Beruniy indd
Download 62.29 Kb. Pdf ko'rish
|
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4
- Bu sahifa navigatsiya:
- OQ KIYIMLILAR VA QARMATIYLAR
ZAVZAN AHLI
Bizlar esa Bahofarid ibn Moh Furudinga aldangan qavmmiz. Bu odam yetti yil Chinda yashirinib yurib, u yerdan inson kaftiga sigʻadigan mayin va nozik koʻk koʻylak olib keldi. Kechasi Novvus togʻiga chiqdi va ertalab u yerdan tushdi. Yer haydayotgan bir dehqon uning tushayotganini koʻrib qoldi. U dehqonga oʻzining gʻoyib boʻlib ketganidan buyon osmonda boʻlganini, Tangri unga vahiy yuborib, shu koʻylakni kiygizganini va ayni paytda yerga tushirilganini soʻzlab berdi. Dehqon uning aytganlariga ishondi va odamlarga uni osmondan tushayotganida koʻrganini aytdi. Bahofarid bir tizza ustida turib Quyoshga sajda qilishni, soch va kokillarni oʻstirishni, ovqat vaqtida zamzama qilmaslik, chorva mollarini qarimasa soʻymaslik, ichimliklar ichmaslik, oʻlimtik yemaslik bilan birga, yetti mahal namoz oʻqishlarini buyurdi. Koʻp xalq unga ergashdi. Bu firibgarni Abu Muslim oʻldirdi. OQ KIYIMLILAR VA QARMATIYLAR Bizlar oʻzimizni koʻfalik Hamdon Qarmat degan kishiga mansub deb bilganimiz uchun bu nomni oldik. 14 Bizdan avvalgilarning xabar berishicha, Hamdon dindor va zohid choʻpon edi. Hijratning 286-yilida bizlar Abu Said Hasan ibn Bahrom boshchiligida yurish qilib, Hajar va uning atrofidagi shaharlarni bosib oldik va yer yuzida fasod tarqatdik. Abu Said Qatifda odamlarga ovqat olib sotuvchi edi. U Qatifdagi shialar huzuriga kelib, ularni botiniylikka daʼvat qildi. Qatifliklar botiniylikni qabul qilishganidan soʻng, Abu Said ularga rahbarlik qila boshladi. Abu Said asli Qatif yaqinidagi Janoba qishlogʻidan boʻlgan. Abu Said boshchiligidagi qoʻshin yerda fasod tarqatib, Iroq va Shom aholisini larzaga soldi. Uch yuz birinchi yilda Abu Said vafot etganidan soʻng, uning oʻrnini oʻgʻli Abu Tohir egalladi. Uch yuz oʻn yettinchi yilda bizlar juda ham kuchli davlatga aylandik va Kaʼbani egalladik. Abu Tohir qoʻshini musulmonlarning mollarini taladi, ularga qarshi jang qilib, Makka koʻchalarida, Masjidi Haromda, Kaʼbaning ichida koʻplab hojilarni qatl etdi. Abu Tohir Kaʼbaning eshigi oldida oʻtirib: “Men Allohman, Alloh bilanman. Borliqni men yarataman va men yoʻq qilaman”, deb odamlarning qatl qilinishini tomosha qilib oʻtirardi. Bu voqea Masjidi Haromda, urush harom qilingan oyda, eng afzal kunlardan biri – Tarviya kunida (zulhijja oyining sakkizinchi kuni) sodir boʻldi. Odamlar ulardan qochib kaʼbapoʻshga osilishar, Kaʼbani tavof qilishar, lekin bu ishlari foyda bermas, botiniylar ularni tavof qilayotgan, kaʼbapoʻshga osilgan joylarida ham qatl qilar edilar. Abu Tohir ishini bitirib, hojilarni oʻldirib boʻlganidan keyin, oʻliklarni Zamzam qudugʻiga koʻmishni buyurdi. Koʻp oʻliklar oʻsha yerga – Masjidi Haromga koʻmildi. U Zamzam qudugʻining qubbasini buzib, Kaʼbaning eshigini qoʻporib oldi va kaʼbapoʻshni yirtib, oʻz odamlariga boʻlib berdi. Soʻng: “Qani abobil 15 qushlari, qani Sijjil toshlari?!” deb baqirib, qoʻlidagi tayoq bilan hajar ul-asvadni qoʻporib olib, oʻzi bilan olib ketdi. Biz hojilarga qarata: “Ey, ahmoqlar! Sizlarning bu qoratoshni aylanib, tavof qilishlaringiz, johiliyatdagi mushriklarning butlarni tavof qilishidan nima farqi bor? U ham jonsiz tosh, sizlar tavof qilayotgan Kaʼba ham jonsiz tosh-ku?” deb qichqirar edik. Hatto bir necha yil odamlar haj ibodatini bajarish uchun Makkaga kelolmay qoldi. Chunki biz ketma-ket bir necha marotaba hajga kelayotgan hojilarning karvoniga hujum qilib, ularning oziq- ovqati va ichimlik suvlarini tortib olib, oʻzlarini bepoyon sahroda yordamsiz qoldirdik. Ular oziq- ovqatsiz, suvsiz, choʻlda ochlik va tashnalikdan vafot etib ketishdi. Shundan soʻng Marvning Kovakimardon degan qishlogʻida Muqanna nomi bilan mashhur boʻlgan Hoshim binni Hakim yuzaga keldi. U bir koʻzli boʻlganidan yuziga koʻk shoyidan niqob tutgan edi. Muqanna oʻzining xudo ekanini daʼvo qildi va jasadga kirganini, chunki jasadga kirmasidan avval birov unga qaray olmaganini aytdi. U Jayhun orqali Kesh va Nasaf tomonlarga oʻtdi. Hoqonga xat yozib, undan yordam soʻradi. Oq kiyimliklar va turklar uning atrofiga yigʻilishdi. Muqanna ularga boshqalarning mollarini halol qildi, qarshilik koʻrsatganlarni oʻldirdi va Mazdakning barcha yoʻl- yoʻrigʻini ularga qonun qilib berdi, al-Mahdiy qoʻshinini sindirdi va oʻn toʻrt yil hukmronlik qildi. Nihoyat, hijriy bir yuz oltmish toʻqqizinchi yili qamal qilindi va oʻldirildi. Muqanna oʻrab olingach, jasadi yoʻl boʻlib ketishi va tobelari uning gapiga ishonishlari uchun oʻzini olovga tashlagan edi. Uning kuyamanu yoʻq boʻlib ketaman, degan moʻljali muyassar boʻlmadi, balki uning jasadi tandirdan topildi. Uning kallasi olinib, 16 oʻsha kunlarda Halabda boʻlgan amiral-muʼminin al- Mahdiyga yuborildi. Uch yuz oʻn toʻqqizinchi yilda Zakariyo at-Tammomiy yuzaga chiqdi. U yomon ishlar bilan shugʻullanuvchi va shunday ishlarga yollanuvchi yigit edi. U turli harom ishlarni oʻz qavmiga halol qilib berdi va olovga topinib, uni ulugʻlashni buyurdi. Nihoyat, Tangri uni topishni oʻz zimmasiga olgan kishini unga gʻolib qildi. Bu kishi uni oʻldirdi va ularning hiyla- nayranglari boʻgʻizlariga qaytdi... * * * Abu Rayhon aytdi: “Bularning mashhurlari, qilgan ishlari ravshan, oʻziga mansub va erasini ishlatuvchi tobelari bor boʻlganidan, boshqalari yodga olinmadi. Yodga olinganlar haqida esa keragicha bayon etdik va Xudo xohlasa, kifoya qilar darajasiga yetdik...” Kamina, faqir Abu Fazl Rayyoniy, bunday bilimlarni Abu Rayhondan oʻrganmasam, kimdan oʻrganardim? Uning soʻzlarini keltirishdan murodim shuki, taqdirning hayratangiz ishlaridan biri roʻy berdi. Yaʼni Abu Rayhon ayni yigitlik chogʻida yozgan asarida, kelgusi avlodlarga ibrat boʻlsin, degan umidda insoniyat adashishlaridan xabar bergan boʻlsa, pirovardida taqdir uning oʻzini ham oʻshanday kishilar yashaydigan oʻlkalarga uloqtirib yubordi va u aytganlaridan ham gʻaroyibroq ishlarga guvoh qildi. Download 62.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling