Beruniy indd
Download 62.29 Kb. Pdf ko'rish
|
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANI HANIFA
MAZDAKIYLAR
Bizlar Naso shahrining xalqimiz. Qabod ibn Firuzshoh davrida oramizdan Mazdak degan kishi chiqdi. Bu kishi Qabod davrida qoziyul-quzzot, yaʼni qozilar boshligʻi edi. Bilimlari uni halokat sari yoʻlladi. U oʻzini paygʻambar deb eʼlon qildi, son-sanoqsiz 12 kishilar unga ergashdi. Mazdak, barcha kishilar mol- mulk va ayollar masalasida bir-biriga sherikdirlar, dedi. Chorva mollarini to ajali yetmaguncha soʻyishni man qildi. Anushervon podshoh boʻlgach, uning dastlab qilgan ishi Mazdak va uning sheriklaridan qoʻliga tushganini ushlab, yuzlarini quyiga, orqalarini tepaga qilib chuqurlarga koʻmdirish boʻldi. Mazdakka ergashgan hamma atoqli hamda ulugʻ kishilarni uning eʼtiqodidan qaytishga majbur qildi va qaytmaganlarni oʻldirdi. BANI HANIFA Bizlar hays deb ataladigan guruchdan sanam yasab, oʻshanga topinar edik. Bir yili qattiq ocharchilik boʻldi. Yegulik qolmadi. Shunda bizlar borib, oʻz sanamimizni yeb qoʻydik. Soʻng oramizdan Musaylima chiqdi. Bizlar – Yamoma ahli, unga aldandik. U mahallar odamlar “Xudo oʻz elchilarini yuborishi moʻjiza bilan isbotlanadi”, deb ishonardilar. U moʻjiza koʻrsatishni vaʼda qildi va avvaldan sirkada ivitib qoʻyilgan tuxumni shishaga kirgizdi, parrandalarning qanotlarini qirqib qoʻyib, keyin ularga oʻzlariga moslab pat uladi. Aytadilarki, kazzob Musaylima Koinot sarvari Muhammad alayhissalomga ikki elchi bilan shunday maktub yubordi: “Xudoning elchisi Musaylimadan Xudoning elchisi Muhammadga. Senga salom. Ammo baʼd, men senga sherik qilindim. Yerning yarmi bizniki, yarmi Qurayshnikidir. Ammo quraysh – dushmanlik qiluvchi xalqdir”. Muhammad alayhissalom elchilardan “Sizlar nima deysizlar?” deb soʻradi. Elchilar: “Bizlar ham uning aytganini aytamiz”, deyishdi. 13 Muhammad paygʻambar Musaylimaga shunday javob yozdi: “Tangri taoloning paygʻambari Muhammaddan kazzob Musaylimaga! Toʻgʻri yoʻldan yurgan kishiga salom. Ammo baʼd, Yer Tangri taolonikidir. Uni bandalaridan oʻzi xohlagan kishiga beradi. Oqibatda yaxshilik taqvodorlarnikidir.” Xolid ibn Valid Musaylimani oʻldirganida, Yamoma ahli koʻp yigʻladi va unga bagʻishlab marsiyalar aytdi. Download 62.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling