Beruvchi yetuklik attestati oladi
-mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyat - pedagogika fani sohasi sifatida. (2 soat)
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)
11-mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyat - pedagogika fani sohasi sifatida. (2 soat) Reja: 1. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 2. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. 3. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari. 4. Ijtimoiy pedagogikaning prinsiplari. 5. Shaxsni o‘zini boshqarish mexanizmlari. 6. Ta’lim-tarbiya bola (o‘quvchi) shaxsni ijtimoiylashtirish omili sifatida. 7. Bola (o‘quvchi) shaxsning ijtimoiy sifatlari. 8. Bola (o‘quvchi) shaxsning ijtimoylashuvi masala yuzasidan muammoli vaziyat. 1. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 172 Ota-ona, murabbiylar bolaga hayotda yo‘l ko‘rsatadilar, unga jamiyat tajribasi, madaniyatni o‘zlashtirishga, shaxs sifatida kamol topishga, o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradilar. Pedagogika fanining tarmog‘i sanalgan ijtimoiy pedagogika atrof muhitni o‘zgartirishga, sotsiumda insoniy tarbiyalovchi munosabatlarni yaratishga, ijtimoiy faoliyatning turli xil vaziyatlariga pedagogik jihatdan oqilona aralashuv mexanizmlarini topishga qarab mo‘ljal oladi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotning barcha hodisalarini o‘z pedagogik nuqtai nazaridan o‘rganadi va tahlil qiladi, jamiyat hayotining ishlab chiqarish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sharoitlari va boshqa xil hodisalari insonni qanday qilib o‘zgartirishi va kamol toptirishini tadqiq etadi. Bu ijtimoiy-pedagogik vazifalarni samarali hal qilish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy imkoniyatlarini safarbar etish yo‘llari va shartlari haqidagi fan. mohiyat e’tibori bilan u insonga o‘z hayotining yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan rejalarini belgilash va amalga oshirishda yordam berishni nazarda tutadi. Fan sifatidagi ijtimoiy pedagogika shaxs nuqtai nazarini birinchi o‘ringa qo‘yadi, inson birlamchi, davlat, jamiyat va barcha tarbiya institutlari esa ikkilamchi bo‘lib, insonning kamol topishiga xizmat qilishi lozim, degan g‘oyadan kelib chiqadi. Ushbu metodologik qoida inson, oila va jamiyat o‘zaro aloqasi zamonaviy modelining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika shaxsni kamol toptirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlari oiladagi vaziyatni o‘z vaqtida o‘rganish, unda mavjud muammolar va qiyinchiliklarni aniqlash, zaruriy yordam ko‘rsatish, o‘z jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘iga, o‘zini qurshagan muhitga qadriyat sifatida yondashish ko‘nikmalari shakllanishida yordam berish maqsadini ko‘zlaydi. Siyosatchilar va iqtisodchilar, pedagoglar va tibbiyot xodimlari, psixologlarning vazifasi sog‘lom avlodni asrash, bolalar va yoshlarning ma’naviy va jismoniy sog‘lig‘ini saqlashdan iborat. Bugungi kunda yosh avlodda ijtimoiy foydali faoliyatga qiziqish uyg‘otish, oiladagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash juda uhimdir. Shaxsni tarbiyalash, kamol toptirish va uning ijtimoiylashuvi vazifalarini hal qilish uchun pedagog-psixolog, qo‘shimcha ta’lim pedagogi va ijtimoiy pedagog kabi yangi kasblar joriy etilgan. “Ijtimoiy pedagogika” atamasini ilk bor A.Disterveg 1850 yilda o‘zining “Nemis o‘qituvchilari uchun qo‘llanma” asarida ishlatgan, lekin bu yerda uning mazmuni ochib berilmagan. Odatda ijtimoiy pedagogikaning yaratilishini shu nomli birinchi kitob muallifi bo‘lgan nemis faylasufi va pedagogi Paul Natorp ismi bilan bog‘laydilar. U pedagogikaning bosh vazifasi insonni tarbiyalash uchun ayniqsa qulay bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarni aniqlashdan iborat, deb hisoblagan. Ijtimoiy pedagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling