. Savitskiy O‘zbekiston FA tarix, til va adabiyot institutining Qoraqalpog‘iston filialida ishlaydi, kechroq, Qoraqalpog‘iston tarix-o‘lkashunoslik muzeyida faoliyat yuritadi.
1984 yilning 27 iyulida I. V. Savitskiy uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskva kasalxonasida jon beradi. Moskvalik do‘stlari, rassomlar, san’atshunoslar u bilan Sharq xalqlari Davlat san’ati muzeyida vidolashadi. Uning tanasi Nukusdagi rus qabristoniga dafn etilib, u yerga “Go‘zallikning daho xaloskoriga mamnun avlodlardan” yodgorligi o‘rnatilgan. Ammo eng yaxshi yodgorlik uning qoldirgan muzeyi bo‘ldi.
Birgina shaxs tufaydi, butun bir davr qutqariladi. 50.000 dan ziyod buyumlar muzey kolleksiyasini to‘ldirdi - sovet tasviriy san’at davrining avangard va post-avangard asarlari, qimmatbaho arxiv ma’lumotlari (fotosuratlar, hujjatlar, rassomlarning xotiralari).
Savitskiyning merosi 7.452 ta tasviriy san’at asari, 25.223 ta grafika, 1.322 ta haykal, 7.562 ta xalq-amaliy san’ati asarlari, 1.902 tanga, 8.618 ta arxeologik tadqiqot topilmalarini tashkil etadi.
Download 206.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling