Beruniy me’rosi pedagogik o’rganish


Download 61.85 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi61.85 Kb.
#1244271
Bog'liq
matematka Beruniy Azizova N


Beruniy me’rosi pedagogik o’rganish
Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi
Matematika fani o’qituvchisi
Azizova Nilufar Abdupattayevna

Annotatsiya: Maqolada alloma Abu rayhon Beruniy me’rosida matematika faninini o’rganishning bugungi kun pedagogik ahamiyati taxlil qilingan


Kalit so’zlar: Beruniy, fizika, matematika, radius,
Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Uning naslnasabida «berun» soʻzi «tashqi shahar», «Beruniy» esa «tashqi shaharda yashovchi kishi» maʼnosini bildiradi.
Alloma Abu Rayhon Beruniy asarlarini o’rganganimizda bugungi kun matematika fanini o’rganishdagi ahamaiyati katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Quyida Abu Rayhon Beruniyning ikkita masalasini keltirib o’tamiz.
1-masala: Olimlar uzoq zamonlardanoq yerni shar shaklida ekanligi haqida fikr bildirishgan va uning radiusini aniqlash bilan shug’illanishgan. Shulardan biri – yunon olimi Eratosfen bo’lgan. Uning hisoblariga ko’ra Yer radiusi 6311 kilometr. Keyinchalik ham olimlar yer radiusini aniqroq hisoblash borasida turli usullarni qo’llaganlar. Ular olgan natijalar bir –biridan katta farq qilardi. Beruniyning o’zi ham mustaqil ravishda yer radiusini aniqlash borasida izlanishlar olib borib, yangi usul ishlab chiqdi. Abu Rayhon Beruniy Hindistonda bo’lganda Nandna qal’asi yaqinidagi to’da o’lchash ishlarini olib bordi. “Tog’ atrofi keng dengiz sirti kabi telis edi”, - deb yozadi Beruniy. Olim tog’ning tepasiga chiqib yer bilan osmonning qo’shilgan joyini, ya’ni gorizont chizig’ini topadi va gorizontning pasayish burchagini usturlob yordamida aniqlaydi. Shakildagi B nuqtaning holatini aniqlash uchun olim yozadi: “Dengizda yoki sahroda shunday nuqtani topish kerakki, tog’dan quyoshning botishini quyosh gardishining yarmi g’oyib bo’lguncha kuzatish kerak”. Yer shari radiusini aniqlashning Beruniy taklif qilgan usuli sodda va chiroyli geometric mulohazalarga asoslangan.
Chindan ham, tog’ning balandligi MA=H, deylik. Beruniy ayni shu kattaliklarni o’lchagan. BC=R-yer radiusi bolsin bo’lishi ma’lum, demak, uchburchak ABC – to’g’ri burchakli. , chunki bu burchaklarni tashkil qiluvchi tomonlar o’zaro perpendikulyar.
U holda ACB uchburchakdan , ammo BC =R, AC=R+H bo’lgani uchun bo’ladi. Bundan esa yer radiusini aniqlashga doir beruniy topgan ushbu formulani – yer radiusini aniqlashning Beruniy formulasini hosil qilamiz. Bu formulaga ko’ra Beruniy yer radiusini R=6399,58 km ekanini topadi. Hozirgi, zamonaviy usullarda hisoblash natijasida R=6371,11 km ekani ko’rsatiladi.farqi 28,47 km, bu esa atigi 0.4 foizni tashkil etadi.
2-masala(Quduqning chuqurligini topish): buning uchun DC kesmaning davomidagi C va M nuqtalarda turib, usturlob yordamida va burchaklar aniqlanadi. MC kesma ham o’lchanadi: MC=h. to’g’ri burchakli dan: , bundan . Shuningdek, to’g’ri burchakli dan: , bundan . Quduqning chuqurligini H desak, CD=H.
Ammo va . Ad ning topilgan ikki ifodasini o’zaro tenglab, quduqning chuqurligini ekani topiladi.
Адабиётлар

  1. Turayeva M. Y., Allaberganova M. R. matematika darslarida tarixiy bilim berish bilan o’quvchilarda o’zlikni anglash hissini tarbiyalash //Интернаука. – 2020. – №. 12-3. – С. 49-50.

  2. Ravshanbekovna A. K. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish //Oriental Art and Culture. – 2020. – №. II.

  3. Davlatova H. D., Davlatova N. D. Ta’lim va tarbiya berishda innovatsion yondashuv //Интернаука. – 2020. – №. 20-4. – С. 50-51.

Download 61.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling