21. Somoniylar dargohida kimlarning turar joylari bo’lardi?
1) amir qarorgohi va harami; 2) saroy a’yonlari;
3) mahlliy mulkdorlar; 4) navkarlar; 5) xizmatkorlar
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 1,4,5
22. Kimning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o’nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi?
A) Bayhaqiy. B) Gardiyziy. C) Beruniy. D) Narshaxiy.
23. Somoniylar boshqaruvi asosan o’nta devon orqali idora etilib, ular orasida qaysi devon bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi?
A) Vazir devoni. B) Amid ul-mulk.
C) Mustovfiy. D) Sohibi shurat.
24. 914-943-yillarda Somoniylar davlatida kim hukmdor bo’lgan?
A) Nuh. B) Nasr. C) Nuh II. D) Nasr II.
25. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda qaysi hududlarda hukm yurgizgan ?
A) Movarounnahr va Xuroson
B) Shimoliy va Sharqiy Eron
C) Shimoliy Hindiston va Jung’oriya D) A va B
26. Somoniylar davlatida kimning hukmronligi davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi?
A) Nuh. B) Nasr. C) Nuh II. D) Nasr II.
27. Somoniylar boshqaruvi tizimini eslang. Mahkama xizmatchilari kimlardan iborat edi?
A) Arab, fors, yunon tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli oddiy xalqdan tanlab olingan
B) Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan olimlardan tanlab olingan
C) Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli zodagon dehqonlardan tanlab olingan
D) Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |