5-BO‘LIM. SUG‘URTA PULI, SUG‘URTA MUKOFOTI, FRANSHIZA
5.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli: 375 000 000,00 (Uch yuz yetmish besh million) so’mni tashkil etadi.
5.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti 3 000 000,00 (Uch million) so‘mni tashkil etadi.
5.3. Sug‘urta mukofoti tomonlar ushbu Shartnomani imzolaganlaridan keyin 5 (besh) bank kuni ichida bir yo‘la to‘lanadi.
5.4. Sug‘urta mukofotini to‘lash kuni Sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga mablag‘ kelib tushadigan kun hisoblanadi.
5.5. Ushbu Shartnomaga nisbatan har bir sug‘urta hodisasi uchun TVning sug‘urta pulidan 0 % miqdorda shartsiz franshiza qo‘llaniladi
6-BO‘LIM. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISH MUDDATI
6.1. Ushbu Shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va 2026 yil «06» aprelgacha amalda bo‘ladi. Sug‘urtalovchining ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlari sug‘urta mukofoti to‘langan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta muddati mobaynida amalda bo‘ladi.
6.2. Sug‘urta polisi sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi qismi Sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushganidan keyin 3 (uch) bank kuni ichida to‘langan davr uchun beriladi.
Agar Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davri ushbu Shartnomaning 6.1-bandida ko‘rsatilgan muddatdan ko‘proq bo‘lsa, sug‘urta muddati Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davriga uzaytirilgan hisoblanadi.
6.3. Kredit shartnomasining muddati uzaytirilgan taqdirda, ushbu Shartnomaning amal qilish muddati qo‘shimcha kelishuv tuzish va tegishli sug‘urta mukofotini to‘lash yo‘li bilan uzaytirilishi mumkin.
6.4. Sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda, uning dublikatini berish Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchining yozma arizasi asosida ko‘rib chiqiladi.
6.5. Agar Sug‘urta qildiruvchi Naf oluvchi oldida kreditni to‘liq hajmda to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini muddatidan oldin bajargan bo‘lsa, ushbu Shartnoma sug‘urta davri tugaguniga qadar amal qiladi va Sug‘urta qildiruvchi Naf oluvchiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |