Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2–misol. Quyida sanab o’tilgan tuzilmalardan qaysilarini tashkilot sifatida tasniflash mumkinligini ko’rsating
- Javob: b), g), d) , va ye)
1-misol.
Ikki mamlakat iqtisodiyoti quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda yoritilgan: Ko’rsatkichlar A mamlakat B mamlakat 2012 y. Real YaIM 2600 mlrd.pul birligi 2400 mlrd.pul birligi 2013 y. Nominal YaIM 2800 mrd.pul birligi 2250 mlrd.pul birligi 2013 y. YaIM deflatori 1,3 0,9 Har qaysi mamlakat uchun iqtisodiy o’sish va iqtisodiy davr bosqichini aniqlang. Javob: Iqtisodiy o’sish sur’ati: ЯИМ Реал йил 2012 ЯИМ Реал йил 2012 - ЯИМ Реал йил 2013 A mamlakat uchun: Nominal YaIM Deflyator=2800:1,3=2154 mlrd; B mamlakat uchun real YaIM=2250:0,9=2500 mlrd. A mamkat uchun iqtisodiy usish sur’ati: 2154-2600/2600=0,17 B mamlakat uchun iqtisodiy usish sur’ati: 2500-2400/2400=0,041. Binobarin, A mamlakatda real ishlab chiqarish hajmi 17%ga kamayadi, bu iqtisodiy tushish davriga mos keladi; B mamlakatda 2013 yilda real ishlab chiqarish hajmi 4,1% ga o’sdi, bu iqtisodiy o’sish davriga mos keladi. 2–misol. Quyida sanab o’tilgan tuzilmalardan qaysilarini tashkilot sifatida tasniflash mumkinligini ko’rsating: a) talabalar guruhi; b) oliy o’quv yurti; v) yo’l harakati qoidalari; g) oila; d) Markaziy bank; e) marketing kompaniyasi; 132 Javob: b), g), d), va ye), ta’rifiga ko’ra, tashkilotlar – bu ularda hukmini o’tkazish munosabatlari elementi ishtirok etadigan va insonlarning cheklangan doirasi ichidagi o’zaro hamkorlikni tartibga soluvchi tuzilmalardir. Talabalar guruhida, o’zaro hamkorliklarning lokal xususiyatiga qaramasdan, hukmini o’tkazish munosabatlari mavjud emas. Yo’l harakati qoidalari esa, agar ular bajarilmasa, ancha qattiq normalar va me’yorlarni qo’llaydi. 3–misol. “Gulzor” shahrida yangi oliy o’quv yurti paydo bo’ldi. Mintaqaviy mehnat bozorining OO’Yu tayyorlashni nazarda tutayotgan kadrlarga bo’lgan yuqori darajadagi ehtiyojini, shuningdek, mintaqaviy hokimiyatlarning va qator xalqaro tashkilotlarning qo’llab-quvvatlashini hisobga olgan holda, unga qabul va mutaxassisliklar nomenklaturasi har yili ortib boradi. Siz yangi OO’Yuda talabalarning asosiy qismi bepul o’qishini hisobga olib, uning rektoriga qanaqa tashkiliy tuzilmani taklif qilgan bo’lardingiz? a) keng erkinlikka ega bo’lgan, shu jumladan moliyaviy masalalarda mustaqil bo’lgan fakultetlarga bo’linish; b) moliyaviy mustaqillikka ega bo’lmagan fakultetlarga bo’linish; v) fakultetlarni tashkil etmagan holda: barcha muhim joriy va istiqbolli masalalarni rektorat hal etadi; g) turli darajadagi erkinliklarga ega bo’lgan fakultetlarga bo’linish. Javob: b), o’qituvchilar va talabalar sonining jadal ortishi bevosita nazoratni samarasiz qiladi (v) variant). Xolding tuzilmasining tashkil etilishi (a) variant) fakultetlarning moliyaviy manfaatlari bilan bog’liq nizolarni keltirib chiqarishi mumkin, tijorat ta’lim muassasasida bunga yo’l qo’ymagan ma’qul. Fakultetlar o’rtasidagi nizo ularning maqomi har xil qilib belgilanganda ham kelib chiqadi (g) variant). Shuning uchun multidivizional tuzilma varianti optimal ko’rinmoqda. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling