Beruvchi yetuklik attestati oladi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1479724
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)



171 
maktablararo va FYelararo farqlanadi. Real maktabni yetarli yuqori darajadagi baholar bilan 
bitirgan bitiruvchi II bosqichdagi o‘quv muassasasiga kirish huquqiga ega. 
Barcha o‘quvchilar chet tilini bilishlari shart. Asosiy maktablarda chet tilini tanlash huquqi 
yo‘q, faqat ingliz tili o‘rganiladi. Real maktablarda esa bir necha chet tilini tanlash tavsiya 
etiladi, o‘quvchi bittasini tanlaydi. Real maktablarda o‘qish yuqori darajada olib boriladi
fanlarni tizimlashtirishga katta e’tibor beriladi. Haftasiga darslari soni 30dan 34gacha bo‘ladi. 
Boshlang‘ich va asosiy maktab o‘qituvchisi ixtisosligini olganlar malaka oshirish kursiga 
qatnashib, imtihon topshirib real maktablarda dars berish imkoniga ega bo‘ladilar. 
Gimnaziyalar umumta’lim o‘quv muassasalari hisoblanadi. Unda o‘qish 5-13-sinfgacha 9 
yil davom etadi. 11-13gacha o‘qiydiganlar gimnaziyaning yuqori bosqichi deb ataladi. 
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan gimnaziya bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirish huquqini 
beruvchi yetuklik attestati oladi. 
Umumiy yetuklik attestati beruvchi, hohlagan yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtiga kirish 
xuquqini beruvchi gimnaziyalar va “fan gimnaziya” lari mavjud. Bunday tipdagi maktablar 
ta’limning ikkinchi bosqichi IIga tegishlidir. Bu gimnaziyalarda aniq kasblar sohasiga zarur 
bo‘lgan bilimlarni berishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo‘lsagina qabul qilinadi. 
Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3 yil. Bitiruvchilar fan yetuklik attestatini oladilar, bu esa 
ma’lum doiradagi fanlarni o‘rganish uchun oliy o‘quv yurtiga kirish xuquqini beradi. 
Gimnaziyada o‘qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish 
va shular asosida o‘quvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy 
metodlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlangan individuallashtirilgan ta’lim 
dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo‘ljallangan. Gimnaziyaning o‘ziga xos 
xususiyati fanlarning differensial tuzilgani bo‘lib, o‘quvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, 
chet tillar soni va ularni navbatma-navbat o‘rganish, 9-sinfda o‘quvchiga aniq yo‘nalishdagi 
fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiy-iqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. Shunga 
ko‘ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo‘ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va 
zamonaviy tillar turlariga bo‘linadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo‘jaligi, 
texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xo‘jalik gimnaziyalar 
bor. 
Umumiy 
maktabda 
mutaxassislar 
tomonidan 
“fanlardan 
yutuqlari 
bo‘yicha 
differensiyalash” deb nomlangan guruhlarga bo‘lish joriy qilingan. Differensiyalashdan kutilgan 
maqsad: har bir o‘quvchiga uning qobiliyatlariga ko‘ra talablar qo‘yish, har biriga individual 
yondashish. O‘zlashtirish o‘zgarishi natijasida bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish mumkin. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling