28
Agar to‘ldiruvchilar ochiq omborlarda saqlansa, u holda o‘rtacha
namuna
shunday olinishi kerakki, bunda segregatsiya ta’sirini yo‘qotish lozim bo‘ladi,
ayniqsa shtabelning katta balandligida bu katta seziladi.
Bu holatda namunalar
shtabelning barcha balandliklaridan va turli nuqtalardan olinadi. YUqorida
keltirilganidek, to‘ldiruvchi o‘rtacha
namunasi katta massani beradi, ayniqsa katta
yiriklikdagi donalarni ishlatishda bu namoyon bo‘ladi, natijada o‘rtacha namuna
massasini qisqartirish lozim bo‘ladi.
Alternativ ravishda, to‘ldiuvchi o‘rtacha
namunasi Riffler asbobi yordamida ajratiladi (Rasm- 3.3).
Namunalarni massasini kamaytirishda barcha choralarni ko‘rish lozim
bo‘ladi, bunda tanlangan o‘rtacha namuna xususiyatlari to‘ldiruvchining
barcha
massasining xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘rtacha namunani tanlash
jelobli ajratgich yordamida yoki kvartlash orqali bajariladi.
Ikkala usulda ham
namunani bir xil qismlarga bo‘lish imkonini beradi. Agar olingan o‘rtacha namuna
massasi katta bo‘lsa kvarlash yana qayta qayta bajariladi,
toki kerakli massali
o‘rtacha namuna olinguncha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: