Berilgan egri chiziqqa urinmani topish kabi masalalar xizmat qilgan


Download 77 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi77 Kb.
#1620437
1   2   3   4
Bog'liq
Kirish

Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida matema­tika ta’limini takomillashtirish bo’yicha intensiv ishlar amalga oshirilmoqda: mate­matika o’qitishning maqsadlari, o’quv materiali mazmunini tanlash tamoyillari aniqlashtirilayapti, darsliklar va boshqa o’quv vositalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, o’qitishning samarali shakllari va metodlari ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon hozirgi vaqtdagi fanning, fan va texnika o’rtasidagi o’zaro aloqalarning rivojlanishi, jamiyatning barcha sohalariga, yangi axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga asoslangan ilmiy-texnik revolyusiyaning natijalarini o’z ichiga qamrab oladi.
Shu bilan bog’lik ravishda maktabda matematika o’qitishning maqsadlari ham o’zgarmokda. Tegishli axborotlarni egallashning kuchayishi esa o’quv materiallari tuzulmasini o’zgartirishni, tarqqiy ettirishni talab etmoqda. Bu esa o’quvchilarning matematikaning umumiy prinsiplari va qonunlarini o’zlashtirish darajalariga va ularni nazariy fikrlash metodlari asosida egallashlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ko’pgina mamlakatlarda matematika o’kitishga qo’yiladigan maqsadlar deyarli bir xil:o’quv fani bo’yicha ilmiy va amaliy savodxonlik asoslarini shakllantirish; ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlash, ilmiy fikrlashni shakllantirish, turli manbalar (adabiyotlar, eksperimentlar va h.k.) yordamida mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish. Deyarli barcha mamlakatlarda o’qituvchilar faoliyati xarakterini o’zgartirish harakatlari yaqqol ko’zga tashlanmoqda: bilimlarni oddiy usulda berishdan bilish jarayonini boshqarishga urgatishga utilmokda. Asosiy e’tibor o’quvchilar bilish faoliyatlarini ta’minlovchi darsliklar mazmunini o’zgartirishga (eksperimentlar, turlicha mustaqil topshiriqlar va boshqalarni ko’paytirish), o’quv jarayonini tashkil qilishning shakllari, usullari va metodlariga qaratilmoqda. Bu usullardan ongli va keng foydalanish, ilmiy tadqiqot metodlarini o’rganish, o’qitish metodlaridan samarali foydalanish va boshqalar metodologik bilimlar sifatida muhim o’rin tutadi.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling