Beruvchi yetuklik attestati oladi


Ijtimoiy» tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1479724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)

Ijtimoiy» tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) 
insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala 
va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.


173 
Hozirgi zamon ijtimoiy pedagogikasi xalqni, shu jumladan yosh avlodni tarbiyalash
vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. U ayrim shaxsgagina emas, balki mazkur shaxs o‘sib-
ulg‘ayayotgan jamiyatga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli ham ijtimoiy pedagogikaning
maqsadi insonni qurshagan muhitni pedagogikalashtirish, inson faoliyatini o‘zgartirish, unga
tarbiyalovchi tus berish, insoniy munosabatlarni ma’naviy-axloqiy mazmun bilan boyitishdan 
iborat.
Konkret jamiyatda o‘zini o‘zi ijtimoiy kamol toptirayotgan, o‘z imkoniyatlarini o‘zi
ro‘yobga chiqarayotgan inson ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti hisoblanadi. Inson
ijtimoiylashuvining pedagogik jihatlari, uning sotsiumda moslashuvi va jamiyatga qo‘shilishi 
ijtimoiy pedagogikaning predmeti sifatida amal qiladi.
Ijtimoiy pedagogikaning nazariya va amaliyot sifatidagi mohiyati 
Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqaniga hali ko‘p vaqt bo‘lgani
yo‘q. Odatda uning yaratilishini inson uchun ayniqsa qulay bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarni 
aniqlashni ijtimoiy pedagogikaning bosh vazifasi deb hisoblagan Paul Natorp bilan 
bog‘laydilar.
Ammo qadimgi yunon mutafakkirlari Demokrit, Suqrot, Platon, Aristotel tarbiya davlat 
siyosati bilan uzviy bog‘liq ekanligini qayd etgan edilar. 
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola,
biroq o‘rganish predmetlari turlicha.
Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari 
hisoblanadi, Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish
qonuniyatlari hisoblanadi
 
Natorp tarbiyani irodani shakllantirish sifatida tushunadi. 
Umuman olganda iroda ruhiy hayotning o‘zagi hisoblanadi.
Abu Ali Ibn Sino inson tarbiyasini uning bolaligidan
boshlash, bunda bolaning tabiati va kattalar, eng
avvalo ota-ona ta’sirini e’tiborga olish lozimligini 
ta’kidlagan edi.


174 
XVIII asr fransuz materialistlari ijtimoiy o‘zgarishlar uchun tarbiyaning
ahamiyatiga urg‘u berganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga, so‘ngra feodal
munosabatlarga o‘tilishi bolani tarbiyalash va himoya qilish muammolari paydo bo‘lishiga
olib keldi. Ijtimoiylashuv insonning butun umri mobaynida amalga oshiriladi. Nafaqat jamiyat 
insonga ta’sir ko‘rsatadi, balki inson ham jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogika, shu
jumladan ijtimoiy pedagogika bu jarayonda shaxs qanday kamol topayotganini, shaxs va oila, 
shaxs va etnos o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday rivojlanayotganini o‘rganadi.
Yangi mulkchilik shakllari amal qilayotgan yangi iqtisodiy sharoitlarda yangicha
iqtisodiy tafakkur shakllanadi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlar oiladagi
munosabatlarga, bolalar tarbiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tahlil qiladi.
Ijtimoiy pedagogika inson va muhitning o‘zaro aloqasi muammolarini, hozirgi
zamon ta’lim, kasb-hunar ta’limi tizimlarini, bolalar va o‘smirlarni muhofaza qilish
ijtimoiy markazlari ishini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogika hozirgi davrda konkret ishda ishtirok etishga qodir bo‘lgan 
faol insonni tarbiyalashga qarab mo‘ljal oladi. U eng avvalo oilaga, hozirgi sharoitda uning roli 
o‘zgarganini e’tiborga olgan holda murojaat etadi. 
Ijtimoiy pedagogika shunday bir bilim tarmog‘iki, uni o‘rganish, birinchidan, u yoki
bu yoshdagi odam hayotida muayyan sharoitlarda yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqeani
bashorat qilish uchun imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, inson kamol topishi, uning
ijtimoiylashuv jarayoni samarali kechishi uchun qulay sharoitlarni qanday qilib yaratish
mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, mazkur
jarayonda inson hayotida yuz beruvchi ko‘ngilsiz holatlar ta’sirini pasaytirish uchun nima
qilish kerakligini aniqlash imkoniyatini beradi. 
2. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. 3. Ijtimoiy pedagogikaning 
kategoriyalari.
Ijtimoiy pedagogika o‘z tushunchalari va kategoriyalar majmuiga ega. Ijtimoiy 
pedagogikaning asosiy tushunchalariga quyidagilar kiradi: ijtimoiy muhit, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiy ta’lim, ijtimoiylashuv, ijtimoiy moslashuv, qayta tarbiyalash, korreksiya va h.k.
Ijtimoiy pedagogika atamalarining mohiyatiga batafsilroq to‘xtalamiz. Eng avvalo,
ijtimoiy muhit nima, degan savolga javob topish lozim. 
Muhit turli fanlarning vakillari – sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar tomonidan 
o‘rganiladi. 
Pedagoglar muhit ta’siri haqida gapirganda, eng avvalo ijtimoiy muhit va oila
muhitini nazarda tutadilar. “Ijtimoiy muhit” tushunchasi ijtimoiy tuzum, hayotning moddiy
sharoitlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimi kabi mezonlarni qamrab oladi. 
Ijtimoiy muhit jamiyat va dunyo bilan mavjud aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantiradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvida muhit ulkan rol o‘ynaydi. U jamiyat, uning an’analari va
ukladi haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Aynan shu yerda inson hayotni biladi, ijtimoiy 
muloqot tajribasini o‘zlashtiradi.
Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyasi sifatida olimlar tomonidan faol o‘rganiladi, 
chunki tarbiya ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy kategoriyasi hisoblanadi. Pedagogika
tarbiyaga axloqiy fazilatlarning shakllanish izchil jarayoni sifatida qaraydi. 
Tarbiya - yuz berishi muqarrar bo‘lgan oqibatni 
oldindan ko‘ra bilish va uning ta’sirini susaytirish 
san’atidir. 
Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit insonning kamol topish 
jarayoni yuz beruvchi real borliq sifatida qaraladi.
Ijtimoiy tarbiya – barcha ijtimoiy ta’sirlarni e’tiborga olgan holda 
shaxsning ijtimoiy kamol topishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan 
jarayon. 


175 
Ijtimoiy tarbiya tizim sifatida insonni shakllantiruvchi barcha omillarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy tarbiya – serqirra tushuncha. U oila va jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy
munosabatlarni o‘zlashtirish va qabul qilishda insonga yordam berishni, unga o‘z hayot yo‘lini 
tanlash va yangi sharoitga moslashishni o‘rgatishni anglatadi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni oilada,
maktabda, ijtimoiy ta’limning barcha bo‘g‘inlarida, mehnat jabhasida yuz beradi. Hozirgi
zamon ijtimoiy tarbiyasining insonparvarligi o‘zaro munosabatlarni tazyiq o‘tkazish asosida
emas, balki o‘zaro til topish asosida yo‘lga qo‘yish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogika zamirida shaxsni tarbiyalash yotadi, shu tufayli ham ijtimoiy
tarbiyaning vazifasi odamlar bilan ijobiy munosabatlarga kirishishga qodir bo‘lgan
mustaqil, ijodkor shaxsni shakllantirishdan iborat. 
Ijtimoiylashuv insonning jamiyatga moslashish jarayoni sifatida qaraladi. Jamiyat 
o‘zining har bir a’zosini o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga muvofiq shakllantiradi. Pedagogika
ijtimoiylashuvga konkret jamiyat sharoitida moslashuv (ijtimoiy moslashuv) va 
mustaqillashuv (individuallikning shakllanishi) jarayonlarining birligi sifatida qaraydi.
Ijtimoiylashuvning ko‘p sonli konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki
guruhga birlashtirish mumkin: sub’ekt-ob’ekt va sub’ekt-sub’ekt yondashuvlari. Sub’ekt-
ob’ekt yondashuvi ijtimoiylashuv jarayonida insonning passiv rolini nazarda tutadi. Sub’ekt-
sub’ekt yondashuvida inson faol pozitsiyani egallaydi va jamiyatga moslashibgina 
qolmasdan, o‘z yashash sharoitlari va o‘z-o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiylashuv va ijtimoiy tarbiya inson hayotining turli bosqichlarida o‘z 
xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy ish – ijtimoiy holatini yaxshilash uchun insonga, guruhga yordam ko‘rsatish 
borasidagi kasbiy faoliyat. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza – ayrim shaxsning jismoniy, ruhiy 
va axloqiy-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi omillar va vositalar tizimi, uning manfaatlari va 
huquqlarini himoya qilish, u erkin kamol topishi uchun moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy muammolar – inson maqsad va natija o‘rtasidagi o‘zi uchun muhim bo‘lgan
nomuvofiqlik sifatida tushunuvchi ijtimoiy ziddiyat. Maqsadga erishish uchun mablag‘lar
yo‘qligi yoki taqchilligi tufayli yuzaga keluvchi bu nomuvofiqlik ijtimoiy ehtiyojlar 
qondirilmasligiga sabab bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni uning funksiyalari bilan belgilanadi. Bular nazariy-
ma’rifiy, amaliy, umumiy pedagogik, maxsus, tavsifiy, prognostik va o‘zgartirish 
funksiyalaridir. 
Ijtimoiylashuv – madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me’yorlarni 
o‘zlashtirish, shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z imkoniyatlarini 
jamiyatda ro‘yobga chiqarish jarayoni. 


176 
Ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Inson ongida ezgulik va adolat, o‘z yaqinlariga muhabbat, ijodkorlik, o‘zaro til 
topish haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
2. O‘z atrofidagilar bilan muloqot qilishni, hayot maqsadi va mazmunini belgilashni 
o‘rgatish.
3. Atrof borliqni, insonning jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi
huquqlar va burchlarni bilishga intilishni rivojlantirish.
4. O‘z qadr-qimmatini anglash, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish.
Umumiy pedagogika fanining bir qismi sanalgan ijtimoiy pedagogika uning vositalari,
asosiy prinsiplari va metodlaridan tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazish maqsadida
foydalanadi. Shu bilan bir vaqtda, amaliy faoliyat va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlarning o‘z
metodlarini belgilash ham ijtimoiy pedagogikaning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 
4. Ijtimoiy pedagogikaning prinsiplari. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling