Beton qorishmalari va ularning xususiyatlari


Download 141 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi141 Kb.
#1585917
1   2   3   4
Bog'liq
Beton

1.3-rasm. Surilishdagi ko‘chlanishga bog‘liq holda qovushqoq plastik beton qorishmalari xususiyatlarining o‘zgarishi
a-tarkibiy qovushqoqlikning o‘zgarishi; b-oquvchanlikdagi deformatsiyalanish tezligini o‘zgarishi 0 va αm -sistemaning qovushqoqligini xarakterlovchi burchaklar).

Beton qorishmasini to‘liq baholash va beton va temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish uchun qorishmaning boshqa xususiyatlarini ham bilish zarur, ularga quyidagilar kiradi: uning zichlashuvi, bir turliligi, qatlamlashuvchanligi, hajmining qotish jarayonida o‘zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan qolipdan chiqariladigan bikir beton


qorishmalari uchun). Beton qorishmasining o‘ziga xosligi asosan uning xususiyatlari (aksariyat ko‘p yoki oz jihatdan) tayyorlash boshlanishidan qotgunicha doimiy o‘zgarib tarishi bo‘lib, beton qorishmasida va betonda ketadigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Bu xususiyatlarga asosan sement hamirining miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki aynan sement hamirigina dispers sistema bo‘lib, suyuq va qattiq fazalar orasida katta oraliqqa egaligi va bunda molekulyar tishlashish kuchlarining kuchayishiga hamda sistemaning bog‘langanligini oshishiga olib keladi. Beton qorishmasining xususiyatiga suv sarfi xal qiluvchi ta’sirga ega, chunki faqat suv butun sistema uchun harakterli bo‘lgan bog‘liqlik va harakatchanlikni beruvchi, hajm va suyuq fazaning tuzilishida hamda bog‘lanish kuchlarini ortishida asosiy ahamiyat kasb etadi.
Sementning gidratatsiyalanishi jarayonida (qotishdan avval) yanada ko‘proq yangi tashkil topgan gelsimon gidrat bog‘lanmalar yuzaga keladi va ular qattiq fazaning dispersligini oshishiga olib keladi. Ayni paytda bu jarayon beton qorishmasida sement hamirining elimlovchi va plastifikatsiyalovchi xususiyatlarini ham oshirib, uning bog‘lovchilik ahamiyatini ko‘taradi. Shu bilan birga beton qorishmasining harakatchanligi kamaya boradi.
Sement hamirini strukturali deb nomlanuvchi sistemalarga kiritadilar. Ular strukturaning boshlang‘ich mustahkamligini qisman harakterlaydi. Sement hamirida yupqa suv qobig‘i bilan o‘ralgan zarralar orasidagi molekulyar bog‘lanish kuchlari hisobiga aniq struktura (tarkib, struktura) yuzaga keladi. Suyuq fazaning qobiqlari sement hamiri tarkibida uzluksiz to‘rsimon muhitni keltirib chiqaradi va bu unga plastiklik xossalarini beradi hamda tashqi kuch ta’sirlari qo‘yilgan hollarda sistemaning shakl o‘zgartirishlariga zamin yaratadi.




Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling