To‘ldiruvchilar vazifasi: - Engil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va issiqliko’tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruksiyalarda issiqlik 12 izolyasiyalari uchun ishlatiladi.
- Alohida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.).
- To’ldiruvchilarni sanab o‘tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi.
To’ldiruvchilarning sinflanishi. - To’ldiruvchilar kelib chiqishi, yirikligi va boshqaxususiyatlari bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi:
- 1) Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi:
- a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va boyitishdagi chiqindilar;
- b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar;v) sun’iy (maxsus tayyorlangan)
- Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘ jinslarini kelibchiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) jinslar – granit, sienit, diorit; domna shlaklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi (tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi (ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi.
To’ldiruvchilarning sinflanishi. - Masalan, tabiiy xomashyoni kuydiribko‘pchitish –keramzit; domna shlaklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan –shlakli pemza.
- 2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
- a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al);
- b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum)
To’ldiruvchilarning sinflanishi. - 3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
- a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh, maydalashdagi qum va b.);
- b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.);
- 4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak turlarga bo‘linadi (2 g/sm3 dan katta yoki kichik ).
Do'stlaringiz bilan baham: |