Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


 bob. INSTITUTLARNING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

13 bob. INSTITUTLARNING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI 
 
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR: 
1. Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari
2. Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga bog’liqligi 
3. Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va 
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
 Esda tuting! 
Mafkura – bu insonlarning bir-biriga va atrofdagi olamga bo’lgan 
munosabatlarini anglab yetish va baholashning asosida yotuvchi tizimli tartibga 
solingan qarashlar yig’indisi.
O’zgarishning sababi – bu institutlar o’rtasida turli tarixiy davrlarda yuzaga 
kelgan va turli madaniy ildizlarga ega bo’lgan nizolar bo’lishi mumkin. 
Nisbiy narxlardagi o’zgarishlar (ya’ni narxlar nisbatidagi o’zgarishlar) -
texnik taraqqiyot, demografik vaziyat, sotish bozorlarining ochilishi\yopilishi tufayli 
ishlab chiqarish omillarining narxlari (mehnat va kapital, yer va mehnat, yer va 
kapital narxlarining) yoki yakuniy mahsulot narxlari bilan resurs narxlari o’rtasidagi 
nisbat o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar natijasida iqtisodiy agentlar tashkiliy va 
institutsional o’zaro hamkorlikning amaldagi shakllarini ularning samaradorligini 
oshirish nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqishadi. 
Mafkuraviy qarashlardagi o’zgarishlar - amaliy tajriba bilan avvalgi 
mafkura o’rtasidagi nomuvofiqlik mafkuraviy qarashlarning o’zgarishiga olib 
keladi. 
 MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR: 
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!


131 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling