Beruvchi yetuklik attestati oladi
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bо‘lishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-171-183 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.D.Ushinskiy
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bо‘lishi rus
klassik pedagoglari ishlarida ham о‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) о‘zining asosiy «Inson tarbiyaning mazusi sifatida» degan psixologik- pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan о‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida sо‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani о‘rganishga о‘tish mumkin. 179 Madaniy uyg‘un bo’lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va joyini, bir so’z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg‘un bo’lish prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distervegga ko’ra tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, iste’mol qilish meyorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat. Rossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo’lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo’lsak, yozish, o’qish, sanash, malakasidan, o’z dini, o’z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi sifatida aks ettiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o’ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan. Madaniy uyg‘un bo’lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning «Turkiy guliston yohud ahloq» degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi. «Inson tug‘ilgan va o’sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o’z quyoshli o’lkamizni sevganimizdek, arablar ham o’z Arabistonini, uning issiq qumli cho’llarini, eskimoslar o’z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq yerlarini sevadi» 30 . o Madaniy uyg‘un bo’lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va meyorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko’zda tutadi. o Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo’lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi. ilova 30 А.Авлоний. Туркий гулистон ёҳуд аҳлоқ. ВКН. «Анатомия педагогической мысли Ўзбекистана», М.1986. с. 187. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling