Beruniy indd


Download 62.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi62.29 Kb.
#1469535
1   2   3   4
Bog'liq
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4

ZARDUSHTIYLAR
 
 
Biz Zardusht ibn Tumon keltirgan dinni toʻgʻri deb bildik 
va uni qabul qildik. U mugʻlar xonadonining koʻzga koʻringan 
kiborlaridan edi. Bu hodisa yorugʻ olamda podshoh Bishtosf 
hukmronligidan oʻttiz yil keyin yuz berdi. Zardusht oʻngi va 
soʻli qirqilgan koʻylak kiyib, beliga xurmo poʻstlogʻidan 
zunnor bogʻlab, kunduz yarmida Balxdagi bir ayvon tomiga 
tushdi. U “Abisto” degan kitob bilan kelgan edi. Bishtosf juda 
katta yigʻin chaqirdi, koʻp xalq bor edi. Zardusht mis eritishga 
buyurdi, mis eritildi. Shunda u: “Tangrim, agar bu men orqali 
shu podshohga bergan kitobing boʻlsa, misning zararini 
mendan qaytar”, dedi. Keyin esa eritilgan misni ustidan 
quyishni buyurdi. Misni uning koʻkragi va qorniga quyib 
yuborgan edilar, ustidan oqa boshladi va har bir moʻyiga 
yumaloq zoʻldircha boʻlib osilib qoldi.


11
Shundan soʻng Bishtosf Zardushtning gaplariga koʻndi va 
samo dargohidan farishtalar kelib, Zardushtga imon 
keltirishga buyurishganini aytdi.
MONIYLAR
 
 
Bizlar moniylarmiz.
Budosaf va Zardushtdan soʻng, Fodarunning shogirdi 
Moniy paygʻambarlik daʼvosini qildi. U olim kishi edi, 
nasorolarning, maʼjusiylarning va afsungarlar- ning 
hunarlarini bilardi. “Hikmat va yaxshi amallar Xudoning 
elchilari vaqti-vaqti bilan keltirib tur- ganlarning oʻzidir. Bir 
zamon u Bud ismli elchi orqa- li Hindiston mamlakatiga, bir 
zamon Zardusht orqali Eron mamlakatiga va bir zamon Iso 
binni Maryam orqa- li Magʻrib zaminiga yuborildi. Soʻngra bu 
oxirgi asrda menga, yaʼni Moniyga – Xudoning haqiqiy 
elchisiga shu vahiy tushirilib, men orqali Bobil zaminiga 
yuboril- di”, degach, bizlar unga imon keltirdik.
Moniy ishi Ardasher, uning oʻgʻli Shopur va uning oʻgʻli 
Xurmuz zamonasidan to Bahrom ibn Xurmuz podshoh 
boʻlguncha kuchayib bordi. Bahrom “Bu odam olamni xarob 
qilishga daʼvat qilyapti, istaganlaridan biron narsa muhayyo 
boʻlganga qadar uning oʻzini xarob qilishimiz kerak”, deb, 
Moniyni to topguncha qidirdi. Uni topgach, terisiga somon 
tiqib, Jundishopur shahrining darvozasiga ostirdi.

Download 62.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling