Betlar: / Sana


Download 174.78 Kb.
bet2/11
Sana22.04.2023
Hajmi174.78 Kb.
#1379003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
003 shartnoma

2-BO‘LIM. TA’RIFLAR
Ushbu Shartnomada ishlatiladigan quyidagi atamalar, agar boshqacha tarzda alohida kelishilmagan bo‘lsa, quyidagi ma’nolarga ega
2.1. Naf oluvchi – ushbu Shartnomani tuzishda Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta tovonini oluvchi sifatida tayinlangan, qonun hujjatlari yoki shartnomaga asosan sug‘urta qilingan transport vositasining saqlanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs.
2.2. Sug‘urta polisi - Sug‘urtalovchining ushbu Shartnomaga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari kuchga kirganini tasdiqlovchi va sug‘urta mukofoti to‘langanidan keyin Sug‘urta qildiruvchiga beriladigan hujjat.
2.3. Sug‘urta puli - Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari chegarasini ifodalovchi, shartnomani tuzish vaqtida tomonlar bilan kelishib belgilanadigan pul mablag‘lari miqdori.
2.4. Sug‘urta qiymati – mol-mulkni garovga sifatida qabul qilish paytida aniqlangan va uning haqiqiy (bozor) qiymatini tashkil etadigan sug‘urta qilingan mol-mulkning qiymati.
2.5. Sug‘urta mukofoti - Sug‘urtalovchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta uchun to‘lov.
2.6. Sug‘urta tovoni - sug‘urta hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta puli doirasida, shartsiz franshiza olib tashlangan holda to‘lanadigan pul mablag‘lari.
2.7. Sug‘urta hodisasi - sug‘urtalangan transport vositasiga bevosita ushbu Shartnomaning 3-Bo‘limida sanab o‘tilgan tavakkalchiliklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy zarar yetishi, uning yo‘qolishi yoki nobud bo‘lishi natijasida Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchining mulkiy manfaatlariga zarar yetishi.
2.8. Sug‘urtalangan transport vositasi – garovga qo‘yilayotgan va ushbu Shartnomaning 1-Ilovasida keltirilgan transport vositasi (TV).
2.9. Haydovchi - transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va amaldagi qonunchilikka muvofiq sug‘urtalangan transport vositasini boshqarish uchun Sug‘urta qildiruvchi tomonidan yozma ruhsatnoma (ishonchnoma, yo‘l varaqasi va h.) berilgan shaxs.
2.10. Sug‘urta davri - sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan, ushbu shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urtalovchi sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davri davomida sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari uchun javobgar bo‘ladi.
2.11. Geografik hudud – Sug‘urta polisi amal qiladigan hudud. Ushbu Shartnoma bo‘yicha geografik hudud O‘zbekiston Respublikasi hisoblanadi.
2.12. Tovar ko‘rinishining yo‘qolishi - sug‘urta hodisasi natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash va tiklash ishlari natijasida yuzaga kelgan sug‘urtalangan transport vositasini haqiqiy qiymatini pasayishini anglatadi.



Download 174.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling