Betlar: / Sana
Download 174.78 Kb.
|
003 shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- FK-163_К3Uz
“O‘ZBЕKINVЕST” EKSPORT-IMPORT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AKSIYADORLIK JAMIYATI Toshkent sh., Cho‘pon ota k., 6 Garovga qo‘yilayotgan transport vositasini sug‘urta qilish №03-01/0031172210-sonli SHARTNOMASI Toshkent sh. 2023 y. «06» aprel O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi SF №00006-sonli Litsenziyasi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ, bundan keyin “Sug‘urtalovchi” deb nomlanib, filial to‘g‘risidagi Nizom va 2023 y. «01» martdagi №01/23-sonli Ishonchnoma asosida ish olib boruvchi “O‘zbekinvest” EISK” AJ ning Toshkent shaxar filiali Olmazor bo’limi boshlig’i-bosh anderrayter U.A.Bobojonov bir tomondan va bundan keyin “Sug‘urta qildiruvchi” deb nomlanuvchi “INZO LIDER CARS” nomidan 2023 yil 24 mart kungi №1 sonli yig’ilish qarori asosida ish yurituvchi Ismoilov Islom Ismoil o’g’li boshqa tomondan, shuningdek, Chet El Kapitali Ishtirokidagi “HAMKORBANK” АTB Sergeli universal bank xizmatlari ofisi nomidan 2023 yil 22 fevraldagi №116/14-YuX-sonli ishonchnomaga asosida ish olib boruvchi boshqaruvchi J.S.Kurbanov, bundan keyin «Naf oluvchi» deb nomlanib, mazkur Shartnomani quyidagidek tuzdilar 1-BO‘LIM. SHARTNOMANING PRЕDMЕTI VA SUG‘URTA OBYEKTI 1.1. Sug‘urta qildiruvchi ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan miqdor va muddatda sug‘urta mukofotini to‘laganligi sharti bilan, Sug‘urtalovchi ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlar vayoki qo‘shimcha kelishilgan shartlar, istisnolar va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan ilovalarga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida Naf oluvchiga yetkazilgan zararni quyida ko‘rsatilgan tartib va hajmda qoplash majburiyatini oladi. 1.2. Sug‘urta obyekti bu Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan tavakkalchiliklar natijasida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda zarar yetishi mumkin bo‘lgan garovga qo‘yilib sug‘urtalangan transport vositasi (TV)ga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi. Download 174.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling