Beruvchi yetuklik attestati oladi
Madaniy uyg‘un bо‘lish prinsipini
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Gumanizm» va «insoniylik»
- Gumanizm
Madaniy uyg‘un bо‘lish prinsipini tatbiq etish bir
qator qoidalarning bajarilishini talab etadi: ➢ bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida meyordan chetga chiqishini e’tiborga olish; ➢ rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish. 180 Gumanizm prinsipi. 12-ilova Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Sharq Uyg‘onish davri va g‘arb Uyg‘onish davrida o’z cho’qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo’lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo’lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. 3-ilova «Gumanizm» va «insoniylik» sо‘zlari lotincha «humanus» sо‘zidan kelib chiqib, «insoniy» degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bо‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bо‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini kо‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bо‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bо‘ladi. Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga, hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qо‘riqlashga bо‘lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda о‘z о‘rnini topishda, jamiyatga «kirishi»da, shu jamiyatda о‘zini tо‘la kо‘rsata olishida yordam kо‘rsatishni kо‘zda tutadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling