Beruvchi yetuklik attestati oladi
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu: Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Vasiylik va homiylik. Deviant xulq - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. (2 soat) Reja
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi: ➢ bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bо‘lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bо‘lish; ➢ har bir bolaning о‘zicha bо‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bо‘lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bо‘lish emas, balki о‘zicha bо‘lish huquqini tan olish; ➢ bolaga о‘ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, «Men о‘zim» tutgan о‘rnini, о‘z muammolarini о‘zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam kо‘rsatish; ➢ shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bо‘lgan rahmdillikni tushunish; ➢ muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bо‘lishi tizimi о‘ylab chiqilishi lozim. 181 5. Shaxsni o‘zini boshqarish mexanizmlari. Shaxs—ijtimoiy xodisa. U vaqt bilan chambarchas bog‘liq va insonda tarixan nima bor bo‘lsa, shularni aksettiradi. Shaxs fazilatlari—tug‘ma qobiliyat emas, u meros bo‘lib qolmaydi, lekin ijtimoiy – madaniy taraqqiyot natijasida yuzaga keladi. Hayotda o‘z nuqtai nazariga ega, bunga o‘zi ustida ko‘p ishlagan, ijtimoiy xodisa va muloqotni anglagan odamlar shaxs deb e’tirof etiladi. Shaxs shakllanishi — jamiyada inson o‘z o‘rnini topish jarayonidir. Shaxs o‘z-o‘zini shakllantirish, nazorat qilish va baxolashga qodir sanaladi. Shaxs bo‘lish—faol xayotiy pozitsiyaga ega bo‘lish demakdir. U xaqda shunday deyish mumkin: «Shunda to‘xtayman, boshqachasi bo‘lishi mumkin emas». Shaxs bo‘lish—ichki zaruriyat natijasida yuzaga keluvchi tanlovni amalga oshirish, qabul qilingan qaror oqibatini baxolash, ular uchun o‘zi va jamiyat oldida javob berishdir. Shaxs bo‘lish — o‘zini va boshqalarni muttasil takomillashtirish, o‘z axloqini, xatti-harakatlarini boshqarish uchun zarur usul va vositalarga ega bo‘lish, ularni o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Shaxs bo‘lish — tanlov erkinligiga egalik va butun umruni muxofaza qilishdir. Shaxsning xarakterli qirralari Shaxs majburiy ijtimoiy fazilatlar to‘plashga ega. Bular: indivivduallik, onglilik, mas’uliyat, Harakter va temperament, faollik va maqqsadga intiluvchanlik, o‘z-o‘zini nazorat va taxlil qilish, yo‘nalganlik va iroda. Individuallik — muayyan insonning mukammal fazilatlari xisoblanadi. Onglilik — xatti-harakat va faoliyat natijalarini mas’uliyat bilan oldindan ko‘ra olish qobiliyati. Temperamentlik — insonning psixologik individual qobiliyati. Bu individning psixik faoliyatining nerv-dinamik xususiyatlari jixatidan tavsifidir. Temperament xissiy jarayon, xususan bola yoshida namoyon bo‘ladi. Yosh o‘tishi bilan xissiyot va intellektual faoliyatinson harakterini belgilaydi. Harakter temperament ijtimoiylashuvi natijasida shakllanib, murakkab psixik xosila sifatida ko‘psonli shaxs xususiyatlaridan iborat. Harakter insonning o‘ziga va jamiyatga munosabatida namoyon bo‘ladi. U faqat bir odamga xos tushuncha. Masalan, qat’iyat, sezgirlik, jasurlik, xushmuomalalik muayyan inson uchun xos. Ularning qaysidir biri extakchi bo‘lib, qolganlarini o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin. Faollik — insonni o‘rab turgan olam bilan o‘zaro harakati omilidir. Insonda ichki va tashqi faollik mavjud. Ichki faollik — inson o‘zini shakllantiruvchi ishini amalga oshiradi. Tashqi faollikda — o‘zi uchun qiziqarli bo‘lmagan ishni bajaradi. Maqqsadga intiluvchanlik bu insondagi — ko‘zlangan maqqsadga erishish qobiliyati xisoblanadi. Yo‘nalganlik — dunyoqarash, ruxiyextiyoj va ishda namoyon bo‘luvchi inson xatti- harakatlari tendentsiyasi. Iroda — insonda mashaqqat, to‘siq, maqqsad yo‘lidagi qiyin-chiliklarni yengib o‘tishga qodirligida namoyon bo‘luvchi xislat. Shaxs rivojlanishi. Bu fazilatlarning Har biri bir xil axamiyat va qiymatga ega. Inson rivojlanishi — davomiy murakkab jarayon natijasi bo‘lib, uning borishida inson biologik, psixik va ijtimoiy xususiyatlarini o‘zgartirib boradi. Bu o‘zlashmalar ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxs shakllanishi jarayonida sodir bo‘ladi. Tarbiya shaxs rivojlanishiga xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. U insonni individual jamiyat mavjudoti sifatida shakllanishini belgilaydi. Masalan, Mauglini shaxs deb bo‘lmaydi, u nutq qobiliyati, muloqot, insonga xos fazilatlardan maxrum. Olimlar bu jarayonni noma’lum deb xisoblaydi. Rus olimlaridan P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, G. S. Kostyuk, S. L. Rubinshteyn, A. R. Luriyalar bu jarayon ustida isholib bormoqdalar. «Nima uchun odamlar turli darajadagi mukammallikka erishadilar» degan savolga «bu ichki tabiiy kuchlar va tashqi ijtimoiy sharoitning o‘zaro Harakatiga bog‘liq» deb javob berish 182 mumkin. Ichki bu — insonning fiziologik va psixologik belgilari, tashqi ta’sir esa muxit sanaladi. Chaqaloq muayyan iqtidor va qobiliyatga layoqatli xolda tug‘iladi, lekin uni qaydarajada takomillashuvi tabiat va muxitga bog‘liq. Muxit — bu jaxondagi global voqealar, xodisalar, iqtisodiy xodisalar, stixiyalar, jamiyat va bola yashayotgan mamlakatdagi xodisalardir. Bu diniy ta’sir, ko‘cha, tengdoshlar, maktab , klub, nomaktab muassasalar ta’siridir. «Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondoshuvlar» nomli ilmiy- metodik qo‘llanma muxitni nazarda tutuvchi ta’lim xususida fikr yuritilib: «muxitlar mazmuni, xususiyatlari va shakllari jixatidan xilma-xil ekanligi ta’kidlanadi»1. Mazkur qo‘llanmada tashkil etilishiga ko‘ra muxim turlari quyidagicha farqlanadi: 1. Tabiiy va sun’iy ta’lim beruvchi muxit. 2. Predmetli va axborot-dinamik muxit. 3. O‘yinli, mashq qildiruvchi va shakllantiruvchi muxit. 4. Shakllantiruvchi axborot-dinamik muxit shaxs ijtimoiylashuvida uning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan xolda zaruriy muxitni tashkil etilishi ijobiy natija beradi. Muxit ta’sirida inson jismonan, ruxan, ma’nan va aqlan o‘zgaradi. Rivojlanish jarayonida bola shaxsga aylanadi. Uning organizmi va psixikasi muxit, oila va tengdoshlar ta’sirida o‘zgaradi. Merosiylik va rivojlanish. Shaxs takomili uchta omilga bog‘liq: merosiylik, muxit va tarbiya. Merosiylik — bu insonning jismoniy, biologik xususiyati, uning organizmi irsiy belgilaridir. Terirangi, ko‘z, sochshakli, tanatuzilishi, asabtizimi va fikrlash xususiyatlari. Inson iqtidori va qobiliyati xam merosdan merosga o‘tadi. Ular shaxs shakllanishida mukammallashuvi bu boshqa masala bo‘lib, u turmush sharoiti va tarbiyaga bog‘liqdir. Lekin biologik farq insonlarda tug‘ilgandan mavjud bo‘ladi. Olimlar orasida tug‘ma qobiliyatning intellektual faoliyatga ta’siri, inson ruxiy fazilatlari merosiyligi xaqidagi munozara davom etmoqda. Ayrim olimlarning ta’kidlashicha, axloqiy fazilatlar biologik shartlangan va shafqatsizlik, ikki yuzlamachilik, yolg‘on tabiatan beriladi. Shuningdek, inson o‘z tarixi davomida juda kam o‘zgargandi deb xisoblaydilar. Tibbiyot xodimlari merosiy psixik nomutanosiblik, alkogoliklarning farzandlari aqli noqisligi ularning shaxsida intellektual rivojlanishga ta’sir qilinishini e’tirof qilganlar. Lekin biologik notenglik insonlarda tug‘ilgandan mavjud bo‘ladi. Aynan aqliy va anglash faoliyati davomida, jamoat, sport, badiiy, texnik, malakaviy, gedenik (xuzurbaxsh) faoliyat jarayonida shaxs shakllanadi. Faoliyatning maxsus ko‘rinishi muloqotdir. Asosiysi, shunchaki faoliyat emas, balki faol faoliyatdir. Ijtimoiy pedagog shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi boshlang‘ich ma’lumotlarni xisobga olishi muxima xamiyatga ega. Shaxs shakllanishi. Avvalo, bu jismoniy va fiziologik belgilar, merosiylik, tabiiy iqtidor va qobiliyat, axloq genotipidir. Shuningdek, faollik, axloqiy xususiyatlar, tafakkur, xissiyot, faoliyat, ijod, intilish, qobiliyatlar xam muxim. Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi. Xozirgi kunda inson tsivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 xoli, ayiqlar – 5 xoli, maymunlar – 10 xoli, leopard – 1 xoli, qo‘y – 1 xoli ma’lum. Muxit va merosiylik shaxs shakllanishiga teng ta’sir qiluvchi omil sifatida e’tirof qilinadi. Inson bolasi, agar ijtimoiy –insoniy muxitdan chetda bo‘lsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanib qolishi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-Harakatning bo‘lmasligi 1920 yilda Hindistonlik doktor Rano Singx tomonidan kuzatilgan. Kal’kuttaning janubi- g‘arbidagi shaharcha yaqinidagi bo‘ri uyasidan topib olingan Kamola, Amalalarning taqdirlari bunga yorqin dalildir. Demak, shaxs shakllanishida asosiy omillardan biri bo‘lgan muxit masalasiga ijtimoiy pedagog jiddiy e’tibor qaratishi talab etiladi. Shu bilan birga bolaning shaxs 183 sifatida shakllanishida uning oiladagi axvoli, qarindoshlari, maxallasi jamiki ijtimoiy institutlarning ta’siri o‘rganiladi. Bola uchun muxit nima? Bolaga oila, ko‘cha, maktab , maxalla va televizor ta’sir o‘tkazadi. Ko‘cha—kam bo‘lmagan axamiyatga molikomil. Ota-ona va o‘qituvchilarda «ko‘cha» so‘zi asabni qo‘zg‘aydi. vaxolanki, bir kunda bola ko‘chada bir necha soat o‘tkazadi, xolos. Ko‘chada bola tevarak-olamni anglaydi. U yashayotgan joy uning dunyo qarashini belgilaydi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘smirni mexnat xayotiga tortilishini ortga suradi. Agar XXasrning 20- yillarida 16 yoshli bolalar ishlagan bo‘lsa, xozir ular tengi bolalar o‘qimoqda. Ijtimoiy tarbiya esa ko‘chada orttiriladi. Bu yerda keng muloqot doirasi bor. O‘smir o‘zini e’tirof etadi. O‘z yetakchisi, ilxomchisi mavjud bo‘ladi. Ziddiyat ko‘chada paydo bo‘lib, o‘sha yerda unga barxam beriladi. O‘smirlar kattalardan mustaqillik maqomini tortib oladi. Ularga dakki-dashnomlar yoqmaydi. Bu yerda harakter shakllanadi. Shaxs shakllanishida bolaning o‘zini namoyon qilish, tarbiyalash, mustaqil ta’limolish, ta’sirlanish qobiliyatini xisobga olish muxim. Ta’sirlanish—shaxsning o‘zini rivojlantirish manbai. «Agar xamkorlik va mas’uliyat xissi jamiyat va shaxs bir butunligini ta’minlovchi shaxs asosini tashkil qilsa, insonning ezgulikdan ta’sirlanishi uning shaxsini mukammalashtiradi». Ijtimoiy ta’lim va tarbiyatizimidan o‘tgan Har bir odam – shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoyish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavqeyga erishadi. Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muxim ko‘rsatkich ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik – shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligidir. Totalitar tuzum sharoitida ijtimoiy tizimning Har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsatolmas edi. Bu xol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoniga, ko‘pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar, xamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari xaqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Jamiyat xayoti markazlashtirilgan bir sharoitda shaxsning ijtimoiy Harakatchanligi xam, ya’ni jamiyatdagi o‘z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning xayotdagi o‘z o‘rni xaqidagi tasavvuri bilan real mavqei o‘rtasida farq bo‘lgan bir sharoitda ijtimoiy maqomni shaxsiy talablar, qobiliyatlar va istaklar asosida quradi. 6. Ta’lim-tarbiya bola (o‘quvchi) shaxsni ijtimoiylashtirish omili sifatida. 7. Bola (o‘quvchi) shaxsning ijtimoiy sifatlari. 8. Bola (o‘quvchi) shaxsning ijtimoylashuvi masala yuzasidan muammoli vaziyat. 12-mavzu: Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Vasiylik va homiylik. Deviant xulq - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. (2 soat) Reja: 1. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari. 2. Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ish shakllari, metod va vositalari. 3. Yetimlikning kelib chiqishi sabablari. 4. Vasiylik va homiylik tushunchasi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling