Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

Savollar: 
 


134 
Quyidagi savollarga javob bergan holda, shartnoma tuzilgunga qadar sug’urta 
kompaniyasi bilan bemor o’rtasida yuzaga keladigan opportunistik xatti-harakatga 
misol keltiring. 
• Opportunistik xatti-harakatning bunday turi qanday nomlanadi?
• Taraflardan qaysisi o’zini opportunistik tutishi mumkin? 
• Nima uchun unda o’zini opportunistik tutish imkoniyati paydo bo’ladi? O’z 
javobingizni asoslang. 
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? 
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 
1. Tashkiliy-huquqiy shaklga xos bo’lgan huquqlar taqsimoti O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksining “Yuridik shaxslar” deb nomlanuvchi 4-
bobida qayd etilgan me’yorlar bilan belgilanadi. 
2. Tashkiliy-huquqiy shakl nafaqat firmaning tashkiliy tuzilishi haqidagi, balki 
shartnomani amalga oshirish jarayonidagi ehtimoliy xatti-harakati haqidagi 
axborotni ham o’zida mujassam etadi. 
3. Tezkor boshqarish huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat 
yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o’z 
mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo’lishini nazarda tutadi.
4. Korporativ mulk xususiy mulk bilan tengdir. 
5. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan 
mahrum etilishi mumkin.
6. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga 
topshirish huquqlarini qo’shgan holda huquqlar to’plamini shakllanadi.
7. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatda ishtirokchilar o’zining barcha mol-mulki 
bilan emas, balki barcha uchun baravar bo’lgan, ular hissalari qiymatining karrasi 
miqdorida javobgarlikka egalar.
8. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash uchun bitim tomonlari 
an’aviy tarzda garovdan foydalanadi. 


135 
9. Reklama – imkoniyatli xaridorlarga sotuvchilar haqida bilimlar berish usuli.
8. Yangilik darajasi bo’yicha Gerxard Mensh texnologik innovatsiyalarni bazis, 
yaxshilovchi va soxta innovatsiyalarga ajratadi. 
9. V.M. Palterovich texnologik yangiliklarni boshqa mamlakatlarda kiritilgan 
yangiliklarni takrorlovchi imitatsiya (o’xshatish) va dunyoda ilk bora amalga
oshirlayotgan innovatsiyalarga ajratishni taklif qiladi. 
10. Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohalardagi innovatsiyalar ijtimoiy stratifikatsiya 
hamda ijtimoiy sinf va guruhlar tarkibida o’zgarishlarga olib keladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling